Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/50
tarix18.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#116100
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50
54baf52fc97007b313abf5d9abaa5d06 « DOZIMETRIYANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA AMALIY TATBIG‟I » FANIDAN O„QUV-USLUBIY M A J M U A

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
6-ma‟ruza 


Mavzu: Ionlashtiruvchi nurlarning biologik
ta‟siri va uning xavfsiz deb 
belgilangan qiymati. 
Reja: 
1. 
Tabiiy radioaktiv manbalar . 
2. 
Sun‟iy radioaktiv manbalar. 
3. 
Turli yadroviy jarayonlar chiqindilari. 
4. 
Turli sohalarda ishlatishidan hosil bo‟ladigan chiqindilar. 
5. 
Radioaktiv nurlanishlarning organizmlarga ta‟sir turlari 
6. 
Nurlanishlarning ruxsat etilgan chegaraviy dozasi. 
Ma‟lumki radioaktiv izotoplar yemirilganda alfa, beta va gamma nurlar oqimi 
hosil bo‟ladi. Bu nurlanishlarning kishilarning sog‟lom organizmiga zararli 
ta‟sirlari aniqlangan. 1895-yilda rentgen nurlsari ochilgandan so‟ng, rentgen 
trupkasini tayyorlovchilar rentgen nurlari qo‟lni kuydirishini aniqlaganlar. 1896-
yilda radioaktivlik hodisasini ochgan A.Bekkerel ko‟krak kistasida radiy solingan 
ampulani olib yurib, ko‟kragining kuyganini ko‟radi. Alfa, beta, gamma 
nurlanishlarning va neytronlar oqimining tirik organizmlarga zararli ta‟siri tirik 
to‟qimalar atomlarining ionlashishi va uyg‟onishi bilan bog‟liq ekanligi olimlar 
tomonidan aniqlangan. Yadroviy nurlanishlar kishi organizmidagi tirik 
to‟qimalarga tushganda to‟qimalar atomlari, molekulalari bilan o‟zaro ta‟sirlashib 
Kompton effekti, tormozlanish nurlanishi, fotoeffekt va boshqa effektlarni hosil 
qiladi. Bunday effektlar natijasida sog‟lom to‟qimalar atomlari ionlashadi, atomlar 
uyg‟ongan holatga keladi. To‟qimalar atomlarining ionlashishidan to‟qimalarda 
faoliyat buzulishlari o‟zgarishlar, yemirilishlar sodir bo‟ladi. Yemirilishlar 
mahsulotlari organizmda zahardek ta‟sir qila boshlaydi, masalan organizmdagi 
xromasom yemirilishlari, to‟qimalar yadrolari shishishi, yemirilishi yuzaga keladi. 
Kishilar organizmiga ta‟sir etadigan radioaktiv nurlanishlar nurlanishlarning 
xavfsiz deb belgilangan chegaraviy qiymatidan (PDК) dan yuqori bo‟lganda kishi 
organizmida ichki organlarning normal faoliyati buziladi. Organizmda patologik 
jarayonlar rivojlanadi. Hayot uchun xavfli bo‟lgan saraton, nasl kasalligi, teri 
kasalligi kabi turli kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Ionlashtiruvchi 
nurlanishlarga ilik to‟qimalari, limfatik tugunlar, og‟iz bo‟shlig‟i, ichaklar, jinsiy 
organlar, soch folikulalari va tana terisining sezgirligi yuqori bo‟ladi. 
Ionlashtiruvchi nurlanishlarga sezgirligi kichik bo‟lgan organlarga miya, jigar, 
buyrak, muskullar moddalari, nervlar kiradi.
Har xil kattalikdagi energiyaga ega bo‟lgan turli xil nurlanishlar organizmda 
turlicha yutiladi. Shuning uchun organizmning nurlanish darajasini miqdoriy 
baholashda yutilgan doza tushunchasi kiritilgan, yutilgan doza birligi qilib rad 


qabul qilingan. 1 rad – shunday dozaki, massasi 1 kg bo‟lgan moddada 
ionlashtiruvchi nurlanishning 0,01 joul energiyasi yutiladi. 
Organizmga ta‟sir qilgan ionlashtiruvchi nurlanishlarning biologik effektini 
aniqlash uchun nurlanish dozasi birligi sifatida rentgen (P) qabul qilingan.
Umuman, yadroviy nurlanishlar kishi organizmiga ta‟sir qilganda quyidagi holatlar 
bo‟lishi mumkinligi aniqlangan: 
1. Yutilgan energiyaning yuqori effektivligi. Kichik miqdorda yutilgan 
nurlanish energiyasi ham organizmda chuqur biologik o‟zgarishlarni keltirib 
chiqaradi. 
2. Nurlangan organizmda ionlashtiruvchi nurlanish ta‟sirining yashirin yoki 
inkubatsion davri mavjud. Katta dozada nurlantirilganda bu davr qisqaradi. 
3. Kichik dozalarning ta‟siri yig‟iladi, to‟planadi. Bunday effekt kumulyaniya 
deyiladi. 
4. Nurlanish faqat berilgan organizmning o‟zigagina ta‟sir qilmasdan, balki 
uning nasliga ham ta‟sir qiladi. Bunday effekt genetik effekt deyiladi. 
5. Tirik organizm turli organlarining nurlanishlarga bo‟lgan sezgirligi 
turlichadir. 0,002-0,005 Grey dozadagi nurlanish ham kishiga har kunda 
ta‟sir etib tursa ham qonda o‟zgarishlar yuzaga keladi. 
6. Har xil organizmlar nurlanishni bir xilda sezmaydi. 
7. Organizmning nurlanishi nurlanish chastotasiga bog‟liq. Katta dozadagi bir 
marta nurlanishdan ham organizmda chuqur, og‟ir zararlanish vujudga 
keladi.
Bir marta katta dozada nurlanish ta‟sir qilsa, organizmda o‟zgarishlar kuchli 
bo‟ladi. radioaktiv yemirilishda hosil bo‟ladigan radioaktiv nurlanishlar energiyasi 
atrof-muhitda yutiladi. Nurlanishning organizmga ta‟siri natijasida organizmda 
murakkab fizikaviy, kimyoviy va biokimyoviy o‟zgarishlar sodir bo‟ladi. 
organizmda 
modda 
almashinuvi, 
bioximik 
jarayonlar 
buziladi.
Ma‟lumki, kishi organizmi tarkibining 2/3 qismini suv tashkil qiladi. Nurlar 
ta‟sirida suv vodorod H va gidroksil guruh OH ga parchalanadi. Bu esa ma‟lum 
aylanishlarni hosil qilib aktivligi yuqori bo‟lgan moddalarni hosil qiladi: gidrat 
oksidi HO
2
va vodorod perekisi H
2
O
2
. Bu birikmalar kishi tanasi to‟qimalaridagi 
organik moddalar molekulalari bilan o‟zaro ta‟sirlashadi, natijada sog‟lom 
to‟qimalar buziladi.
Nurlanishning yutilgan dozasi kattaligiga va shaxsiy xususiyatlariga bog‟liq 
ravishda organizmda bo‟ladigan o‟zgarishlar, jarayonlar qaytar va qaytmas bo‟lishi 
mumkin. Yutilgan doza kattaligi kichik bo‟lganda organizm to‟qimalari o‟z 


faoliyatini tiklay oladi, dastlabki holati qaytadi. Yutilgan dozalar uzoq vaqt 
oralig‟ida ta‟sir qilsa, kishi organizmidagi alohida organlarda yoki butun 
organizmda dastlabki holatiga qaytmas zararlanish vujudga keladi. 
Ionlashtiruvchi nurlanishlarning hamma xili ham organizmlarda biologik 
o‟zgarishlarni keltirib chiqaradi. Nurlanish manbai organizmdan tashqarida 
bo‟lganda, (tashqi nurlanish yoki nurlanish manbai organizmichkarisiga 
tushganda) (Ingalyatsiya yo‟li bilan va b.) ichki nurlanish turlarining har birida 
ham organizmda biologik o‟zgarishlar yuzaga keladi. Organizmga ta‟sir qilgan 
nurlanishlarning biologik effekti ta‟sir qilgan yig‟indi dozaga, nurlanishning ta‟sir 
etish vaqtiga, nurlanish turiga, nurlanadigan sirt o‟lchamiga, organizmning shaxsiy 
o‟z xususiyatlariga bog‟liq bo‟ladi. 
Kishining butun tanasi bir marta nurlanganda ham nurlanishning yutilgan yig‟indi 
dozasiga bog‟liq ravishda organizmda biologik buzilishlar yuzaga kelishi mumkin. 
buni 1-jadvalda ko‟rish mumkin. 
Kishi o‟lim dozasidan ham katta doza bilan nurlanganda nurlanish vaqtida o‟lishi 
mumkin. 
O‟ladigan yutilgan doza kishining har xil organlari uchun har xil: bosh uchun-20, 
qorinning pastki qismi-30, qorinning yuqori qismi-50, ko‟krak to‟qimasi-100, 
oxirgilar (konechnosti) -200Gr. 
Organizmdagi har xil organlarning nurlanishga bo‟lgan sezgirligi turlichadir. 
Kishining butun tanasi nurlantirilganda nurlanishning yutilgan dozasi 0,5 Gr 
bo‟lganda bir sutkadan keyin kishi qonida limfositlar soni keskin kamayib ketishi 
mumkin. Nurlanishdan ikki haftadan keyin qondagi eritrosetlar (qizil qon 
tanachalari) kamayib ketadi. (Eritrosetlarning yashash taqriban 100 sutka). 
Sog‟lom kishilarda qizil qon tanachalarining soni 10
14
, bir kunda ishlab 
chiqariladigan qizil qon tanachalari soni 10
12
bo‟lishi kerak. Nurlanish kasalligiga 
chalingan kishilarda bu sonlar buziladi, natijada organizm o‟ladi. kishi 
organizmiga ionlashtiruvchi nurlarning ta‟sir etishida nurlantirish vaqti juda 
muhimdir. Doza quvvati ortishi bilan nurlarning zararli ta‟siri ortib boradi. 
Nurlanish vaqt bo‟yicha drobno (sochma) bo‟lsa, uning zararli ta‟siri shuncha kam 
bo‟ladi.
𝛼 va 𝛽-zarralar bilan tashqaridan nurlanishning xavfi kichikroq. Bu zarralarning 
organizm to‟qimalarida chopish masofasi kichik va ular qon ishlab chiqaruvchi 
organlarga tushmaydi. Tashqaridan nurlanishda gamma-nurlar va neytronlar bilan 


nurlanishni hisobga olish juda zarur, chunki gamma nurlar va neytronlar organizm 
to‟qimalariga chuqur kirib, organizmning normal faoliyatini buzadi. 
Organizmning zararlanish darajasi nurlantirilayotgan sitning sirtiga bog‟liq. 
Nurlanayotgan sirtning kamayishi bilan, nurlanish ta‟siridagi biologik effekt ham 
kamayadi. Masalan, 450 rad yutilgan doza bilan organizmning 6 sm
2
sirti 
nurlantirilganda organizmning zararlanishi kuzatilmagan, xuddi shu doza bilan 
butun organizm nurlantirilganda 50 % xollarda organizm o‟limi aniqlanadi.
Radioaktiv moddalar organizm ichkarisiga tarkibidagi radioaktiv izotoplar bo‟lgan 
havodan nafas olish yo‟li bilan, oziq-ovqatlar, suv, badan terisi, ochiq yaralar 
orqali o‟tishi mumkin. 
Nafas organlariga qattiq zarralarning tushishi zarralarning dispersnostligiga bog‟liq 
bo‟ladi. hayvonlar ustida o‟tkazilgan natijalar ko‟rsatadiki, o‟lchami 0,1 mkm dan 
kichik bo‟lgan chang zarralari gaz molekulalari singari nafas olishda havo bilan 
o‟pkaga o‟tadi, nafas chiqarishda havo bilan chiqariladi. O‟pkada esa qattiq 
zarralarning juda ham kichik qismi qoladi. O‟lchami katta (5 Mku) bo‟lgan 
zarralarning hammasi burun bo‟shlig‟ida tutib qolinadi. Ko‟pchilik xollarda 
texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmaganda radioaktiv moddalar ovqat xazm 
qiluvchi organlar orqali o‟tadi. Organizmga turli yo‟llar bilan o‟tadigan radioaktiv 
izotoplarning aktivligi qancha katta bo‟lsa, organizm uchun shuncha xavfli bo‟ladi. 
xavflilik darajasi radioaktiv izotoplarning organizmdan chiqarilish tezligiga 
bog‟liq. Kishi organizmi ichkarisiga tushadigan radioaktiv izotop kishi qabul 
qiladigan oziq-ovqatlar tarkibida uchraydigan natriy, kaliy, xlor va b. elementlar 
bilan bir xilda bo‟lsa, bunday radioaktiv izotoplar organizmda ko‟p vaqt 
saqlanmaydi, balki o‟sha natriy, kaliy, xlor elementlari bilan birgalikda 
organizmdan chiqoriladi.
Inert radioaktiv gazlar (argon, kseon, krepton va b.) nafas orqali o‟pkaga o‟tadi va 
o‟pkadan qonga o‟tadi. Ular to‟qimalar tarkibiga kiradigan birikmalar emas. 
Shuning uchun bunday gazlar vaqt o‟tishi bilan organizmdan to‟liq chiqoriladi. 
Ayrim radioaktiv izotoplar organizmga tushganda organizmda teng taqsimlanadi, 
ayrimlari esa organizmning alohida ichki organlarida to‟planadi. 
Masalan, ilik to‟qimalarida 
𝛼-nurlar chiqarib yemiriladigan radiy, uran, plutoniy; 
𝛽-nurlar chiqarib yemiriladigan stronsiy, ittriy; gamma-nurlanish beradigan 
sirkoniy radioaktiv izotoplar to‟planadi. Bu izotoplar ilik to‟qimalari bilan 
kimyoviy bog‟lanishda bo‟lib, organizmdan chiqarilishi qiyin. 


Atom nomeri katta bo‟lgan poloniy, uran kabi radioaktiv izotoplar organizmda 
uzoq vaqt davomida ushlanib qoladi. Organizmda osin eriydigan tuzlarni va 
yumshoq to‟qimalarda radioaktiv organizmdan oson chiqariladi. Radioaktiv 
izotoplarning organizmdan chiqarilish tezligi izotopning yarim yemirilish davriga 
(T
1/2
) bog‟liq. Agar radioaktiv izotopning organizmdan yarim chiqarilish biologik 
davri T
b
bo‟lsa, organizm ichkarisidagi izotopning yemirilishini, biologik 
chiqarilishini hisobga oladigan effektiv yarim yemirilish davri (T
b
) quyidagicha 
aniqlanadi: 
Bu formula quyidagi munosabatlardan keltirib chiqarilgan: 
𝜆
𝜆 𝜆
;
𝜆

Bunda: 
𝜆
;
𝜆

Bu formulalarda: 
𝜆
-radioaktiv izotop yemirilishining va chiqarilishining 
effektiv doimiyligi; 
𝜆-berilgan (hisoblanayotgan) izotopning yemirilish doimiyligi; 
𝜆
-berilgan radioaktiv izotopning chiqarilish doimiyligi (berilgan radioaktiv 
izotopining vaqt birligi ichida chiqarilgan qismi). 
va
dan ahamiyatli darajada farq qilishi mumkin. Lekin agar 
bo‟lsa, u vaqtda 
bo‟ladi.
Radioaktiv nurlarning organizmga biologik ta‟sirining asosiy xususiyatlari 
quyidagi: 
1. Organizmga radioaktiv nurlarning ta‟siri kishiga bilinmaydi. Kishi 
ionlashtiruvchi nurlarni sezuvchi organ yo‟q. Shuning uchun kishi hech 
qanday birinchi dastlabki ta‟sirni sezmasdan radioaktiv moddalarni 
yutishi, nafas olishi mumkin. 
2. Kishi tanasi terisining ko‟zga ko‟rinadigan jaroxatlanishi, nurlanish 
kasalliklari nurlangandan birdan bilinmay, balki ma‟lum vaqt o‟tgandan 
so‟ng bilinadi. 
3. Kishi tanasida nurlanishdan to‟planayotgan doza yashirin ravishda 
to‟planadi. 


Agar kishi organizmiga radioaktiv moddalar muntazam ravishda tushib tursa, 
vaqt o‟tishi bilan dozalar to‟planadi, bu esa nurlanish kasalligiga olib keladi. 
Kishi organizmiga ta‟sir etuvchi ionlashtiruvchi nurlanish dozalari va ta‟sir 
natijalari jadvalda keltirilgan. 


Odam organizmiga ta‟sir qiluvchi ionlashtiruvchi nurlanish dozalari va ta‟sir natijalari
5-jadval 
Nurlanish intensivligi 
Effekt 
100-200 R 
200-600 R 
600-1000 R 
1000-5000 R 
5000 R dan ortiq 
Qayd qilish holatlari 
100 R -5 % 
200 R -50 % 
300 R -100 % 
100 % 
100 % 
100 % 
Qancha vaqt o‟tgandan so‟ng ro‟y beradi 
3 soat 
2 soat 
1 soat 
1/3 soat 
1/2 soat 
Asosiy zararlangan organ 
Qon ishlab 
chiqaradigan 
to‟qimalar og‟ir 
leykemiya 
Qon ishlab 
chiqaradigan 
to‟qimalar
Qon ishlab 
chiqaradigan 
to‟qimalar
Oshqozon 
to‟qimalari 
Markaziy nerv 
sistemasi 
Asosiy belgilar 
Og‟ir qizarish, 
qon oqish, 
infeksiya, 
tutqanoq (300 R 
dan yuqori) 
Ich ketish, 
lixaradka 
Qaltirash 
uyqusirash 
Nurlanishdan keying kritik davr 
Ruhiy terapiya 
4-6 hafta 
4-6 hafta 
5-14 kun 
1-48 soat 
Terapiya 
Qon holatini 
nazorat qilish 
antibiotiklari 
Qon quyish, 
antibiotiklar 
Ilik almashtirish 
Elertrolitik 
balansni saqlab 
turish 
Tinchlantiruvchi, 
uxlatuvchi 
Tashxis
A‟lo 
Yaxshi
Ikkilamchi 
chiqish 
Umidsiz
Umidsiz
Sog‟ayish davri 
Bir necha hafta 
1-12 oy 
Uzoq vaqt 


O‟lim hollari 
O‟lmaydi 
0-80 % 
80-100 % 
90-100 % 
90-100 % 
O‟lim sodir bo‟lish vaqti 

2 oydan so‟ng 
2 oydan so‟ng 
2 haftadan so‟ng 
2 kundan so‟ng 
O‟lim sababi 
Qon ketish 
infeksiya 
Qon ketish 
infeksiya 
Aylanadigan 
kollaps 
Nafas 
yetishmasligi 
Miya endomasi 



Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin