Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/50
tarix18.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#116100
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50
54baf52fc97007b313abf5d9abaa5d06 « DOZIMETRIYANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA AMALIY TATBIG‟I » FANIDAN O„QUV-USLUBIY M A J M U A

Ionizatsion metodlar.  
Ionizatsion kameraning ishlash prinspi. Ionizatsion kamera ikkita parallel 
metal plastinkalar – elektrodlardan iborat. Elektrodlar orasi havo yoki boshqa 
gazlar bilan to‟ldiriladi (1-rasm). Elektrodlarga ma‟lum miqdorda o‟zgarmas 
kuchlanish manbaidan ma‟lum potensiallar ayirmasi (kuchlanish) beriladi.
Agar kameraga radioaktiv manba kiritilsa, radioaktiv zarralar elektrodlar 
orasidagi gaz atomlari bilan ta‟sirlashib gazda musbat ionlar va elektronlarni hosil 
qiladi. Bir xil sharoitda 1 sm
3
gazda vaqt birligida hosil bo‟lgan ionlar jufti soni 
nurlanish turi va ekspozitsion hamda yuitlgan dozaning quvvati bilan aniqlanadi.
Elektrodlarga kuchlanish berilmaganda kameradagi ionlar xaotik issiqlik 
harakatda bo‟lib, bir-biri bilan to‟qnashadi va yana neytral atom va molekulalarni 
hosil qiladi, ya‟ni ionlar rekombinatsiyasi vujudga keladi. 1 sm
3
gazda vaqt 
birligida rekombinatsiya bo‟lgan ionlar juftining soni n
p
musbat ionlar soni-n
+
va 
manfiy ionlar soni n
-
lar konsentratsiyalarining ko‟paytmasiga teng, ya‟ni: 


𝛼 
Bu formulada 
𝛼 -rekombinatsiya koeffitsienti bo‟lib, kameradagi gazning 
xususiyatiga, kameradagi harakat va bosimga bog‟liq. Havoda 10
-7
dan 10
-10
sm
3
/s 
teng bo‟lishi mumkin. Biroz vaqt o‟tishi bilan kameradagi gazda hosil bo‟layotgan 
va rekombinatsiya bo‟layotgan ionlar jufti orasida dinamik muvozanat yuzaga 
keladi, ya‟ni: 
𝛼 
Elektrodlarga kuchlanish berilmagan vaqtda kamera elektr zanjirida 
ionizatsion tok nolga teng bo‟ladi, elektronlar va musbat ionlar elektrodlarga 
tomon harakatlanmaydi. Elektrodlarga kuchlanish berilganda elektronlar va musbat 
ionlar elektrodlar orasidagi elektr maydon ta‟sirida tegishli elektrodlarga tomon 
harakatlanadi va elektrodlarda neytrallashadi. Elektronlar va musbat ionlarning 
bunday harakati kamera zanjirida elektr tokini hosil qiladi, bu tokning kattaligi 
vaqt birligi ichida kamera elektrodida neytrallashgan ionlar jufti bilan aniqlanadi. 
Kamera elektrodlarida kuchlanishning orttirilishi ionlarning harakatining o‟rtacha 
tezligini oshiradi. Bunda rekombinatsiyalashadigan ionlar juftining soni kamayadi. 
Bu vaqtda elektrodlarga borib yetadigan va unda neytrallshadigan ionlar soni 
ortadi. Kamera zanjirida hosil bo‟layotgan ionizatsion tokning ham kattaligi 
oshadi. Ionizatsion galvanometer yordamida o‟lchanadi. Ionizatsion tok kameraga 
ta‟sir etayotgan nurlanishning dozasiga proporsional bo‟ladi. Ionizatsion tok 
kamera elektrodlariga berilayotgan kuchlanishga ham bog‟liq, bu bog‟liqlik 2-
rasmda ko‟rsatilgan. Rasmdagi egri chiziq ionizatsion tokning voltamper 
harakteristikasi deyiladi. 
Kuchlanish U=0 dan U=U
1
gacha o‟zgarganda (I-soha) tok kuchi 
kuchlanishga to‟g‟ri proporsional bo‟ladi. bunda OM qonuni bajariladi.
Kuchlanish 
dan 
gacha o‟zgarganda tok kuchi va kuchlanish 
orasidagi proporsionallik buziladi (II-soha). Rekombinatsiya jarayoni ehtimoliyati 
kamayadi. 
bo‟lganda rekombinatsiya jarayoni to‟xtaydi va hosil bo‟lgan 
elektron va musbat ionlar hammasi tegishli elektrodlarga borib yetadi. 
Kuchlanishning keying 
dan 
gacha o‟zgarishlarida ionizatsion tok 
kattaligi o‟zgarmaydi (III-soha). Bunday holatda xosil bo‟lgan kuchlanishning 
qiymati to‟yinish kuchlanishi deyiladi, III-soha to‟yinish sohasi deb aytiladi. 
Ionizatsion kameralarda shu sohadan foydalaniladi. Kuchlanish 
dan boshlab 
yana oshirilganda elektrodlar orasidagi elektr maydonda harakatlanayotgan 
elektronlarning energiyasi ortib ketib, ular endi o‟zlari gazning neyrtral atomlari va 
molekulalari bilan to‟qnashib ularni ionlashtiradi (IV-soha). IV-soha udarna 
ionizatsion soha deyiladi. Ionizatsion kameralarda bu sohadan foydalanilmaydi. 
Radioaktiv nurlanishlar dozasi o‟lchanganda uchinchi (III) soha jarayonida hosil 


bo‟lgan tok kattaligi galvonometr yordamida o‟lchanib, tok kattaligiga qarab 
nurlanish dozasi aniqlanadi. 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin