kamera nurlanayotgan obyektga (namuna) qo‟yiladi. Kameradagi gazga ta‟sir
qilgan nurlanish ta‟sirida hosil bo‟lgan ionlarning
zaryadi elektrod zaryadiga
qarama-qarshi ishorali bo‟lganlari elektrodga tortiladi va elektrod zaryadini qisman
neytrallaydi. Bunda elektroddagi zaryad q
2
gacha kamayadi, bunda elektrometr
potensiali ham
𝜑
2
gacha pasayadi.
𝜑
𝜑
potensiallar farqi orqali nurlanish
ta‟sirida kamerada hosil bo‟lgan zaryad aniqlanadi:
𝜑
𝜑
zaryadga to‟g‟ri keladigan ekspozitsion doza quyidagicha hisoblanadi:
𝜑
𝜑
𝜑
𝜑
Bu formulada
-proporsionallik koeffitsienti bo‟lib, asbobni (shkalani)
darajalashda aniqlanadi.
Shunday qilib, ekspozitsion doza o‟lchash boshida va
oxirida elektrometr ko‟rsatishlari farqi orqali aniqlanadi. Ionizatsion kamera hajmi
ikkilamchi elektronlarning chopish uzunligiga to‟g‟ri keladigan bo‟lishi kerak,
bunday hol kamera ichidagi gazning to‟liq ionlashishiga imkon beradi.
Bunday dozimetrlar orqali
𝛾-nurlanuvchi izotoplar aktivligini ham o‟lchash
mumkin.
Kondensatorli dozimetrlar juda sezgir va aniq natijalar beradi. Lekin kvars
tolali elektrometrlarning ishlatilishi mikroskop orqali kuzatishni talab qiladi.
Shuning uchun ba‟zan dozimetrlarda elektrometr elektron-lampali qurilmalar bilan
almashtiriladi. Bu dozimetrlarni ishlatish qulay, lekin aniqligi pastroq.
Laboratoriya
sharoitida
ionlashtiruvchi
nurlanish
bilan
ishlaydigan
kishilarning xavfsizligini nazorat qilishda ishlatiladigan KID-1 dozimetrini ko‟rib
chiqaylik. KUD-1 dozimetr laboratoriya sharoitida rentgen va gamma nurlarning
katta bo‟lmagan dozalarini o‟lchashga mo‟ljallangan. Bunday dozimetr (2-rasm)
20 yoki 50 ionizatsion kameralar to‟plamidan (2 b-rasm) va o‟lchash pultidan
iborat. Har bir kamera avtoruchkaga o‟xshash bo‟lib,
ishchilar ish vaqtida uni
ko‟krak kistasida olib yuradi (3-rasm). Kamera 0,02-0,2 rentgen (2-elektrod) va
0,2-2 rentgen (3-elektrod) diapozonlarda o‟lchanadi. 2 va 3 elektrodlar bir
korpusga joylashtirilgan bo‟lib, korpus-1 elektr o‟tkazuvchi plastmassadan
yasalgan. Har bir elektrod kamera korpusining o‟ziga tegishli qismi bilan silindrik
kondensator vazifasini bajaradi. Kamera qopqoq (4) bilan yopiladi. Kameraning bir
uchiga zajim-5 (ushlagich) qo‟yilgan.
Kamera ichiga havo to‟ldirilgan, kamera devorlari bakelit yoki pleksiglaz va
b. moddalardan yasalgan. Kamera ichidagi havoni ionlashtirishdan hosil bo‟lgan
va kamera devorlari moddasida yutilgan elektronlar nurlanish ta‟sirida kamera
devorida hosil bo‟lgan hamda kamera ichkarisiga tushgan elektronlar bilan
kompensatsiyalanadi. Shunday qilib kameradagi gazning to‟liq ionlashishiga
sharoit tug‟iladi. Kichik hajmli bunga o‟xshash kameralar naperstkoviy kameralar
deyiladi. O‟lchash pulti (2 a-rasm) elektr zanjiriga ulangan bo‟lib, zaryadnik va
o‟lchaydigan qismlardan iborat. Zaryadnik qismi
doimiy kuchlanishiga ulangan,
doimiy kuchlanish elektr tarmog‟iga ulangan stabilizatordan olinadi. Bu
kuchlanishdan ish kuni boshlanishida dozimetrik kamera elektrodlari zaryadlanadi.
Buning uchun kamera qopqog‟i ochilgan holda (pultda 2 a-rasm) chap tomondagi
gnezdoga-3 joylashtiriladi. Ish kunining oxirida kamerada o‟lchangan dozani
aniqlashda, ya‟ni ishchi olgan dozani aniqlashda kamera elektrodlaridagi
kuchlanish o‟lchanadi va ish kuni boshlanishida kamerani zaryadlashdagi
kuchlanish bilan taqqoslanadi, bundagi farq orqali ishchi olgan doza aniqlanadi.
Buning uchun avtoruchka shaklida bo‟lgan kameralar qopqog‟i ochiq holda navbat
bilan oxirgi uchi bilan pultning I gnezdosiga qo‟yiladi. O‟lchov asbobi – G ning
shkalasiga qarab doza aniqlanadi. Ish kuni boshida avtoruchka shaklidagi kamera
3-gnezdoga elektrodlarini zaryadlashga qo‟yiladi. Ish kuni oxirida I – gnezdoga
kamera olgan dozani o‟lchash uchun qo‟yiladi. Olingan doza shkaladan ko‟riladi.
Dozimetrning tuzilishi kamerada hosil bo‟lgan ionizatsion tokni o‟lchashga
asoslangan. Kameradagi elektrodlar orasidagi kuchlanish (elektr maydoni)
yetarlicha yuqori bo‟lishi kerak. Kameradagi tok kuchi faqat nurlanish ta‟sirida
kamera ichida vaqt birligida hosil bo‟lgan ionlar soniga bog‟liq. Bunda tok kuchi
kameraga ta‟sir etgan nurlanishning doza quvvatiga proporsional bo‟ladi.
Odatda
but ok kuchi juda kichik bo‟lib, uni o‟lchash ham qiyinchilik tug‟diradi. Shu
sababli bunday asboblarda ionizatsion kamera elektrodlari elektr zanjiriga
yetarlicha katta qarshilikka ega bo‟lgan resistor ulanadi, bunda kuchlanish tushishi
kuchaytirgichning kirishiga beriladi, kuchaytirgichning chiqish zanjiriga
o‟lchaydigan asbob-G ulanadi.
Yadroviy nurlanishlar bilan ishlaydigan ishchi-xodimlarning xavfsizligini
ta‟minlash maqsadida individual dozimetrlar ishlab chiqilgan. Quyida bunday
dozimetrlarning ayrimlari qarab chiqiladi.
Dozimetrik asboblar orasida kishilar olgan nurlanish dozasini o‟lchaydigan
individual dozimetrlar keng ishlatiladi. Individual
dozimetrlarda bir korpusda
detektor, sanash qurilmasi va doza kattaligi indikatsiyasi ulangan. Detektor
ma‟lum elementlar bilan nurlanish ta‟sir etadigan joyga qo‟yiladi. O‟lchash
qurilmasi, indikatsiya bloki, zaryadkalar detektordan tashqarida. Bunday
detektorning afzalligi, bu istalgan vaqtda dozani dozimetr egasining o‟zi nazorat
qilishidir. Ikkinchi afzalligi olib yuriladigan dozimetr og‟irligining kichikligi.
Individual dozimetrlar olib yurishga kishi tomonidan ishlatilishga mo‟ljallangan.
Bunday dozimetr ko‟rinishi 1-rasmda keltirilgan. Kishi hayoti to‟g‟ri ishlaydigan
ishonchli dozimetrga bog‟liq bo‟lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: