11-Ma‟ruza. (2 soat)
Mavzu: Shaxsiy himoyalanish vositalari. Dozimetrlar.
Reja:
1.
Shaxsiy himoyalanish vositalari
2.
Dozimetrlar, ularning tuzilishi, ishlash asosi.
3.
Dozimetrlarning qo‟llanilish sohalari.
4.
Individual dozimetrlar.
1.
Shaxsiy himoyalanish vositalari.
Ionlashtiruvchi nurlanishlar – rentgen nurlari, gamma nurlar,
𝛼-, 𝛽- zarralar,
neytronlar oqimi o‟tuvchan ionlashtiruvchi nurlanishlardir. Radioaktiv moddalar
bilan ishlaydigan shaxslar o‟zlarining radiatsion xavfsizliklarini ta‟minlash uchun
(ionlashtiruvchi nurlanishlardan himoyalanishda) ma‟lum qoidalarga rioya
qilishlari zarur:
1.
Kishilarning badan terisi unga radioaktiv modda tushishi natijasida
radioaktiv ifloslanishi mumkin. teriga radioaktiv modda tushmasligi uchun
badanning barcha qismini – tana, qo‟l, bo‟yin yuz, oyoqlarni germetik mahkamlash
(yopadigan kiyim kiyish) zarur. Yuz terisini tabelnimi vositalar va nafas olish
organlarini oddiy vositalari bilan himoya qilish zarur.
Badanning boshqa qismi terisini ionlashtiruvchi nurlanishlardan himoyalanish
maqsadida maxsus ishlab chiqarilgan kiyimlar bilan yopish, mahkamlash kerak.
Lekin, badanni to‟liq ravishda kiyim bilan yopib bo‟lmaydi. Ko‟krakni yopish
uchun qalin materialdan maxsus tayyorlangan ko‟krak qopqog‟i (klapani)
ishlatiladi. Bo‟yin va boshning ochiq joylarini germetik yopish uchun qalin sherst
yoki paxta ipidan tayyorlangan kapyushondan foydalaniladi. Teriga radioaktiv
modda tushganda uni dezaktivatsiya qilish kerak. Buning uchun yuvadigan
moddalarning suvlari erishmasi bilan yoki suv bilan yuvish zarur. Burunga,
og‟izga, quloqqa radioaktiv modda tushganda tezda suv bilan yoki margansovkali
suv bilan yuvish kerak.
2.
Nafas organlarini radioaktiv moddalardan himoya qilishda turli
respiratorlardan foydalaniladi. Masalan, P-2, P-2D, “Лепесток”, “Астра” kabi
respiratorlar ishlatiladi. Respiratorlar bo‟lmagan taqdirda protivogaz yoki
materialdan tayyorlangan PTM-1 tipidagi maskalardan foydalaniladi.
3.
Radioaktiv modda bilan ishlaganda qo‟lga maxsus perchatka kiyish
zarur. Radioaktiv moddalarni ushlaganda uzun dastali maxsus ushlagichlardan
(qisqichlardan) foydalanish zarur. Ishni tez bajarish lozim. Iloji boricha radioaktiv
moddalardan uzoqlikda turib ish bajarish kerak.
4.
Gamma va rentgen nurlanishlardan himoyalanishda bu nurlarni kuchli
yutadigan zichligi katta bo‟lgan chugun, po‟lat, qo‟rg‟oshin, baritoviy g‟isht,
qo‟rg‟oshin shisha kabi materiallardan yasalgan to‟siqlar ishlatiladi. Neytronlardan
himoyalanishda esa suv, beton kabi atom nomeri kichik bo‟lgan moddalardan
foydalaniladi. Neytron modda yadrolari elastik to‟qnashganda o‟z energiyasini
tezda yo‟qotadi. To‟siqlar radioaktiv modda va ishchi orasida bo‟lgan belgilangan
masofaga qo‟yiladi.
Amaliy maqsadlarda moddaning yutish qobiliyati nurlanishning yarim
yutilish qatlami d
1/2
ni belgilaydi. Yarim yutilish qatlami shunday qalinlikki, bunda
tushayotgan
𝛾-nurlanish intensivligi ikki marta kamayadi. To‟siqlar radioaktiv
modda va ishchi orasida bo‟lgan belgilangan masofaga qo‟yiladi.
Amaliy maqsadlarda moddaning yutish qobiliyati nurlanishning yarim
yutilish qatlami d
1/2
ni belgilaydi. Yarim yutilish qatlami shunday qalinlikki, bunda
tushqyotgan gamma-nurlanish intensivligi ikki marta kamayadi. To‟siqlar
tayyorlashda yarim yutilish qalinligi Buger qonuni asosida quyidagicha
hisoblanadi.
Bundan
Bu formulada
-tushayotgan nurlanishning dastlabki intensivligi;
-
-qalinlikdan o‟tgan nurlanish intensivligi;
-moddaning yutish koeffitsienti. Yutish koeffitsienti-
moddaning
xususiyatiga, tushayotgan nurlanish energiyasiga bog‟liq.
Yarim yutilish qatlami qalinligi kattaligi ham tushayotgan nurlanish
energiyasiga bog‟liq.
Energiyasi 0,7 va 2,5 MeV oraliqda bo‟lgan nurlanish fotonlari uchun yarim
yutilish qalinligi ba‟zi moddalar uchun quyidagi jadvalda keltirilgan sm larda
1-jadval
Modda
Yarim yutilish qalinligi – d
1/2
0,7 MeV uchun
Yarim yutilish qalinligi
d
1/2
2,7 MeV uchun
Havo
Suv
Yer
Beton
Po‟lat
Qo‟rg‟oshin
70
8,8
6
4
1,3
0,66
-
23
14
10
2,8
1,8
Jadvaldagi ma‟lumotlardan ionlashtiruvchi nurlanishlardan himoyalanish
to‟siqlari tayyorlashda foydalaniladi.
5.
Radioaktiv modda kishi organizmi ichiga tushgan hollarda (ayniqsa
bolalar) iodli kaliy (иодистый калий) tabletkasini ichish zarur. Iodli kaliy
radioaktiv iodning qalqonsimon bezga tushishini keskin kamaytiradi (50-100
martagacha) va organizmdan chiqishini tezlashtiradi.
Iodli profilaktika radioaktiv iod bilan ichki nurlanishni kamaytirishda juda
effektiv va oddiy usul hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |