Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika


Organik va noorganik ssintillyatorlarning fizik xususiyati



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/50
tarix18.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#116100
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50
54baf52fc97007b313abf5d9abaa5d06 « DOZIMETRIYANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA AMALIY TATBIG‟I » FANIDAN O„QUV-USLUBIY M A J M U A

2. Organik va noorganik ssintillyatorlarning fizik xususiyati. 
Noorganik ssintillyatorlarga rux sulfide (ZnS), ftorli kalsiy (CaF
2
), volframli 
kalsiy (CaWO
4
) va kadmiylarni (CdWO
8
) kiritish mumkin. Noorganik 
ssintillyatorlar 
izolyatorlar 
hisoblanadi. 
Noorganik 
kristallarga 
maxsus 


aralashmalar kiritilsa, uning chaqnash markazi kattalashadi va xossasi yanada 
yaxshilanadi. Xuddi shunday kristallar sinfiga NaI(Tl) kristallini kiritish mumkin.
Noorganik kristallar ichida NaI(Tl)-kristalli o‟zining xossalari bilan ajralib 
turadi. Ayniqsa bu kristallning ustunlik tomoni shundan iboratki, ulardan katta 
o‟lchamda, 200-300mm qalinlikdagi kristallar tayyorlash mumkin.
CsI(Tl)-kristalli ssintillyatorni ishlatish uchun juda qulay bo‟lib, ulardan katta 
o‟lchamdagi monokristallar tayyorlash mumkin. Bu kristallda chaqnash vaqti 
ionizatsion zichligiga bog‟liq. 
CsI(Tl) va NaI(Tl) kristalli katta atom tartibiga ega bo‟lib, gamma nurlarni 
qayd qilishda detektorning effektivligi juda yuqori bo‟ladi. 
Ko‟pgina organik aralashmalar chaqnash hodisasini yuzaga keltirish 
xususiyatiga ega. Organik aralashmalar orasida uglevodorodlar alohida muhim 
o‟rin tutadi. Organik ssintillyatorlar monokristallar ko‟rinishida tayyorlanadi. 
Bularga misol tariqasida stilben (C
14
H
12
), antratsen (C
14
H
10
), talon va boshqalarni 
kiritish mumkin. organik kristallar suyuq va qattiq ko‟rinishda tayyorlanadi. 
Noorganik ssintillyatorlarning organik ssintillyatorlardan farqi shundaki, fotonlar 
chaqnashi uyg‟ongan molekulalarda elektronlarning o‟tishi bilan bog‟liq. Organik 
ssintillyatorlarda chaqnash vaqti juda kichik bo‟lib, u 10
-8
-10
-9
sekundlar atrofida. 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin