Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/50
tarix18.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#116100
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50
54baf52fc97007b313abf5d9abaa5d06 « DOZIMETRIYANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA AMALIY TATBIG‟I » FANIDAN O„QUV-USLUBIY M A J M U A

1. Fotografik metodlar. 
Fotografik detektorlar ionlashtiruvchi nurlanishlarning fotomateriallarning 
sezuvchi qatlamiga ta‟sir qilish xususiyatlariga asoslangan. Bunday detektorlarga 
целлулоидdan yasalgan taglikka sezuvchi emulsiya surtilgan rentgen plyonkalar 
ishlatiladi. 
Sezuvchi emulsiya tarkibi bromli yoki xlorli kumushdan iborat bo‟lib, jelatina 
qatlamiga bir tekis taqsimlangan bo‟ladi. Ionlashtiruvchi nurlanishlar shu imulsiya 
qatlamiga ta‟sir qiladi. Emulsiya shisha yoki qog‟ozga ham surtilishi mumkin. 
sezuvchi emulsiyaga ionlashtiruvchi nurlanishlar ta‟sir qilganda скрытий ta‟sir 
hosil bo‟ladi: 
Bromli (AgBr) yoki xlorli (AgCl) kumush donalari sirtida “ochiltirish 
markazlari” – kumush metalining atomlari paydo bo‟ladi. Скрытий tasvirni 
ochiltirish bu ochiltirish markazi bo‟lgan kumush metalining donalarini tiklashdan 
iborat.
Скрытий tasvirni ochiltirish markazi kumush metali donalarida hosil 
bo‟ladi.bunday donalar ochiltirishda amalda to‟liq ravishda kumushni tiklaydi, bu 
esa sezuvchi qatlamning nurlanishlar ta‟sirida qorayishiga olib keladi. Navbatdagi 
ochiltirishda erish hosil bo‟ladi. ochiltirish markazi bo‟lmagan AgBr va AgCl 
kristalchalari yo‟qoladi. 
Natijada kumush metali hosil bo‟lmaydi. Bundan so‟ng emulsiyaning 
nurlanishlarga 
sezuvchanligi yo‟qoladi. Nurlantirilgan, ochiltirilgan va 
zakreplangan plyonka qorayishi ma‟lum optik qalinlikka ega. Qorayish optik 
zichligi deb: 
Kattalikka aytiladi. Bu formulada 
-qayta ishlangan plyonkaga yorug‟lik 
nurining intensivligi; 
-plyonkadan o‟tgan yorug‟lik nurining intensivligi. 
Fotoplyonka qorayishining optik zichligi 0 dan ∞ gacha o‟zgaradi. Amalda 
qorayish zichligi uch birlikdan oshmaydi. Nurlanish ta‟sirida fotoplyonkaning 
qorayishi zichligi fotometr yoki densatometr yordamida o‟lchanadi. Plyonkaning 
qorayishi zichligini o‟lchash natijasiga qarab nurlanishning yutilgan dozasi 
aniqlanadi. 
Plyonkaning xususiyatlari uning sensitometrik xarakteristikasi orqali 
aniqlanadi. Bunday xarakteristika qorayish zichligi S ning nurlanish dozasi – D 
ning logarifmasi orasidagi bog‟lanishni ifodalaydi. 
Fotografik metodning afzalligi quyidagilardan iborat: nurlanish dozasini 
individual nazorat qilishda keng qo‟llanilishi, shaxs tomonidan olingan dozaning 


dokumental qayd qilinishi, 
𝛽- va 𝛾-nurlanishlar dozasini birga yoki alohida qayd 
qilish, neytron nurlanishi dozasini qayd qilish imkoniyati mavjudligi, fotografik 
metodning kamchiliklari quyidagilar: plyonkalarning nurlanishlarga bo‟lgan 
sezuvchanligining kichikligi, natijalar aniqligining pastligi, natijalarning 
plyonkalarni qayta ishlash sharoitiga bog‟liqligi, nurlantirilgan plyonkalaridan 
takror foydalanish mumkin emasligi. 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin