Fosfor Fotokatod
Yadro
nurla-
nishi
Yorug‟lik o‟tkazgich
Yorug‟lik
qaytargich
1-rasm
Ssintillyatsion schyotchiklarning quyidagi xossalarga ega bo‟lishi tufayli keng
ishlatiladi:
1. Nurlanishlarni qayd qilish effektivligining yuqori bo‟lishi.
2. Vaqt bo‟yicha ajrata olish qobiliyatining yuqori bo‟lishi (10
-9
-10
-7
c).
3. Zarralar va gamma-kvantlarning energiyasini bir necha foizga aniqlikda
o‟lchay olishi.
4. Qurilmaning nisbatan oddiyligi.
Ssintillyatsion schyotchiklarning kamchiligi energiya bo‟yicha ajrata olish
qobiliyatining pastligidir. Masalan gamma-kvantlar 600 KeV bo‟lganda ajrata
olish qobiliyati 8-10% ni tashkil qiladi. Lekin ko‟pgina ilmiy-amaliy masalalarni
hal qilishda bu kamchilik ahamiyatli bo‟lmaydi.
Bu usulni 1903 yilda Vilyam Kruks taklif qilgan. 1934 yilda L.A.Rubetskiy
tomonidan fotoelektron kuchaytirgich (FEK) yaratildi. FEK ssintillyatsion
schyotchiklarda ishlatila boshlagach ssintillyatsion schyotchiklarning afzalligi ortib
ketib keng ishlatila boshladi. Ssintillyatsion schyotchiklarning sifati va qo‟llanilish
sohasi ko‟p jihatdan unda ishlatiladigan fosfor kristallining (ssintillyator sifatida)
tushgan zaryadli zarra yoki gamma-kvant energiyasini yorug‟lik
energiyasiga
aylantira olish xususiyatiga bog‟liq. Fosfor kristalli yutilgan zarra energiyasining
bir qismini yorug‟lik energiyasiga aylantiradi. NaJ(Tl) kristallining bunday
qobiliyati kuchliroq. U yutilgan energiyaning o‟ndan bir qismini yorug‟lik
energiyasiga aylantiradi. Fosforning yorug‟lik chiqarishi intensivligining vaqtga
bog‟liq o‟zgarishi ushbu rasmda keltirilgan.
Fosfor kristallga zarra tushgan sari uyg‟ongan atomlar yig‟ila boradi. Zarra
kristall ichida batamom to‟xtamasdanoq atomlarning bir qismi fotonlar chiqarib
asosiy holatiga qaytadi. Zarra sekinlashgan sari uyg‟ongan atomlar soni va
fosforning nurlanish intensivligi orta boradi. Taxminan 10
-12
c dan so‟ng yorug‟lik
intensivligi yuqori darajaga yetadi. Bu vaqt ichida zarra batamom to‟xtaydi.
Uyg‟ongan atomlar sonining kamayishi yorug‟lik intensivligining
nisbatan sekin
FEK
pasayishiga olib keladi (2-rasm). Bu jarayon t>t
0
vaqtga to‟g‟ri keladi. Umuman
intensivlik quyidagicha ifodalanadi:
I=I
0
e
-t/𝜏
I
0
e
-t/𝜏
t
J
t
2-rasm
Bunda t-ma‟lum t
0
vaqtdan so‟ng boshlanadigan vaqt,
𝜏-uyg‟ongan
atomlarning o‟rtacha yashash vaqti. U fosforning yorug‟lik tarqatib bo‟lish vaqti
deb ataladi.
𝜏 ning qiymati qancha kichik bo‟lsa, FEK da hosil bo‟ladigan impuls
shuncha qisqa va schyotchikning ajrata olish qobiliyati shunchalik yaxshi bo‟ladi.
Fosforning qayd qilish effektivligi har xil zarralar uchun har xil. Zichligi va atom
nomeri katta bo‟lgan fosfor gamma-kvantlarni yaxshi qayd qiladi, lekin tez
neytronlar uchun yaramaydi. Ssintillyatsion schyotchiklarda ishlatiladigan fosfor
kristallining xillari juda ko‟p. fosfordagi yorug‟lik
FEK yordamida tok impulsiga
aylantiriladi.
Agar tajriba sharoitida katta hajmdagi ssintillyatorlar talab qilinsa, tiniq suyuq
ssintillyatorlar ishlatiladi, masalan neytronlarni qayd qilishda hozirgi kunda
ssintillyatsion usuli yadroviy nurlanishlarni qayd qilishda keng tarqalgan usul
hisoblanadi. Ssintillyatsion detektorlarga tushayotgan yadroviy nurlanishning
ssintillyator moddasi atom va molekulalarini uyg‟ongan holatga o‟tkazishi muhim
o‟rin tutadi. Uyg‟ongan atomlarning asosiy holatga o‟tishi elektromagnit nurlanish
chiqarishi bilan yuz beradi. Elektromagnit nurlanishlar spektri ssintillyator kristalli
atomlarning energetik sathlariga bog‟liq bo‟ladi. Bir qator tiniq ssintillyatorlarda
chiqariladigan nurlanish (chaqnash yorug‟ligi) spektrning ko‟zga ko‟rinadigan
sohasida yotadi. Bu nurlanishlar to‟lqin uzunligi
𝜆=1000-7000 A
0
.
Kristalli
ssintillyatorlar keng tarqalgan. Ssintillyator moddasiga gamma-nurlar tushganda
yorug‟lik chaqnashi hosil bo‟ladi. Bu yorug‟lik fotokatodga tushib, undan
elektronlarni urib chiqaradi. Bu elektronlar FEK ning dinodlariga tushib har bir
dinoddan yana elektronlarni urib chiqaraveradi. FEK dinodlardan urib chiqarilgan
elektronlar soni ko‟payib elektronlar oqimini hosil qiladi va bu elektronlar anoda
fokuslanadi.
Dostları ilə paylaş: