O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi
“HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI”
fanidan
Mustaqil ish
23.
|
Shovqin intensivligini hisoblash. To’siqli konstruktsiyalarda tovush izolyatsiyasini tadqiq qilish.
|
Reja:
Shovqin va undan himoyalanish.
1.1 Shovqinning inson organizmiga ta’siri.
2. Tovushning asosiy o‘lchov birliklari.
2.1 Tovush chastotasi.
2.2Tovush bosimi.
2.3Tovush intensivligi.
2.4Tovush qattiqligi .
3. Shovqinning inson organizmiga zararli ta’siri.
Shovqin va undan himoyalanish
Shovqinning inson organizmiga ta’siri. Insonning mavjud beshta sezgi a’zosi ichida eshitish o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Aynan eshitish orqali inson boshqa odamlar bilan muloqot qiladi, xavf-xatarni anglaydi va o‘z madaniyatini yuksaltiradi. Inson o‘zining eshitish sezgilari orqali toza tovushlarni, aralash tovushlarni va shovqinni farqlaydi. Toza tovush bir xil chastotadagi sinusoidal tebranishlardan iboratdir.
Insonni o‘rab turgan muhitda turli xil tovushlar mavjud bo‘lib, ularni inson eshitish a’zosi yordamida eshitadi. Tovush fizik kattalik bo‘lib, faqat elastik muhitda (havo, suv, gaz va b.) tarqaladi, vakuum muhitida tovush tarqalmaydi.
Aralash tovush bir necha toza tovushning yig‘indisidan iborat. Shovqin esa har xil chastota va tebranishdagi tovushlar aralashmasidir.
1660 yili Robert Boyl (1627–1661yy) tovush tarqalishi uchun gazsimon suyuqlik yoki qattiq jism holatidagi muhit zarurligini isbotlaydi. Tovush tarqalishiga sabab bo‘ladigan muhitga bog‘liq holda shovqin mexanik va aerogidrodinamik ko‘rinishda bo‘ladi.
Tovush intensivligining o‘lchov birligi «Bel» qabul qilingan. U telefon yaratilishining asoschisi Aleksandr Greyama Bel (1847–1922y) sharafiga atalgan. Inson qulog‘i bir xil bosimdagi, turli xil chastota va qattiqlikdagi tovushlarni eshita oladi. Tovush qattiqligi (gromkost) – «fon» bilan o‘lchanadi. Bir fon – 1000 Gs chastotadagi va 1dB intensivlikdagi tovush qattiqligiga tengdir.
Inson qulog‘i 16 Gs.dan 20000 Gs.gacha bo‘lgan tovush chastotalarini eshitish qobiliyatiga ega. Inson 800…4000 Gs chastotali tovushlarni yaxshi eshitadi, 16…100 Gs chastotali tovushlarni sezilarli darajada eshitadi.
1861 yili anatomik olim Alfonso Korti (1822–1876y) insonning eshitish a’zosi- quloqni tekshirib, uning ishlash tartibini o‘rganib chiqqan.
Shovqinning insonga ta’sirini fiziologik baholash maqsadida, u past chastotali (300 Gs.gacha), o‘rta chastotali (300…800 Gs) va yuqori chastotali (800 Gs dan Yuqori) shovqinlarga ajratiladi.
Inson xoh kunduzi, xoh tunda, ish vaqtida ham, dam olish vaqtida ham, uyquda ham ma’lum darajadagi shovqin ta’sirida bo‘ladi. Masalan, barglarning shitirlashi 10-40 dB, soatning chiqillashi quloqdan 1 m uzoqlikda 25-35 dB, uxlayotgan odamning nafas olishi 25 dB atrofida, oddiy so‘zlashuv vaqtida –50-60 dB, qattiq baqirib so‘zlashganda –75 dB, 100 km/soat tezlikda harakatlanaetgan engil avtomobil-110 dB, reaktiv samolet-120-130 dB tovush intensivligidagi shovqin hosil qiladi.
Insonni doimiy yuqori intensivlikdagi shovqin ta’sirida bo‘lishi uning sog‘ligiga ta’sir etadi, u tez charchaydi, psixologik reatsiya tezligi kamayadi, xotirasi susayadi. Shuningdek, shovqin insonning diqqatini bir joyga jamlashiga xalaqit qiladi, harakatning aniqligini va muvozanatini buzadi, tovush va yorug‘lik signallarini qabul qilish qobiliyatini susaytiradi va natijada turli xil baxtsiz hodisalarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari shovqin qon bosimining oshishiga, ko‘z qorachigining kengayishiga, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishiga, yurak va tomir urishining tezlashiga, asab tizimining buzilishiga, uyqusizlik sodir bo‘lishiga va eshitish qobiliyatining susayishiga ham olib keladi. Ayniqsa inson qulog‘i eshitmaydigan shovqinlar, yani infratovushlar (tovush chastotasi 16-20 Gs dan kichik shovqinlar) va ultratovushlar (tovush chastotasi 20000 Gs.dan katta) inson sog‘ligiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |