§6 Quyma nosozliklarini aniqlash va yo’qotish usullari
Tashqi nosozliklar quymani tashqarisidan
ko’rib aniqlanadi.
Ichki nosozliklar radiografik yoki ultratovush usullar bilan aniqlanadi.
Radiografik
(rentgenoskopiya,
gamma-defektoskopiya)
usullari
qo’llanilganda quymalarga rentgen yoki gamma nurlari bilan ta]sir qilinadi.
Bunda nosozliklar, ularning
o’lchamlari va chuqurligi aniqlanadi.
Quymalarga ultratovish
to’lqinlari ta’sir qilganda to’lqin
nosozlik
chegaralariga tegib qaytadi va qaytish jadalligi
bo’yicha
nosozliklar
o’lchamlari va chuqurligi aniqlanadi.
Qiyshayish
– quyma qismlarini bir-biriga nisbatan siljishi. Buning sabalari –
qolip
noto’g’ri yig’ilganligi, belgilovchi o’qlarning yeilishi,
sterjenni qolipga
qiyshiq
o’rnatilishi va boshqalar.
Kam quyish
– buning sabablari: quyish
temperaturasi va qotishma
oquvchanligi past, quyish elementlarning kesimi kichik va boshqalar.
14
Quymalarning
muhim
joylarida
arzimas
nosozliklar
yopishqoq
qorishmalar, singdiriladigan moddalar, gaz alangasi va elektr yoy yordamida
tuzatiladi.
Qorishmalar bilan
to’ldirishdan oldin
nosoz joylar tozalanadi va
yog’sizlantiradi, keyin tuzayilgan joy silliqlanadi, quritiladi.
Quymalarni singdiriladigan moddalar bilan tuzatish uchun ular 8-12
soatga ammoniy xloridning (NH
4
Cl) suv eritmasida ushlab turiladi
– eritma
metall kristallari orasiga
o’tib nosozliklarni to’ldiradigan
oksidlarni xosil
qiladi.
Gaz alangasida va elektr yoy yordamida payvandlash ishlov
berilmaydigan
yuzalardagi nosozliklarni
(bo’shliqlarni, teshiklarni, darzlarni)
cho’yan va po’lat elektrodlar yordamida qoplash uchun qo’llaniladi.
Cho’yan quymalarni qoplashdan oldin 350--600 °С ga qizdiriladi,
payvandlashdan keyin sekin sovitiladi.