Yo’l-transport kommunikatsiyalari rivojlanishidagi hududiy xususiyatlar.
O’zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan
biri transport sohasi
hisoblanadi. Transport iqtisodiyotning ijtimoiy va moddiy ishlab chiqarish
tarmog’i bo’lib, iqtisodiyot real sektorida ishlab chiqarilgan yuklarni,
shuningdek, yo’lovchilarni bir
joydan ikkinchi joyga eltishni, mamlakat
hududlari o’rtasida, korxonalar va iqtisodiyot tarmoqlari o’rtasida ayirboshlash
va kommunikatsiyani ta’minlaydigan sohadir.
O’zbekiston iqtisodiyotining jahon hamjamiyatiga jadal va samarali
integratsiyalashib borishida transport sohasi faoliyatining ta’siri
yuqori
baholanadi.
Mamlakat transport tizimining rivojlanishiga bir qancha ichki va tashqi
omillar ta’sir ko’rsatadi. Ularga tabiiy-geografik sharoit,
yer yuzasining
tuzilishi, hududning o’zlashtirilganlik darajasi, aholi manzilgohlari orasidagi
masofa, hudud tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan
foydalanish darajasi, hududning
xalqaro transtuzulmalaridagi o’rni va boshqalarni kiritish mumkin.
Transport sohasi ham funktsional vazifalariga ko’ra yer usti va yer osti
transportiga ajratiladi.
Yer usti transporti o’z navbatida temir yo’l, avtomobil, quvur transporti,
suv transporti (dengiz va daryo transporti), havo transportiga (aviatsiya)
ajratiladi.
Yer osti transporti bu metropoletin tizimi bo’lib, uning iqtisodiy
ahamiyati asosan passajir tashish oborti bilan belgilanadi.
Shu bois,
transport
tizimi iqtisodiy ahamiyatiga ko’ra yuk va yo’lovchi transportiga ajratilib
o’rganiladi.
Hududiy xarakteriga ko’ra ichki va xalqaro transport yo’nalishlari ajratiladi.
Foydalanish darajasiga ko’ra umumiy
foydalaniladigan va umumiy
foydalanilmaydigan transport turlariga bo’linadi.
Umumiy foydalaniladigan transport turi iqtisodiyotning va aholining o’z
ehtiyojlarini qondirish maqsadida foydalanadigan transportdir.
Umumiy foydalanilmaydigan transportga maxsus transport turlariga
alohida olingan tarmoq, korxona hududida xizmat ko’rsatadigan transport
turlari kiritiladi.
O’zbekistonda transport turlari orasida yetakchi va muhim o’rinni temir
yo’llar egallaydi. Mamlakatda tashiladigan yuklar-ning 66 foizi temir yo’l
zimmasiga to’gri keladi. Eksport va import qilinadigan yuklarning qariyb 80
foizi ham temir yo’l transporti orqali amalga oshiriladi. Ushbu yo’l yordamida
tashilgan yo’lovchilar soni 15 mln kishini tashkil etadi.
Temir yo’l transportining boshqa transport turlariga nisbatan afzalligi
atrof muhitga kam zarar yetkazadi, uning yuk va yo’lovchilar tashish qobiliyati
juda yuqori bo’lib, muntazam ravishda harakatda bo’ladi.
Temir yo’llarning yillik yuk aylanmasi 28428,0 mln. tonna-kilometr,
yo’lovchi aylanmasi 4,2 mln. yo’lovchi-kilometrni tashkil etadi.
Temir yo’llarda yuk tashishning tannarxi avtomobillarga
yuk tashishga
nisbatan 35 marta, havo transportiga qaraganda esa 1215 marta arzon tushadi.
Mamlakatimizda ilk temir yo’l 1888 yilda kurilgan. Bugungi kunda temir
yo’llarining umumiy uzunligi 6700 km bo’lib, uning 4201,7 km kismi
«Uzbekiston temir yo’llari» aktsionyerlik jamiyati tasarrufida. Shu jumladan,
elektrlashtirilgan temir yo’llar uzunligi 587 kmni tashkil etadi.
Mustakillik
yillarida
223
kilometrlik
«Toshguzar–Boysun–
Qumqo’rg’on» yangi temir yo’l liniyasi, 342 kilometrlik «Navoiy–Uchquduq–
Sulton Uvaystog’– Nukus» temir yo’l liniyasi ishga tushirildi.