Reja: Mehnat bozori shakllanishining mintaqaviy xususiyatlari


Qishloq xo’jaligi taraqqiyotida mintaqalar tabiiy-iqlim sharoiti va



Yüklə 246,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix18.05.2023
ölçüsü246,44 Kb.
#116607
1   2   3   4   5
Mintaqalarning mehnat resurslari

Qishloq xo’jaligi taraqqiyotida mintaqalar tabiiy-iqlim sharoiti va 
relefning ahamiyati. 
Tabiiy omillar har qanday hudud taraqqiyotining asosini, ya’ni 
poydevorini tashkil etadi. Ularga joylarning relefi, geologik tuzilishi, iqlimi, 
suvlari, tuproqlari, o’simlik va hayvonot dunyosi kiradi. Har bir omil ma’lum 
darajada xalq ho’jaligining u yoki bu tarmog’iga katta ta’sir ko’rsatadi. 
O’zbekistonning markaziy, janubiy va sharqiy qismlari yer yuzasi sharqqa – 
tog’ oldi va tog’larga tomon asta-sekin ko’tarilib boradi. G’arbiy qismi esa 
cho’ldan iborat. Joy balandlashgan sayin tuproq-o’simliklar o’zgarib dashtga 
o’tiladi. O’zbekistonning markaziy va sharqiy qismlarida xalq xo’jaligi uchun 
juda muhim bo’lgan Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo, Sirdaryo, 
Chirchiq va Ohangaron daryolari vodiylari va nihoyat tog’lar o’rtasidagi 
Farg’ona vodiysi bor. O’zbekistonning qolgan qismi tekislik–cho’ldan iborat. 
Respublikaning chekka shimoliy–g’arbida Qoraqalpog’iston Respublikasi 
yerida Orol dengiziga taqalib kelgan cho’l va suvsiz keng Ustyurt platosi 
joylashgan.
Mamlakatimiz hududini tabiiy sharoiti va xo’jalikdagi ahamiyatiga ko’ra 
cho’l, adir, tog’, yaylovlarga bo’lish mumkin. Dengiz sathidan 400 m 
balandlikgacha bo’lgan joylar cho’l mintaqasi hisoblanadi. Bu yerlardan yaylov 
chorvachiligida foydalaniladi, ammo cho’lning ozuqa boyligi juda kam. 1 ta 
qo’y uchun 2–3 gektar o’tloq talab etiladi. SHu hisobdan O’zbekiston 
cho’llarida 10 mln boshgacha qorako’l qo’y boqsa bo’ladi. Cho’l yaylovlarini 
yaxshilash va kengaytirish hisobiga qorako’l qo’ylarini soni 11–12 mln boshga 
yetkazish mumkin. O’zbekiston iqlimi keskin kontinental, yozi issiq, qishi 
ancha sovuq. Mamlakat ichida esa chekka shimol va shimoli-g’arbda mo’’tadil, 
qolgan tekislik hududlarda subtropik xususiyatga ega. Yillik o’rtacha harorat 
shimoldagi +8,9 janubdagi +18 darajagacha farqlanadi.


Respublikaning 
boy 
agroiqlim 
resurslari 
qishloq 
xo’jaligini 
rivojlantirishda muhim omildir. Agroiqlim resurslari issiqsevar texnika ekinlari 
(paxta, kanop, tamaki, zig’ir), don ekinlari (sholi, makkajo’xori) uzum, 
syershira mevalar
(jumladan, subtropik mevalar) va poliz ekinlari ko’plab yetishtirish imkonini 
beradi.
O’zbekiston ichki suvlariga daryo, ko’l, yer osti suvlari, muzlik, suv 
omborlari, kanal va ariqlardagi suvlar kiradi. Mamlakat yer maydonining 71 
foizini ishg’ol qilgan tekislik qismida va tog’larda vujudga kelgan suvlar va 
shimilish natijasida sarflanib ketadi. Chunki tekislik qismida yog’in juda kam, 
aksincha bulutsiz jazirama issiq kunlarning uzoq davom etishi tufayli mumkin 
bo’lgan bug’lanishning ko’pligi oqibatida daryolar juda kam, yer osti suvlari 
nisbatan chuqurda joylashgan, tekislik qismida tranzit daryolarni hisobga 
olmaganda doimiy oqimga ega bo’lgan daryolari yo’q hisobi.
Sug’orma dehqonchilik maydonlari 4,3 mln gektarga yaqin, uning 
yarmidan ko’prog’i tekislik hududlarga, qolgan qismi tog’ va tog’ oldi 
hududlarga to’g’ri keladi. Lalmikor yoki tabiiy holda namlanib dehqonchilik 
qilinadigan yerlarning umumiy maydoni 750 ming ga, ularning 3/5 qismi tabiiy 
namgarchilik bilan to’liq ta’minlangan. Tabiiy yaylovlar 22 mln. ga yoki 
respublika umumiy maydonining teng yarmiga yaqinini tashkil qiladi.
O’zbekiston yer fondining 1/10 qismi foydalanilmoqda. Mutaxassislar 
hisobiga ko’ra, o’zlashtirish mumkin bo’lgan hali anchagina maydonlar bor. 
Respublikaning mavjud suv resurslaridan to’liq va oqilona foydalanilsa, 5 mln 
gektar yerni sug’orish mumkin. O’zbekiston hududida yer osti suvlari hajmi 6–
7 km
3
ga teng.



Yüklə 246,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin