1
MAVZU: Bozor iqtisodiyoti, uning shakllanishi va
rivojlanishi shart- sharoitlari.
Kirish.
1-bob. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi.
1.1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari.
1.2. Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolarining hal
qilinishi, afzlliklari va ziddiyatlari.
1.3. Bozorning vazifalari va bozor infratuzilmasi.
2-bob. Bozor iqtisodiyotiga o`tish davri va uning xususiyatlari.
2.1. O`tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`llari.
2.2. O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tishning tamoyillari va
xususiyatlari.
2.3. O`zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy
yo`nalishlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
4
1-bob. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi.
1.1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari uchun xos
bo‘lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o‘ziga xos xususiyatlar bilan amal
qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko'plab asrlar
davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va
ko‘pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning
barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyusiya davomida uning
amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.
Xususiy mulkchilikning paydo bolishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y
berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo‘lishing
umumiy sharti
hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo‘jalikning tovar
shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo‘lishi o‘z-o‘zidan pul
muomalasi,
ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko‘zda
tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini
tashkil etadi.
Ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslar erkin
almashinuvining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotini samarali amal qilishining muhim
shartlari boiib hisoblanadi. Tovar ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo`lsa, bozor
ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash tovar ishlab chiqaruvchi faoli-
yatining nisbatan samarali yo‘nalishlarini ko`rsatib
beruvchi erkin narxlarning
shakllanishiga imkon yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti - bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi
qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bunday
iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanib, uning negizida tovar va pulning
turli shakllardagi harakati yotadi, u iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Ayrim
adabiyotlarda bozor iqtisodiyoti - bozor xo‘jaligi subyektlari iqtisodiy xatti-
harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning tovar-pul mexanizmi
orqali bir-biriga boglanib muvofiqlashuvi deb baho beriladi. Bozor iqtisodiyotida bozor
aloqalari butun tizimni, uning barcha bosqichlari - ishlab chiqarish, ayirboshlash,
taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha
subyektlarini qamrab oladi.
Bozot iqtisodiyoti subyektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o‘z mehnatini sotuvchi
ishchilar ham, pirovard iste’molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog'ozlar
egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo'jaliginmg barcha asosiy subyektlari uchta
guruhga bolinadi: uy xo`jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat sektori.
Uy xo'jaliklari iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy
tarkibiy birlik. Uy xo‘jalik!ari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
sohalarida Yaratilgan tovar xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy
xo‘ja1iklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib beruvchilar
hisoblanadi. Iqtisodiy resurslami sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni
qondirish uchun sarfianadi.
Tadbirkorlik sektori - bu iqtisodiyotning daromad (foyda)
olish maqsadida amal
qiluvchi birlamchi bo‘g‘inidir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini
yoki qarz olingan
kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish
faoliyatini kengaytirish uchun sarfianadi. Tadbirkorlar tovar xo
Ј
jaligida tovar va
xizmatlami yetkazib beradi.
Uy xo'jaliklari iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy
tarkibiy birlik. Uy xo‘jalik!ari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
sohalarida Yaratilgan tovar xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy
xo‘ja1iklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib beruvchilar
5
hisoblanadi. Iqtisodiy resurslami sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni
qondirish uchun sarfianadi.
Tadbirkorlik sektori - bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida amal
qiluvchi birlamchi bo‘g‘inidir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki qarz olingan
kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish
faoliyatini kengaytirish uchun sarfianadi. Tadbirkorlar tovar xo’jaligida tovar va
xizmatlami yetkazib beradi.
1-rasm. Bozor xo’jaligi subyektlari о’zaro aloqasining umumiy modeli
Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi, asosan, to‘rtta tarkibiy
qismdan iborat boiadi: narx, talab, taklif, raqobat.
Narxlar nisbati o‘zgarib turadi, shuning uchun narx ishlab chiqaruvchi uchun ishlab
chiqarish hajmining o‘zgarishi zarurligini aniqlashda yoki ko‘rsatkich bo`lib
xizmat
qiladi. Talab va taklif hamda raqobatchilik muhitidagi o‘zgarishlar o‘z navbatida,
narxlardagi o'zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat:
-
turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo’lishi va unda xususiy mulkchilikning
ustuvorligi;
-
tadbirkorlik va tanlov erkinligi;
-
raqobat kurashming mavjudligi;
-
davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;
-
korxona va firmalaming ichki va tashqi shart-sharoitlar o‘zgarishlariga
moslashuvchanligi.
Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning barcha bosqichlari uchun umumiydir. Lekin
bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida gap borganda bu iqtisodiyotning
tarixan tarkib topgan ikki turini bir-biridan farq qilish zarur. Uning birinchi ko‘rinishi
uzoq vaqt davomida shakllanib, g‘arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning
oxirlarigacha davom etib keldi. U iqtisodiy adabiyotlarda
klassik yoki sof bozor
iqtisodiyoti deb nom oldi. Uning asosiy belgilari:
a) iqdisodiy faoliyat yuritishning xususiy mulkchilikka asoslanganligi;
b) kapital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umumlashligi;
v) tadbirkorlar, ishchilar, tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning shaxsan
erkinligi;
g) tadbirkorlarning yuqori foyda olish uchun kurashlari;
d) iqlisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat kurashlari asosida
tartiblanishi;
e) aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy
tabaqalashuvining kuchayishi;
j) bozor harakatlarining stixiyali amalga oshirilishi, noma’lum bozor uchun ishlash.
Bank
Korxona (firma)
Davlat
Uy xo`jaligi
6
Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko‘rinishi hozirgi zamon rivojlangan iqtisodiyoti
deb atalib, XIX asming oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal qiladi.
Uning asosiy
belgilari:
a)iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatini yuritishning turli mulkchilik shakllari, ya’ni
xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga asoslanganligi;
b)kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning bir
qismi yirik monopoliyalar va davlat qo‘lida to‘planib, milliy va xalqaro miqyosda
umumlashganligi;
v) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan-texnika
taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib,
turli iqtisodiy tadbirlarni, rivojlanish
istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlami tartibga solish
chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi;
g) xo‘jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes rejasi,
prognozlash, turli xil dasturlar asosida ishlash, buyurtmalarni bajarish, marketing tizimi
orqali boshqarish va boshqalar);
d) ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy kishilarga
tegishli turli xil ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug'urta fondlarining vujudga kelishi.
2-rasm. Zamonaviy bozor xo’jaligi modellari.