22
munosabatlarining negizlarini shakllantirish.
Shu vazifalami hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning quyidagi muhim
yo‘nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi:
-
O’tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarining qonuniy-
huquqiy negizini mustahkamlash;
-
mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini
xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligida va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida
mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;
-
ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning
barqarorlashuvini ta’minlash.
Respublikada bozor munosabatlariga o’tishning birinchi bosqichida iqtisodiyotda va
ijtimoiy sohada yuz bergan tub o‘zgarishlar uning o‘z taraqqiyotida keyingi sifat
jihatdan yangi bosqichga o‘ta boshlash uchun mustahkam shart-sharoit yaratdi. Shu
bilan birga isloh qilish- ning birinchi bosqichi natijalari keyingi bosqichning strategik
maqsadlari va ustun yo‘nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi.
Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy
o‘zgarishlami amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o‘sishni ta’minlab, bozor
munosabatlarini to’liq joriy qilish maqsad qilib qo‘yiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib
I.A.Karimov mazkur bosqichda amalga oshirilishi lozim bo’lgan quyidagi bir qator
vazifalami ko‘rsatib berdi:
-
davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish;
-
ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni
ta’minlash;
-
milliy valyuta – so’mni yanada mustahkanilash;
-
iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish, xomashyo yetkazib
berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish.
O‘tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini
ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko‘rsatish borasida birinchi
bosqichda tutilgan yo‘1 davom ettirildi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek, hozirgi bosqichda
«erkinlashtirish va islohotlami chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham ijtimoiy,
ham siyosiy vazifalami hal qilishning asosiy shartidir». Bu esa iqtisodiyot sohasida
quyidagi aniq vazifalami amalga oshirishni ko‘zda tutadi:
-
iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik
bilan o‘tkazish va iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish;
-
xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida amalda
mulkdorlar sinfini shakllantirish;
-
mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo‘naltirilgan
sarmoyalami keng jalb etish uchun qulay huquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy
omillarni yanada kuchaytirish;
-
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy taraqqiyotda ustuvor o‘rin
egallashiga erishish;
-
mamlakatning
eksport
salohiyatini
rivojlantirish
va
mustahkamlash,
iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko’lamda integratsiyalashuvini
ta’minlash;
-
iqtisodiyotda mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga
qaratilgan tarkibiy o‘zgarishlami izchil davom ettirish.
Mashhur besh tamoyilga - asoslangan o‘zbek modeli bozor munosabatlariga
asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish strategiyasi sifatida barcha amaliy
ishlarimiznmg mustahkam poydevori, taraqqi- yotimizning asosiy yo‘nalishiga aylandi.
Dostları ilə paylaş: