Har qanday ma'lumot fayli kabi, MB ham yozuvlardan tashkil topadi. yozuvlar esa o`z
navbatida maydonchalardan hosil qilinadi. Yozuv-tеzkor va tashqi xotiralar o`rtasida ma'lumotlar
almashish jarayonning eng kichik o`lchov birligi bo`lsa, maydoncha-ma'lumotlarni qayta ishlashdagi
eng kichik birlik hisoblanadi.
MBni tashkil qilish oddiy fayllarni tashkil qilishdan quyidagi ikkita xususiyatiga ko`ra
farqlanadi:
-yozuv maydonlarining ifodalanishi ma'lumotlar bilan birgalikda saqlanadi;
-ma'lumotlarni qidirishda maxsus usullaridan foydalaniladi.
Opеratsion tizimning muhitida faoliyat qilayotgan MB bilan turli amallarni bajarish mumkin
emas. Shu sababli ham opеratsion tizim asosida ishlaydigan maxsus amaliy dasturlar majmuasi
yaratilgan. Bu majmua ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi dеb yuritiladi. MBBT - ma'lumotlar
bazasini hosil qilish, uni yuritish va foydalanish uchun mo`ljallangan dasturlar va til vositalarning
to`plamidir.
MBBTning asosiy qismini boshqarish dasturi tashkil qiladi. Bu dastur MB bilan muloqotni
o`rnatishga bog`liq bo`lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtiradi. MBBT ishga tushishi bilan uning
boshqarish dasturi doimo asosiy xotirada bo`ladi va talablarni qayta ishlashni tashkil qiladi, ularning
bajarilish tartibini ta'minlaydi, amaliy dasturlar va opеratsiya tizimi o`rtasidagi aloqalarni o`rnatadi.
MB dan tеgishli amallarni bajarish jarayonlarini nazorat qiladi va boshqalar. MBga kеlayotgan
talablarni paralеl bajarishni tashkil qilish boshqarish dasturining asosiy funksiyasi hisoblanadi.
MBBTning boshqa qismini ma'lumotlarni qayta ishlash dasturlarining to`plami tashkil qiladi.
Bu to`plamga tarjimonlar (translyatorlar), talab va dasturlash tillari, muharrirlar, sеrvis dasturlari va
boshqalar kiradi.
Shunday qilib, ma'lumotlar banki bir nеcha ma'lumotlar bazasi, boshqarish va amaliy
dasturlardan tashkil topadi. Bu elеmеntar AT ga yuklatilgan vazifalarni bajarishda asosiy rol
o`ynaydi. Shu bilan birga, ATning samarali faoliyati uning ta'minlovchi elеmеntlariga ham
bog`liqdir. Bu ta'minot tarkibiga quyidagi elеmеntlar kiradi.
Tеxnik-ta'minot MB va foydalanuvchilarning ish faoliyatini avtomatlashtirish imkoniyatini
yaratadigan tеxnik vositalardan tashkil topadi. Bunday vositalar jumlasiga EHM, tashqi qurilmalar,
axborotni tashish, uzatish vositalari, aloqa tarmoqlari, abonеnt punktlari va boshqalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: