Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti zaripova dilnoza anvarovna



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/89
tarix19.05.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#116981
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   89
Ta\'limga kirish O\'quv qo\'llanma 2022 16 шрифт 3 2

O‘rta maktab. AQSh da to‘laqonli o‘rta maktab sirasiga 10,11,12-
sinflar kiradi. 7,8,9- sinflarni aksariyat holda quyi o‘rta maktab deb ham 
yuritiladi. Binobarin, quyi o‘rta maktab kursini muvafaqiyatli o‘taganlar 
yuqori bosqichga to‘laqonli o‘rta maktabda qabul qilinadilar. 
Ma’lum darajada 9-sinfni bitirganlar yuqori o‘rta maktablarga 
tanlov yo‘li bilan qabul qilinadilar, lekin yuqori o‘rta maktablar 
o‘quvchilarning bilimiga qarab tabaqalashtirilganligi tufayli 86,4% 
o‘quvchi ularga qabul qilinadi. 
Amerikalik yoshlarning ko‘pchiligi o‘rta maktablarni tugatgach, tegishli 
diplom va maxsus kurslarni bitirganliklarini isbotlovchi hujjatlar 
oladilar. O‘quvchilar odatda ma’lum bir sinfni, kurs yoki maktabni 
yakunlashda test sinovlarga jalb etiladilar. 
O‘quvchilar bilimi quyidagicha belgilanadi: 


A) – 95-100 ball. 
B) – 85-92 ball. 
S) – 71-80 ball. 
D) – 65-70 ball. 
G) – 0-64 ball. (qoniqarsiz) 
Test natijalariga ko‘ra qoniqarsiz ball olangan o‘quvchilar yil 
davomida ma’lum vaqt o‘tkazib sinovdan qayta o‘tkaziladilar. Bu 
sinovlarga o‘quvchilarning sinf muloqotida qatnashganligini natijalari
og’zaki yoki yozma vazifalarning yechimlari ham ilova qilinadi. AQSh 
maktablarida chorak va o‘quv yili natijalariga ko‘ra ham o‘quvchilar test 
sinovlaridan o‘tkaziladilar. AQSh maktablarida odatda o‘quvchilar 
o‘quv yili davomida ikki marta o‘zlashtirish tabeli oladilar. Ayrim 
okruglarda bunday tabellar har bir fan bo‘yicha 6 martagacha beriladi. 
Har bir maktab o‘quv yili boshlanishidayoq o‘z o‘quv tartibini oldindan 
belgilab oladi. U quyidagicha bo‘lishi mumkin: 
 
7 sentabr- o‘quv yilining boshlanishi: 
 
12 oktabr- Kolumb kuni munosabati bilan bayram: 
 
21 oktabr- o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlarini aniqlovchi test 
sinovlari: 
 
10 noyabr- insholar konkursi: 
 
22-27 noyabr- dastlabki ta’tillar: 
 
2 dekabr- kollejga kirish imtixonlarning birinchi bosqichi: 
 
22 dekabr-Rojdestvo ta’tili: 
 
13 yanvar - kollejga kirish imtixonlarning ikkinchi bosqichi: 
 
26 yanvar- o‘quv yili ikkinchi yarmiga o‘tish imtihonlari: 
 
24 fevral- yaxshi o‘quvchilarni aniqlovchi milliy imtixonlar: 
 
2 mart- kollejlarga kirish imtixonlarning uchinchi bosqichi: 
 
5 aprel- 3-davrga o‘tish imtixonlar: 
 
12-20 aprel- bahorgi ta’tillar: 
 
4- iyun-kollejlarga kirish imtixonlarning to‘rtinchi bosqichi: 
 
30 may- Xotira kuni: 
 
12 iyun- bitiruv kechasi; 
 
20 iyun-yozgi ta’tilga chiqish kuni. 
O‘rta maktablarda o‘qvchilarga o‘zlari tanlagan yo‘nalishlariga mos 
xolda predmetlar tanlashda ma’lum erkinliklar bor. Masalan ingliz tili
ijtimoiy fanlar matimatika, fizika predmetlari asosiy fan bo‘lib, chet 
tillari, nafis san’at, kasb ta’limi predmetlari o‘quvchilarning xohish 
istaklariga qarab qo‘yilishi mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqqan 
holda xulosa qilish mumkinki, AQSh o‘rta maktablari o‘z o‘quvchilariga 


uch yo‘nalishda: akademik, kasb-kor, umumiy yo‘nalashlarida bilim 
beradilar. Ayni paytda o‘quvchilarga to‘rt yo‘nalishda hunar, kasb-kor 
asoslari berib boriladi. Bular quydagilar: 
Birinchisi, qishloq xo‘jalik kasblari ta’limi hisoblanib unda 
tinglovchilarga fermerlik asoslari o‘qitiladi va unda qishloq xo‘jaligi 
bo‘yicha menejmentlar yetishtirib beriladi bunday ta’lim Amerikaning 
bo‘lg’usi fermerlari dasturi asosida ish olib boradi. 
Ikkinchisi, biznes ta’limidir. Unda o‘quvchilarga tijorat iqtisodiyoti, 
ichki iqtisodiyot mutaxasisligi o‘rgatiladi, bunday o‘quv yo‘nalishlarida 
bolalarda muruvvat me’morlarga g’amxo‘rlik qilish insonparvarlik 
tuygularini tarbiyalash masalalariga ham jiddiy ahamiyat beriladi. 
Uchinchisi, savdo va sanoat ta’limi bo‘lib, unda yoshlarga maxsulot 
ishlab chiqarish va mexaniklik kasbi o‘rgatiladi. 
To‘rtinchisi, qurilish ta’limi bo‘lib, bu ta’lim tizimi orqali turli 
qurilish kasblari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar beriladi. 
Bu kasb dasturlari o‘quvchilarning ana shu kasblarga tayyorlashga 
ham, ularni shu kasb-korini yanada chuqurroq o‘rganish bo‘yicha 
o‘qishni davom ettirishni ham tayorlashi mumkin. Bundan tashqari, 
dasturning uchinchi turi ham mavjud bo‘lib, bu umumiy ta’lim 
dasturidir. Bu dastur kasblar yuzasidan umumiy tushuncha beradi va 
o‘quvchilarga kasblarning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beradi.

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin