Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti zaripova dilnoza anvarovna



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/89
tarix19.05.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#116981
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   89
Ta\'limga kirish O\'quv qo\'llanma 2022 16 шрифт 3 2

Nazorat savollari 
 
1. 
Angliyada umumiy o‘rta ta’lim barcha bolalar uchun necha 
yoshdan boshhlanadi? 
2. 
Xususiy maktablarda kuzgi semestr qanday nomlanadi va 
qachondan boshlanadi? 
3. 
Davlat maktablarida Milliy dastur necha bosqichga bo‘linadi va 
ular nimalardan iborat? 
4. 
GCSE – General Certificate of Secondary Education nima? 
5. 
«AS» Level - qancha vaqt davom etadi? 
6. 
Hozirgi vaqtda Buyuk Britaniyada nechta universitet mavjud? 
7. 
UCAS (Universities and Colleges Admission Service) nima va 
uning vazifalari 


8. 
Buyuk Britaniya ta’lim tizimida hozirgacha saqlanib qolgan 
an’analar qaysilar misol keltiring? 
9. 
Buyuk Britaniyaning mashxur universitetlari haqida ma’lumot 
bering. 
10. 
Buyuk Britaniyaning Oxford Universitetida nechinchi yildan 
boshlab qizlar qabul qilina boshlaggan. 
 
3.4. AQSH ta’lim tizimi va uning 
o‘ziga xos xususiyatlari 
AQSh da ta’lim tizimining tuzilishi. Bolalar 3 yoshdan 5 
yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya muassasalari; 
 
1-8-sinflargacha bo‘lgan boshlang’ich maktablar (bunday 
maktablarda bolalar 6-yoshdan 13- yoshgacha o‘qiydilar); 
 
9-12-sinflardan iborat o‘rta maktablar (bu maktablarda 14-17) 
yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’lim oladilar).U quyi va yuqori 
bosqichdan iborat. 
 
Amerika Qo‘shma Shtatlarida navbatdagi ta’lim bosqichi oliy 
ta’lim bo‘lib, u 2 yoki 4 yil o‘qitiladigan kollejlar hamda 
dorilfununlarda amaga oshiriladi. 
 
Sunggi bosqich dorilfununlar va boshqa oliy o‘quv yurtlari 
tarkibida tashkil etilgan aspirantura yoki doktoranturalardir. 
AQSHda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu 
mamlakatdagi o‘quv yurtlarida davlat jamoa, xususiy tasaruflarida va 
diniy muassasalar ixtiyorida bo‘lishi mumkin.. 
Shunisi diqqatga sazovorki, AQSH maktablarining bitiruvchi sinf 
o‘quvchilaridan tashqari barsha o‘quvchilar ta’tillar paytida asosan ish 
bilan band bo‘ladilar. AQSh maktablarida o‘quv yili 180 kun. Bir soat 
dars 45-50 minut.
Amerika konstitutsiyasiga muvofiq ta’lim tizimi tasarufidagi shtatlar 
boshqaruv muassasalari ixtiyoridadir. 1979 yilgasha ta’limni mablag’ 
bilan ta’milash, ta’limda davlat siyosatini amalga oshirish, o‘quv 
yurtlarida faoliyatini muvofiqlashtirib borishini Sog’liqni saqlash, 
Ijtimoiy ta’minot va ta’lim ishlari vazirlari olib borar edi. 1979 yilda 
Ta’lim vazirligi mustaqil bo‘lib ajralib shiqdi. 
Ta’lim tizimlariga mablag’ ajratish bo‘yisha AQSh dune mamlakatlari 
o‘rtasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. AQSh ta’lim tizimining 
rivojlanish sur’ati ancha yuqori bo‘lib, uning boshlang’ish ta’lim 
bosqichida o‘qishi lozim bo‘lgan bolalarning 99,9 foizi, o‘rta bo‘g’ini 


94,5 foizi ta’lim oladi. O‘quvchilar umumiy sonining 46 foizi o‘rta 
maktabning tamomlangach, kollej va universitetlariga kiradilar. Barsha 
toifadagi ta’lim maskanlarida 58 million yosh, shu jumladan ta’limning 
oliy bosqichida 12 million yigit qiz tahsil oladi. AQShda har 10 ming 
aholiga 307 talaba to‘g’ri keladi. Bu jaxonda yuksak ko‘rsatkishlardan 
biridir. 
Bulardan tashqari AQShda har yili 33 million kishi uzluksiz ta’lim 
malaka oshirish tizimlarida bilim oladilar. Mamlakatda 3 million 
o‘qituvshi mehnat qiladi. Har yili o‘rta maktabni 3 million o‘quvshi, 
bakalavr darajasidagi esa 300 ming kishi tugallaydi, yiliga 30 ming kishi 
doktorlik ilmiy darajasini oladi. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin