akademik kurs. Tadqiqotchi magistr darajasini ko‘pincha falsafa
magistri deb ataladi. Bu darajani
olish uchun katta professor-
o‘qituvchilar rahbarligida 1-2 yil davomida mustaqil ilmiy tadqiqot bilan
shug‘ullanish zarur. Tadqiqot natijasida magistr darajasi beriladi.
Doktorlik darajasini beruvchi ko‘p dasturlar bu-tadqiqot loyihalaridir.
Bunda leksiya yoki seminarlar olib borilmaydi. Tadqiqot dasturini
yakunlash uchun 2-3 yil kerak bo‘ladi. Bu vaqt ichida talaba olingan
tadqiqot natijalarini nashr qilishi kerak. Nashr qilingan materiallar
bo‘yicha dissertasiya yozishi va uni himoya qilishi lozim.Angliyada
umumiy o‘rta ta’lim barcha bolalar uchun 5 yoshdan 16 yoshgacha.
O‘quv yili esa sentyabrdan to iyulgacha davom etadi va 3 semestrga
bo‘linadi:
Kuzgi semestr: sentyabrning boshidan dekabrning o‘rtalarigacha. U
shuningdek Michaelmas Term (Mikelmes term) nomi bilan ataladi
(xususiy maktablarda).
Bahorgi semestr: yanvarning boshidan martning o‘rtalarigacha yoki
so‘ngigacha (pasxa bayramlari vaqti bilan bog’liq). U shu bilan birga
Lent Term (Lent term) nomini olgan.
Yozgi semestr: aprelning boshidan yoki o‘rtasidan iyulning
o‘rtalarigacha.
Har semestrning o‘rtasida qisqacha ta’til ( u half term (xaf term) deb
ataladi) rejalashtirilgan bo‘lib, oktyabrning oxirida boshlanadi, shu kabi
fevralning o‘rtasi va mayning oxirlariga tug’ri keladi.
Angliyada ikki
tipdagi maktablar mavjud: davlat maktablari va xususiy maktablar.
Davlat maktablari davlat tomonidan ta’minlanadi va mahalliy ta’lim
muassasalari tomonidan boshqariladi. Ammo ko‘pgina davlat maktablari
shu bilan birga xususiy ta’minot manbalarini topishga harakat qilishadi.
Bunday holatda ular dotastiya maktablari deb ataladi. Davlat
maktablarida ota- onalar o‘qitish uchun hech narsa to‘lashmaydi.
Boshqacha aytanda, o‘rta ta’lim (11 yoshdan) barcha uchun majburiy
bo‘lib, bu bolalarning bilim saviyasi va qobiliyatidan qat’i nazar,
ularning qabul qilinishini bildiradi. Bunday maktablarda asosan aralash,
ya’ni o‘g’il va qiz bolalar birga o‘qitiladi. Shunta qaramasdan,
qobiliyatli bolalar uchun maktablar bo‘lib, ular imtihon natijalari asosida
tanlab olingan va deyarli alohida o‘qitish maktablariga ega. Hamma
davlat maktablari kunduzgi, ya’ni maktab hududida yashashga
mo‘ljallanmagan.
Milliy dastur davlat tomonidan ishlab chiqiladi va barcha maktablar
uchun majburiydir. Ko‘pchilik xususiy maktablar milliy ta’lim dasturiga
amal qilishadi, lekin fanlarni o‘qitishda o‘zgartirish huquqiga ega. Milliy
dasturga quyidagi fanlar kiradi:
ingliz tili, texnologiya va dizayn,
geografiya, matematika, informatika, musiqa, tabiatshunoslik, chet
tillari, san’at, jismoniy tayyorgarlik, tarix.
Milliy dastur 4 bosqichga bo‘linadi va «Bosqichlar» deb ataladi, bu
bolaning yoshiga bog’liq: 5-7 yoshdagi (1-bosqich) bolalar milliy
bosqichdagi barcha fanlar o‘rgatiladi. 7-11 yoshdagi (2-bosqich) bolalar
chet tillaridan boshqa barcha fanlarni o‘rganadilar.11-14 yoshdagi (3-
bosqich) bolalar quyidagi majburiy fanlarni o‘rganadilar: matematika,
ingliz
tili tabiatshunoslik, chet tili, texnologiya. Ular qo‘shimcha hech
bo‘lmaganda bitta ijtimoiy fanni o‘rganishlari kerak: geografiya yoki
tarix, shuningdek, san’at bo‘yicha biror fanni: san’at, jismoniy tarbiya
yoki musiqa. Maktab jadvali bo‘yicha bolalar xohishlariga qarab barcha
ijtimoiy va san’at fanlarini o‘rganishlari mumkin. 16 va undan katta
yoshda topshiriladigan davlat imtihonlari. GCSE - General Certificate of
Secondary Education. 10-o‘quv yilini boshlovchilar va may/iyun
imtihonlari bilan 11-o‘quv yilini yakunlovchilar uchun 2 yillik kurs.
Ballar tizimi: «A»dan «G» gacha («U» - o‘tib bo‘lmaydigan ball). Agar
bola «A» level kursidan ko‘proq fan o‘rganishni istasa, u GCSE
imtihonlarida shu fan bo‘yicha «S»dan past ball olmasligi kerak.
«GCSE» imtihonlari uchun 10 tagacha fanlarni tanlash mumkin,
lekin
o‘rtacha 6 ta fan topshiriladi. GCE «A» Level - General Certificate of
Education Advanced Level. Oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar uchun, 12-
o‘quv yilini boshlovchilar va 13-o‘quv yilini may/iyundagi imtihonlar
bilan yakunlovchilar uchun 2 yillik kurs. Ballar tizimi: «A» dan «E»
gacha, GCSE darajasida imtihon topshirishda «N» balli tenglashtiriladi.
«U» - o‘tib bo‘lmaydigan ball.
Imtihonlar topshirish uchun 1, 2 yoki 3 (ba’zan xatto 4) fan
tanlanadi.
«AS» Level — 1 yillik kurs. Natijalari «A» level 1/2 ballariga
tenglashtiriladi . Barcha yuqorida ko‘rsatilgan imtihonlarning natijalari
avgustning uchinchi haftasida e’lon qilinadi.
Keyingi ta’lim (studentlarning) 16 va undan katta yoshdagi
talabalarning oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun jadal tayyorlaydigan
turli kurslarda o‘qishlariga mo‘ljallanadi. Bunday ta’lim turli fanlar
bo‘yicha
tayyorlaydigan, texnika va tijorat fanlarining eng quyi
darajadan boshlab, to yo‘naltirilgan kurslargacha, biznes sohasida,
ma’muriyatchilik va xo‘jalikning nufuzli doiralarida yuqori malakali
xodimlar tayyorlashga yo‘naltiradigan «keyingi ta’lim» kollejlarida
bo‘lishi
mumkin.
Shuningdek,
o‘qishning davomi nokasbiy
yo‘nalishdagi kurslarda ham bo‘lishi mumkin. Ularga ixtisoslashtirilgan
GCSE va «A» level kurslari ham tegishlidir. Kunduzgi o‘qish kurslariga
qo‘shimcha tarzda o‘qishni ish bilan birga olib boruvchilar uchun qator
sirtqi va kechki kurslar ham mavjud. «Keyingi ta’lim» kollejlari tijorat
va ishlab chiqarish korxonalari bilan chambarchas bog’langan va asosan
ishchilar ixtisosligi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi, ammo «keyingi
ta’lim»ning ko‘p kollejlari oliy o‘quv muassasalari
bilan chambarchas
bog’liqdir. Bu kollej talabalariga oliy ma’lumot olishlari uchun
universitetda o‘qishni davom ettirishlariga imkon beradi.
Oliy ta’lim «A» 1eve1dan yuqori darajadagi ta’limning har qanday
turini o‘z ichiga oladi. Bunday ta’lim universitetning turli kurslarida,
kollejlarda, oliy ta’lim institutlarida (shu jumladan pedagogika
institutlari), shuningdek, keyingi ta’lim institutlarida ham bo‘lishi
mumkin. Hozirgi vaqtda Buyuk Britaniyada 89 ta universitet mavjud
(shu jumladan oliy ta’limning 1992 yildagi Aktiga muvofiq tashkil
etilgan 39 ta «yangi» universitetlar ham) bo‘lib, ular sobiq
politexniklarga o‘z fanlari bo‘yicha daraja
berishga va universitet
nomini olib yurishga yo‘l beradi.
Dostları ilə paylaş: