uchdan bir qismi MDH mamlakatlari rezidentlari. Chet elliklarning
ta'kidlashicha, Ukrainada ta’lim olishning asosiy afzallik - bu rus tilida
Rossiyaga qaraganda arzonroq narxda ta'lim
olish imkoniyatining
mavjudligidir.
Belorusiyada faoliyat ko‘rsatayotgan 55 universitetning 45 tasi
davlat universitetlari va 10 tasi xususiy universitetlardir. Mamlakatda
milliy ta'lim tizimida ikkita etakchi universitet mavjud bo‘lib bular -
Belorusiya davlat universiteti va Belorusiya
Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Boshqaruv akademiyasi hisoblanadi. Ekspert RA reytingiga
Belorusiya Respublikasidagi 10 ta yetakchi universitet kiritilgan.
Belorusiya Respublikasida har yili oliy ta’limga kiruvchi yoshlar
ko‘rsatgichi 91,5% ni va bu esa 10 000 nafar aholi uchun talabalar soni
417 tani tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha
Belorusiya dunyo
etakchilari qatoriga kiradi.
Qozog’istonda
127
ta
universitetning
72
tasi
xususiy
universitetlardir. Qozog'iston MDH davlatlari orasida birinchilardan
bo‘lib o‘z tizimini Boloniya jarayoniga moslashtirdi. 1994 yilda
allaqachon Qozog'iston Respublikasi Davlat oliy ta'lim
standarti
tasdiqlandi, u birinchi marta mamlakatda oliy ta'limning ko‘p bosqichli
tuzilishini, bakalavr va magistrlarning ilmiy darajalarini joriy etishni
belgilab berdi. Qozog'iston MDH davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib
o‘z tizimini Boloniya jarayoniga moslashtirdi. 1994 yilda Qozog'iston
Respublikasi Davlat oliy ta'lim
standarti tasdiqlandi, u birinchi marta
mamlakatda oliy ta'limning ko‘p bosqichli tuzilishini,
bakalavr va
magistrlarning ilmiy darajalarini joriy etishni belgilab berdi.Bugungi
kunda mamlakatda har yili maktab bitiruvchilarining yarmidan ko‘pi
abituriyentga aylanmoqda, davlat abituriyentlarning 30 foiziga ta'lim
xarajatlarini to‘laydi. Ko‘plab sobiq maktab o‘quvchilari chet elda
o‘qishni o‘zlari
uchun tanlaydilar, shuning uchun YuNESKO
ma'lumotlariga ko‘ra Qozog'istonning 48875 nafar aholisi o‘z
mamlakatlaridan
tashqarida
oliy
ma'lumot
olishadi.
Statistik
ma'lumotlarga ko‘ra, 2015-2016 o‘quv yilining boshida Qozog'istondagi
talabalarning umumiy soni 459 369 kishini tashkil qiladi. 10400 nafar
chet ellik talabalar Qozog'istonda o‘qishni tanlashadi.
Talabalarning
aksariyati
O‘zbekiston,
Xitoy,
Rossiya,
Mo‘g'ulistondan kelgan. Qozog’istondagi 127 universitetdan 9 tasi
Expert RA reytingida qayd etilgan. Reytingning eng yuqori pog'onasi
Al-Farobiy
nomidagi
Qozoq
milliy
universiteti
bo‘lib,
u
universitetlarning "C" sinfida yuqori
darajadagi bitiruvchilarni
tayyorlash qatoridan joy olgan.
Dostları ilə paylaş: