Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari


Aralash tashish nakladnoyini rasmiylashtirish



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/74
tarix19.05.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#117204
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74
Aralash tashish nakladnoyini rasmiylashtirish
Yukni o‘zining tasarrufiga qabul qilib olishda aralash tashish operatori yuk
jo‘natuvchiga butun yo‘l davomida yukka hamrohlik qilishi lozim bo‘lgan aralash
tashish nakladnoyini berishi shart. Aralash tashish nakladnoyi aralash tashish
operatori yoki uning tomonidan vakil qilingan shaxs tomonidan albatta imzolangan
bo‘lishi shart. Aralash tashish nakladnoyi quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan
bo‘lishi lozim.:


39
·
Yukning turi, markirovkasi, joylar soni, yukning brutto og‘irligi yoki
uning har qanday o‘lchov birliklaridagi miqdori, yukning xavfli xarakteriga
ko‘rsatmalar;
·
Yukning tashqi holati;
·
Aralash tashish operatorining to‘liq nomi va yuridik manzili;
·
Yuk jo‘natuvchining to‘liq nomi va yuridik manzili;
·
Yukni qabul qilib oluvchining to‘liq nomi va pochta manzili;
·
Yukni jo‘natish punkti va yukning aralash tashish operatorining
tasarrufiga qabul qilinganlik sanasi;
·
Etkazib berish punkti;
·
Agar u tomonlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishilgan bo‘lsa, yukni
etkazib berish punktiga etkazish sanasi yoki muddati;
·
Aralash tashish nakladnoyining berilgan joyi va sanasi;
·
Aralash tashish operatori yoki u tomonidan vakil qilingan shaxsning
imzosi;
·
Agar u tomonlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishilgan bo‘lsa, har bir
transport turi bo‘yicha tashish to‘lovlari yoki umumiy tashish to‘lovlari;
·
Tashish to‘lovlari yuk jo‘natuvchi bilan yukni qabul qilib oluvchi
o‘rtasida qanday taqsimlanishi to‘g‘risida ko‘rsatma;
·
Ko‘zda tutilgan tashish marshruti, foydalaniladigan transport turlari
va agar aralash tashish nakladnoyini berish paytida ular ma’lum bo‘lsa –
yukni qayta yuklash punktlari;
·
Agar ular amaldagi qonunchilikka zid bo‘lmasa, aralash tashishning
tomonlari o‘rtasida kelishilgan boshqa har qanday shartlar.
Agar aralash tashish operatori yoki uning nomidan harakat qiladigan shaxs
yuk to‘g‘risida aralash tashish hujjatida ko‘rsatilgan ma’lumotlar haqiqiylikka mos
kelmasligini bilsa yoki bunga asosli ravishda shubha qilsa va unda bu
ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish imkoniyati bo‘lmasa, u aralash tashish hujjatiga
ushbu noaniqliklarni, shubhalanish uchun asoslarni va tekshirib ko‘rish uchun
imkoniyat yo‘qligini ko‘rsatish bilan mos keluvchi yozuvlarni kiritishi shart. Agar
aralash tashish operatori yoki uning nomidan harakat qiluvchi shaxs aralash tashish


40
hujjatida yukning tashqi holatini ko‘rsatmasa, uning tasarrufiga qabul qilingan
yukning tashqi holati yaxshi deb hisoblanadi.
Aralash tashish nakladnoyining berilishi yuklarni qandaydir bir transport
turi bilan tashishni ham o‘z ichiga olgan holda aralash tashish shartnomasining
bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi bir alohida operatsiyalarni bajarish uchun
boshqa hujjatlarning berilishini istisno qilmaydi. Ko‘rsatilgan hujjatlarni
rasmiylashtirish va berish o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin