B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish


 Davlatning makroiqtisodiy barqarorlashtirish siyosati



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/79
tarix19.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#117863
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   79
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish (1)

9.3. Davlatning makroiqtisodiy barqarorlashtirish siyosati. 
Makroiqtisodiyot (makro... va iqtisodiyot) — bozor xoʻjaligi umumiy 
nazariyasining boʻlimi, mamlakat iqtisodiyoti, umuman milliy xoʻjalikka oid katta 
miqyosdagi iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni oʻrganadi. 
Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifolalovchi umumlashgan 
koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, 
sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy 
investitsiyalar yigindisi, muomaladagi jami pul miqdori va sh k. jami xoʻjalik 
boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar M. oʻrganadigan obʼyektlar 
hisoblanadi. Ayni paytda M. mamlakat miqyosida oʻrtacha daromadlar, oʻrtacha ish 
haqi, inflyasiya darajasi, ishsizlik, bandlik, mehnat unumdorligi singari oʻrtacha 
iqtisodiy koʻrsatkichlarni hamda ularga davlatning iqtisodiy siyosati koʻrsatadigan 
taʼsirini oʻrganadi va tadqiq etadi.
Makroiktisodiy koʻrsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat 
koʻrsatish sohalaridagi barcha xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar iqtisodiy faoliyatining 
umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi. M.ning asoslari ingliz olimi 
J.M.Keynsiint 1936-yilda nashr etilgan "Bandlik, foiz va pulning umumiy 
nazariyasi" asarida bayon etilgan. Hozirgi zamon M. nazariyasida 3 oqim 
(neokeynschilik, monetarizm va yangi klassik yoʻnalish) mavjud, ular oʻrtasidagi 
asosiy farq makroiktisodiy siyosatga nisbatan berilgan tavsiyalarning har xilligida 
(yana q. Mikroiktisodiyot). N. A. 
Makroiqtisodiy barqarorlik – iqtisodiyotning barqaror o‘sishi hamda aholi 
faravonligi oshishining kafolatidir. 
Mamlakatda inflyasiya darajasini pasaytirish Markaziy banklarning bosh 
maqsadiga aylangan. Inflyasiyaning yuqori darajada namoyon bo‘lishi iqtisodiy 
o‘sishning sekinlashiga va aholi daromadlarining real qiymatining tushib ketishiga 
olib keladi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikdan keyingi davrida yuqori 
inflyasiya darajasi kuzatilganligi va faqatgina 2003-2016 yillarda inflyasiya bitta 
raqam bilan ifodalanishiga erishgan. Ammo 2017 yildan mamlakatimizda inflyasiya 
darajasining oshishi kuzatilgan. Bunga yillar davomida yig‘ilib qolgan 


muammolarni, hususan keng qamrovli davlat dasturlarining bajarilishi, naqd pul 
masalasining xal etilishi, milliy valyutamizning erkin konvertirlanishi ta’min-lanishi 
va boshqa shu kabi dolzarb masalalarni sabab sifatida keltirishimiz mumkin.  

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin