1
1-mavzu. Davlat-xususiy sherikligining mazmuni va mohiyati
Zamonaviy iqtisodiyotda biznes va davlat hamkorligining
asosiy nazariy
tushunchalari. Davlat-xususiy sherikligining (keyingi o’rinlarda DXSH) shakllanish
va rivojlanish tarixi. O’tish iqtisodiyotidagi jamiyat rivojlanishida “Aralash
iqtisodiyot”ning o’rni. DXSHda tomonlarning huquq va majburiyatlari. DXSHning
biznes uchun foydasi – DXSH loyihalaridan
xususiy korxonalarning
manfaatdorligi. DXSHning davlat uchun foydasi – budjet xarajatlarining qisqarishi,
ularning
samaradorligini oshishi, davlatga hos bo’lmagan
ishlab chiqarish
funksiyalaridan voz kechish. DXSH jamiyat uchun foydasi –
muhim ijtimoiy
muammolarning hal qilinishi.
Muhokama qilish uchun savollar
1. Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida davlat-xususiy sherikliligini o’rganishning
zarurati qanday?
2. «Davlat-xususiy sheriklik» fanining boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi?
3. Davlat- xususiy sherikligining predmeti sifatida nimani e’tiborga olish maqsadga
muvofiq?
4. Iqtisodiyotni rivojlantirishda davlat-xususiy sherikligining imkoniyatlari qanday?
5. Rossiya va xorij tajribasini hisobga olgan holda
DXSHning asosiy tamoyillari
nimalardan iborat?
6. DXSHda ishtirok etishning davlat uchun foydasi qanday?
7. Davlat-xususiy sheriklikdan biznes qanday foyda oladi?
1-vazifa
Quyida keltirilgan ish turlarini investitsiya loyihasini
amalga oshirishda
hayotiylik
tsikli
bo’yicha
uch
bosqichga
ajrating:
investitsiya
oldi,
investitsiya,ekspluatatsiya.
1. Ishlab chiqarish obyektini qurilishini boshlanishi;
2. Loyiha biznes-rejasini ishlab chiqish;
3. Uskunalar yetkazib beruvchi bilan shartnoma tuzish;
4. Ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish, mahsulot turlarini ko’paytirish;
5. Ssuda hisobraqamini ochish;
6. Biznes-rejani ishlab chiqish uchun marketing tadqiqotlarini o’tkazish;
7. Birinchi mahsulotni chiqarish;
8. Investitsiya loyihasi g’oyasining paydo bo’lishi;
9. Ichki bozorga mahsulot sotish.