I bob. Xususiy korxonalarni tashkil etish va rivojlantirishning nazariy asoslari
Mavzu; Xususiy korxonalarning tashkiliy-iqtisodiy asoslari
Mundarija
Kirish
I .BOB. XUSUSIY KORXONALARNI TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISHNING
NAZARIY ASOSLARI
1.1. Xususiy korxonalarning o’ziga xos xususiyatlari va ularning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o’rni
1.2. Xususiy korxonalarni tashkil etishning huquqiy-iqtisodiy jihatlari
II BOB. XUSUSIY KORXONALAR FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING HOZIRGI HOLATI VA EKSPERT SALOHIYATINI OSHIRISH.
2.1 . Xususiy korxonalar faoliyatini rivojlanishining hozirgi holati tahlili
2.2. Xususiy korxonalarda eksport salohiyati va uni rivojlantirish yo’llari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi
nufuzi va mavqei sezilarli darajada va muntazam ravishda oshib bormoqda. Bunda
mamlakatimiz birinchi rahbari Islom Karimov tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, iqtisodiy islohotlar maqsad va vazifalari, amalga oshirish yo’llarining aniq va to’g’ri ko’rsatib berilganligi bosh maqsad yo’lidagi yutuq va marralarning salmoqli bo’lishiga imkon yaratadi.
Bu borada birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Faoliyat ko’rsatayotgan
Xususiy korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishni tashkil etishni tezlashtirish borasida faol investitsiya siyosatini yuritishga alohida e’tibor qaratildi. 2011 yilda moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan qiymati milliard 800 million dollardan ortiq kapital qo’yilmalar o’zlashtirildi” deb
ta’kidlagan edilar1.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotning real sektori
Xususiy korxonallarning qo’llab quvvatlash, birinchi navbatda, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, mustahkam
hamkorlikni yo’lga qo’yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga
ichki talabni rag’batlantirish masalalari alohida o’rin tutadi.
Milliy iqtisodiyotimizni rivojlanishida Xususiy korxonaning o’rni va zarurligi kiritilgan yangi investitsiyalar va mavjud moddiy-texnika asosini modernizatsiya qilishdan tashqari boshqaruvning demokratik tamoyillarini kuchaytirish, Xususiy korxona, firma va ularga tenglashtirilgan ishlab chiqarish tuzilmalarining xo’jalik faoliyati bilan bog’liq mustaqillik doirasini kengaytirish, siyosatning iqtisodiyotdan ustunligiga barham berish, inson faoliyatining barcha soha va tarmoqlarida tashabbuskorlik, izlanishlarning rivojlanishiga keng imkoniyatlar berilmoqda.
Mamlakatimizning iqtisodiy islohotlar bosqichlarida iqtisodiyotimizning
tarkibiy tuzilmasida tub o’zgarishlarga asos solishdan iborat g’oyat muhim masala
bu Xususiy korxonani tashkil etish va rivojlantirish. Mamlakat iqtisodiyotning rivojlanishi, jahon xo’jaligida salmoqli o’rin egallashida real sektorning ahamiyati va ro’li yuksak ekanligi hech kimga sir emas. Lekin, bozor munosabatlari mexanizmlarining mustaqil, tashqi omillarning ta'sir doirasidan holi ravishda
ishlashi, tovar va xizmatlar bozoridagi raqobatning shiddatli tus olishiga zamin
yaratdi. Ana shunday globallashuv sharoitlarida Xususiy korxona menejmenti muntazam ishlab chiqarish jarayonida yangi tenologiya, innovatsion dasturlardan foydalanishi talab qilinadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlari real sektor Xususiy korxonalarining nafaqat joriy muddatda olinayotgan foyda, balki uzoq muddatli, puxta o’ylangan strategiya
asosida faoliyat yuritishini talab qilib, Xususiy korxonada doimiy ravishda moliyaviy tahlil olib borilishi, zaif jihatlari aniqlanishi, zaruriyat bo’lganda rentabellik, to’lovga layoqat, o’z mablag’lari bilan ta'minlanganlik va boshqa bir qator koeffitsentlar bilan hamkorlikda faoliyat yutirishi darkor.
Xususiy korxonalarga soliq, bojxona, tashqi iqtisodiy faoliyat va boshqa sohalarda turli imtiyozlar berish orqali ularning har tomonlama rivojlanishiga imkoniyatlar yaratildi. Ular faoliyatiga davlat boshqaruv va nazorat organlarining noqonuniy aralashuviga chek qo’yilmoqda, hokimiyat organlaridan tadbirkorlik subyekti ro’yhatdan o’tish tartibi keskin soddalashtirildi, ularga xizmat ko’rsatishda rahbar va mas'ul hodimlar javobgarligini oshirish bo’yicha tegishli me'yoriy huquqiy baza kundan-kunga takomillashib bormoqda.
Shuning uchun yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda shuni aytish
kerakki, bozor iqtisodiyoti sharoitida Xususiy korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda.
Dostları ilə paylaş: |