II BOB. XUSUSIY KORXONALAR FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING HOZIRGI HOLATI VA EKSPERT SALOHIYATINI OSHIRISH.
2.1 . Xususiy korxonalar faoliyatini rivojlanishining hozirgi holati tahlili
O’tgan davr mobaynida, ayniqsa, mustaqil taraqqiyotimizning dastlabki
yillarida yengib o’tishimizga to’g’ri kelgan ulkan qiyinchiliklar, muammolar,
tahdid va sinovlarga qaramasdan O’zbekiston iqtisodiyoti 21 yil davomida qariyib
3,4 barobar, yalpi ichki mahsulot aholi jon boshiga 2,5 barobar, o’rtacha ish haqi
14 barobar o’sganini, bu davrda mamlakatimiz aholisi 8 million 244 ming kishiga
ko’payib, hozirgi kunda 28,5 million nafarni tashkil etishini inobatga oladigan
bo’lsak, bunday ulkan natijalarga erishganimizni, chindan ham tasavvur qilishning
o’zi qiyin.
Aholining yalpi daromadlari amaldagi hisob-kitoblar bo’yicha 8,6 marta
oshdi. Ayni paytda bu ko’rsatkichning 47 foizi biz uchun mutlaqo yangi bo’lgan
mulk shakllari va tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlardir.
Ekspertlar tomonidan bildirilgan xulosalarga ko’ra, o’rtacha darajadagi
barqaror pul daromadlariga ega bo’lgan uy ho'jaliklarining 2011 yil yakunlari
bo’yicha 60 foizni tashkil etgan.5
Bizning bugungi kundagi eng muhim ustuvor yo’nalishlarimiz chuqur
tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, jadal va mutanosib rivojlanishni ta'minlash,
iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish,
investitsiyaviy ishchanlik muhitini shakllantirish va chuqurlashtirish, yuksak
texnologiyalar asosida yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishni o’zlashtirish, eksport sohasidagi mavqeimizni
mustahkamlashdan iboratdir.
Milliy iqtisodiyot tarmoqlari rivojining asosiy ko’rsatkichlarini ko’rib
chiqamiz. Bulardan YAIMning iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha tarkibi 4-jadvalda
ko’rish mumkin.
Iqtisodiyot tarmoqlarini sanoat asosida tashkil etish, modernizatsiya qilish,
texnik va texnologik yangilash bo’yicha 2000-2010 yillarda qabul qilinganchoratadbirlar mamlakatimizda sanoatning avtomobilsozlik, neft va gaz-kimyo, temir yo’l, mashinasozligi kabi yangi tarmoqlarining yaratilishi 2010 yilga kelib sanoat mahsulotlari umumiy hajmining o’sishi hamda YaIM tarkibida sanoatning ulushi 24 foizga yetishini ta'minladi. Ishlab chiqarish hajmining 2011 yildagi barqaror o’sishi tufayli yalpi ichki mahsulotdagi qurilish 6.5, transport va aloqa 11.7, savdo 8.8 ulushlarni tashkil etgan.
Sanoat ishlab chiqarish hajmi izchil o’sib bormoqda. Sanoat tarmoqlari
ishlab chiqarish sur’atlari bo’yicha o’sishni quyidagi 5-jadvalda ko’rishimiz
mumkin.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yillik hajmi 2010 yilda 2011 yilga
nisbatan 3.2 barobar o’sishi kutilmoqda. Yoqilg’i sanoati 2.2 barobar, qora
metallurgiya 1.6 barobar o’sishi kuzatilmoqda. Rangli metallurgiya sanoati 2010
yilda 2011 yilga nisbatan 116.1 foiz izchil o’sib bormoqda. Mashinasozlik va
metallni qayta ishlash sanoatida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2010 yil
2011yilga nisbatan 13 barobar o’sdi.
Mustaqillik yillarida yurtimizda avgomobilsozlik, neft-gazkimyo sanoati,
neftgaz mashinasozligi, zamonaviy qurilish materiallari sanoati, temir yo’l
mashinasozligi, maishiy elektrotexnika, farmasevtika, zamonaviy oziq-ovqat
sanoati va yengil sanoat kabi bir qator mutlaqo yangi sanoat tarmoqlari yaratildi.
Neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoatining yaratilishi
mamlakatimizning energetik xavfsizligini ta'minladi. Energetika mustaqilligini
ta'minlash hamda neft va gazni qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish dasturi
doirasida, istiqlol yillarida eng zamonaviy texnologiyalarga ega bo’lgan chet el
kompaniyalari bilan hamkorlikda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi («Teknip»,
Fransiya) va Shurtangazkimyo majmuasi («ABB») barpo etildi, Farg’ona neftni
qayta ishlash zavodi to’liq rekonstruktsiya qilindi.
Qayta ishlash sanoatida sanoat mahsulotlari ayrim turlarining ishlab
chiqarilishi xususan, neft, gaz, oltin qazib olish, rangli metallurgiya, kimyo va neftkimyo sanoatini jadal rivojlantirish uchun davlat barcha shart-sharoitlarni yaratib berdi. Natijada chuqur sifat o’zgarishlari ro’y berdi va O’zbekiston sanoatining tarmoq tarkibi ancha diversifikatsiya qilindi va mutanosiblashdi.Yengil va oziqovqat sanoatining asosiy ishlab chiqarilgan mahsulotlarini 6-jadvalda ko’rishimiz mumkin.
2011yilda 2000 yilga nisbatan yengil avtomobillar ishlab chiqarish 7,1
barobar, avtobuslar - 2,6 barobar va yuk avtomobillari tayyorlash - 12,9 barobar
oshdi. Mamlakatimiz iqtisodiyotida avtomobilsozlik sanoati alohida o’rin
egallamokda. Bu tarmoq Asaka shahrida AQShning «Jeneral Motors» kompaniyasi
bilan hamkorlikda yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan, Toshkent shahrida
Germaniyaning dunyoga mashhur «Daimler Benc» va Samarkand shahrida
Yaponiyaning «Isuzu» kompaniyalari bilan hamkorlikda avtobuslar ishlab
chiqaradigan hamda Samarkand shahrida Germaniyaning «MAN» kompaniyasi bilan tashkil etilgan yuk avtomobillari ishlab chiqaradigan yangi zavodlarni o’z
ichiga oladi.
Mustaqillik yillarida xizmat ko’rsatish sohasi O’zbekiston Respublikasi
iqtisodiyotining eng istiqbolli va jadal rivojlanib borayotgan tarmog’iga aylandi.
Bunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 21 maydagi «O’zbekiston
Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini
rivojlantirishni jadallashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’grisida»gi PK-
640-sonli qarori37 bilan tasdiqlangan dasturning qabul qilinishi xizmatlarning jadal o’sib borishida muhim bosqich bo’ldi. Biz 7-rasmda YaIMda xizmat ko’rsatish sohasinining dinamikasini ko’rishimiz mumkin.
Mamlakatimizda 2010-2019yillarda xizmat ko’rsatish hajmi 2,5 barobar
oshdi. Xizmat ko’rsatish sohasida zamonaviy xizmat turlari ulushining ortishi bilan
bog’lik ravishda sifat o’zgarishlari kuzatilmoqda. Yuqorida zikr etilgan dasturni
amalga oshirish yillarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari yiliga o’rtacha 132,7 foizlik o’sish sur'ati bilan 3,1 barobar o’sdi. Telekommunikatsiya tarmoqlari, aloqa
kanallari, Internet tarmog’iga jamoaviy ulanish shohobchalari, raqamli
texnologiyalar bilan jixozlangan axborot infratuzilmalari tobora kengayib
bormoqda.
Milliy iqtisodiyotimizda korxona rivojlanishining hozirgi holatini ko’rib
chiqamiz. Avvalo mulkchilik shakli bo’yicha YaIM ishlab chiqarish tarkibi 7-
jadvaldan ko’rishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |