Kurs ishining amaliy yangiligi va ahamiyati. Kurs ishida ilmiy jihatdan asoslangan taklif va tavsiyalar O’zbekiston Respublikasining tegishli vazirliklari, agentliklari va Xususiy korxona muassasalari tomonidan dasturlar tayorlashda qo’llanilgan.
Kurs ishi materiallaridan Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida “Iqtisodiy tahlil”, “Inqirozga qarshi boshqaruvi”, “Xususiy korxona iqtisodiyoti”, “O’zbekiston iqtisodiyoti”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat” kabi o’quv kurslarida axborot va tahliliy baza sifatida foydalanilgan.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
I .BOB. XUSUSIY KORXONALARNI TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Xususiy korxonalarning o’ziga xos xususiyatlari va ularning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o’rni
Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti jamiyatni demokratiyalashtirish,
iqtisodiyot salohiyatlarini mustahkamlash va mamlakatni rivojlangan davlatlar
qatoriga kiritishga yo’naltirilgan, bozor munosabatlariga o’tishning mamlakatimiz
uchun maxsus ishlab chiqilgan modeli asosida rivojlanib bormoqda. Bu model
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan iqtisodiyotni isloh
qilishning beshta tamoyiliga asoslangan hamda xo’jalik faoliyati yurituvchi
subyektlarning erkinligi, xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni himoya qiluvchi
zaruriy qonun hujjatlari bilan belgilab berilgan. Iqtisodiyotning rivojlanishi uchun
talab qilinuvchi ushbu vazifalarning amalga oshirilishida Xususiy korxonalarga katta ro’l ajratilib, ular iqtisodiyotning asosiy ishlab chiqarish bo’g’ini bo’lish bilan birga mahsulot ishlab chiqarish, aholiga xizmat ko’rsatish tufayli iste’molchilarning talablarini ham qondiradilar.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan, Xususiy korxona - huquqiy shaxs maqomiga ega, mustaqil ravishda xo’jalik faoliyati yurituvchi subyekt bo’lib, o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulkidan foydalanish asosida iste’molchilar (xaridorlar) talabini qondirish va daromad (foyda) olish maqsadida mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi. Hozirgi kunda O’zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoq va sohalarida turli xil mulkchilik shakliga ega bo’lgan 500 mingta xo’jalik faoliyati yurituvchi subyekt mavjud bo’lib, ulardan qariyb 280 mingini kichik Xususiy korxonalar hamda mikrofirmalar tashkil etadi. Xususiy korxonalarning eng katta qismi savdo va umumiy ovqatlanish (34%), qishloq xo’jaligi (41%), sanoat (9,4%) va qurilish (56%) sohalarida ro’yxatga olingan. Jami Xususiy korxonalar miqdorida
nodavlat sektorining salmog’i katta bo’lib, 82 %ni tashkil qiladi.2O’zbekistonda
ko’plab kichik, va yirik ishlab chiqarish Xususiy korxonalari faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, ular iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarini – og’ir sanoatdan yengil sanoatgacha, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashdan ilmiy ishlab chiqarishgacha qamrab olgan.
Biz kurs ishimizda Xususiy korxonaning belgilari, funktsiyalari va vazifalarini ko’rib chiqamiz. Zamonaviy Xususiy korxona-mustaqil xo’jalik yurituvchi subyekt bo’lib, ularning ishlab chiqarish vositalari va boshqa mulklari o’ziga tegishli bo’ladi. Shu sababli Xususiy korxonalar mulkchilik shakliga ko’ra, davlat va nodavlat; tarmoq belgilariga ko’ra, mashinasozlik, energetika, metallurgiya, neft va gaz sanoati, qurilish kompleksi, oziq-ovqat, yengil sanoat, savdo; ishlab chiqarish miqyosi va xodimlar soniga ko’ra, yirik, mikrofirma va kichik; faoliyat yuritish muddatiga ko’ra, uzluksiz, mavsumiy va uzlukli Xususiy korxonalarga bo’linadi.Biroq ushbu belgilardan qat’iy nazar, deyarli har bir Xususiy korxona Nizom asosida faoliyat yuritadi. Nizomda Xususiy korxonaning nomi, manzilgohi, yuqori turuvchi organi va bu organning nomi, Nizom jamg’armasi, bank muassasalaridagi rekvizitlari, Xususiy korxona rahbariyatining lavozimlari, rahbar shaxslarning majburiyatlari, tuzilmaviy bo’linmalar ro’yxati, hisobot tartibi ko’rsatilgan bo’ladi. Agar Nizomda Xususiy korxonaning tashkiliy-huquqiy funktsiyalari belgilangan bo’lsa, uning ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyati tarkibiga asosiy va aylanma fondlar, pul mablag’lari va boshqa aktivlar kiruvchi Nizom jamg’armasiga tayanadi. Nizom jamg’armasi qonunga asosan Xususiy korxonani tashkil qilish jarayonida muassislar - davlat, huquqiy va
jismoniy shaxslar tomonidan shakllantiriladi.
Xususiy korxona rivojlanishi va ishlab chiqarishning kengayib borishi, daromad hajmi va boshqa moliyaviy tushumlarning ortishi natijasida Nizom jamg’armasi ko’paytirilishi mumkin. Umuman olganda, Nizom jamg’armasi Xususiy korxonaning iqtisodiy barqarorligi va moliyaviy jihatdan baquvvatligini aks ettiradi.
Amaldagi qonunchilikka asosan Xususiy korxona davlat ro’yxatidan o’tganidan keyingina huquqiy shaxs sifatida tan olinadi. Davlat ro’yxatidan o’tish uchun birinchi o’rinda quyidagi hujjatlar ahamiyatga ega bo’ladi: muassisning arizasi; Xususiy korxonaning Nizomi; Xususiy korxonani tashkil qilish haqida qaror yoki muassislar shartnomasi; davlat bojini to’laganlik haqida kvitantsiya va boshqalar.
Biz kurs ishimizda Xususiy korxonani belgilalarini 1 -rasmda
ko’rishimiz mumkin.
Biz kurs ishimizda Xususiy korxonaning xususiyatlarini ko’rib
chiqamiz. Birinchidan, Xususiy korxona o’ziga tegishli va xo’jalik boshqaruvidagi xususiy mulkka ega bo’lib, ushbu mulk uning faoliyati moddiy-texnikaviy imkoniyatlarini, iqtisodiy mustaqilligi va ishonchliligini ta’minlaydi; Ikkinchidan, Xususiy korxona kreditorlar, jumladan, davlat bilan o’zaro munosabatlardagi majburiyatlar yuzasidan o’z mulki bilan javob berish xususiyatiga ega bo’ladi; Uchinchidan, Xususiy korxona xo’jalik aylanmasida o’z nomidan harakat qilishi mumkin, ya’ni qonunga asosan xo’jalik faoliyati yurituvchi hamkorlar, mahsulot (ish, xizmat) iste’molchilari, xom ashyo va asbob-uskuna yetkazib beruvchilar hamda boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzish huquqiga ega; To’rtinchidan, Xususiy korxona qonunchilikka asosan sudda da’vogar va javobgar sifatida qatnashish huquqiga ega; Beshinchidan, Xususiy korxona mustaqil balans yoki smetaga ega bo’lib, ishlab chiqarish va mahsulot savdosi xarajatlarini hisobga olib boradi hamda davlat organlari tomonidan belgilangan tartibda o’z vaqtida hisobotlarni taqdim etadi; Oltinchidan, Xususiy korxona o’z nomiga ega bo’lib, unda Xususiy korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli o’z aksini topadi.
Xo’jalik rivojlanishining har bir bosqichida Xususiy korxonalar faoliyati vazifalarni
bajarishga qaratilishi zarur. Ular quyidagilar:
- Xususiy korxona egasining daromad olishi;
- iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan ta’minlash;
- xodimlarni ish haqi bilan ta’minlash;
- Xususiy korxonaga yaqin joylarda yashovchi aholi uchun ish joylari yaratish;
- atrof-muhitni muhofaza qilish;
- Xususiy korxona faoliyatida to’xtab qolishga yo’l qo’ymaslik;
- ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish shakllarini
mukammallashtirish;
- ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida tejamkorlikka rioya qilish.
Xo’jalik faoliyatining joriy va istiqboldagi vazifalarini bajarish
Xususiy korxonalardan quyidagi funktsiyalarni amalga oshirishni talab qiladi:
- ishlab chiqarish va shaxsiy iste’mol uchun mahsulotlarni tayyorlash;
- mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib berish va sotish;
- sotuvdan keyin xizmat ko’rsatish;
- ishlab chiqarishning moddiy-texnika asosini ta’minlash;
- xodimlar mehnatini tashkil qilish va boshqarish;
- soliqlarni to’lash, byudjetga to’lanuvchi ixtiyoriy yoki majburiy badal va
to’lovlarni amalga oshirish ;
- amaldagi standartlar, normativlar va davlat tomonidan chiqarilgan qonunqoidalarga rioya qilish.14
Xususiy korxonalarning eng muhim xususiyatlari ularning qaysi tarmoqqa
qarashliligi; hajmi; ishlab chiqarishning turli jabhalarini qamrab olganligi;
ixtisoslashtirish darajasi va bir tipdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish miqyosi;
ishlab chiqarishni tashkillashtirish usuli hamda uni mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirish; tashkiliy-huquqiy shakllarini prognozlashtirishga bog’liq
bo’ladi.
Qaysi tarmoqqa qarashliligiga ko’ra Xususiy korxonalar ishlab chiqarish va
noishlab chiqarish (mashinasozlik, ko’mir qazib chiqarish, sug’urta va hokazo)
sohalariga mansub bo’lishi mumkin.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va ko’rinishiga ko’ra, Xususiy korxonalar sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, moliya-kredit va boshqalarga bo’linadi. Tayyor mahsulotning maqsadlariga ko’ra, barcha Xususiy korxonalar ikkita katta guruhga bo’linadi: ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchilar va iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar.
Foydalaniluvchi xom ashyo turiga ko’ra, sanoat Xususiy korxonalari qazib
chiqaruvchi va qayta ishlovchi Xususiy korxonalarga taqsimlanadi. Yil davomida ishlash muddatiga ko’ra, Xususiy korxonalar mavsumiy va yil bo’yi faoliyat yurituvchilarga bo’linadi.
Hajmiga ko’ra, Xususiy korxonalar yirik, mikrofirma va kichik Xususiy korxonalarga taqsimlanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustdagi «O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi «Xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora tadbirlari to’g’risida»gi Farmoniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida»gi
Farmoniga asosan ishlab chiqarish tarmog’ining o’rtacha yillik xodimlari soni 20 kishigacha bo’lgan hamda xizmat ko’rsatish va boshqa noishlab chiqarish
sohasidagi o’rtacha yillik xodimlari soni 10 kishigacha bo’lgan; ulgurji, chakana
savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan Xususiy korxonalar
mikrofirmalar qatoriga kiritiladi.
Kichik Xususiy korxona bu, yengil va oziq-ovqat sanoati, metalga ishlov berish va asbobsozlik, yog’ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoatida 100 kishicha ishlaydigan; mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’ienergetika va kimyo sanoati, qurilish, qishloq xo’jaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida 50 kishigacha ishlaydigan; fan, ilmiy xizmat ko’rsatish, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish sohasi (sug’urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish xamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida 25 kishigacha ishlaydigan Xususiy korxonalarga aytiladi.
Ixtisoslashuv darajasiga ko’ra, Xususiy korxonalar ixtisoslashgan, universal va aralash Xususiy korxonalarga bo’linadi. Ixtisoslashgan Xususiy korxonalar qatoriga nomenklaturasi cheklangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi Xususiy korxonalar, universal Xususiy korxonalar qatoriga turli xil mahsulot ishlab chiqaruvchi Xususiy korxonalar, aralash Xususiy korxonalar tarkibiga esa ixtisoslashgan va universal Xususiy korxonalar o’rtasidagi oraliq guruhni
tashkil qiluvchi Xususiy korxonalar kiritiladi.
Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlarini kengaytirish va chuqurlashtirish mamlakatimizda yangi tashkiliy-huquqiy turdagi qo’shma, ijara, hissadorlik, xususiy, oilaviy, kooperativ va boshqa Xususiy korxonalarning
paydo bo’lishiga olib keldi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xususiy
mulk mulkchilik shaklining boshqa ko’rinishlari bilan bir qatorda daxlsizligi va
davlat tomonidan muhofaza qilinishi belgilab qo’yilgan. Hozirgi zamon
sharoitlarida davlat, munitsipal, jamoa, individual (oilaviy, xususiy) turlarga ham
tasniflanadi. Xususiy korxonalar huquqiy shaklining har bir ko’rinishida ularning egalari, ya’ni xususiy mulk egalari, Xususiy korxona bilan turli darajadagi aloqada bo’ladilar.
Masalan, ochiq turdagi hissadorlik jamiyati egalari Xususiy korxona mulkining bir qismigagina egalik qilish huquqiga egalar hamda boshqaruv funktsiyalarini amalga oshirishda ham o’z aksiyalari miqyosida ishtirok etadilar. Xo’jalik o’rtoqliklarida (jamiyatlarida) esa mulk egasi va mulk yaqinlashtirilgan bo’lib, Xususiy korxonani boshqarishda ularga bevosita ishtirok etish imkoniyati yaratib berilgan.
Keng tarqalgan Xususiy korxona shakllaridan biri xo’jalik o’rtoqliklari bo’lib, ular ishonch asosidagi to’liq o’rtoqlik, kommandit o’rtoqligi ko’rinishida tashkil qilinishi mumkin. Qonunga asosan ishtirokchilari imzolangan shartnomalar
bo’yicha tadbirkorlik faoliyati yurituvchi hamda ularga tegishli mulk
javobgarligiga ega bo’lgan o’rtoqliklar - to’liq o’rtoqliklar hisoblanadi.
Kommandit o’rtoqligi bir nechta fuqarolar yoki huquqiy shaxslarning o’zaro
xo’jalik faoliyati yuritish maqsadidagi shartnomalar asosida birlashuvi natijasida
paydo bo’ladi. Jamiyatlarning ko’pchiligida kapitallar birlashtirilgan bo’ladi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) bir yoki bir necha shaxs tomonidan
ta’sis etilib, Nizom jamg’armasi hujjatlarda (Nizom va ta’sis shartnomasi) belgilab
qo’yilgan ulushlarga bo’lingan bo’ladi. Bunday jamiyat muassislari jamiyatning
majburiyatlari uchun javobgar bo’lmaydilar hamda jamiyat faoliyatida o’zlari
kiritgan ulushlar doirasida zarar ko’rishlari mumkin. O’zbekiston Respublikasida
ochiq va yopiq turdagi hissadorlik jamiyatlari mustaqillikka erishilgandan keyin
keng faoliyat ko’rsatmoqda. Nizom jamg’armasi aksiyalarga taqsimlangan jamiyat
hissadorlik jamiyati hisoblanadi. Hissadorlik jamiyati a’zolari jamiyatning
majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’lmaydilar, biroq o’zlariga tegishli bo’lgan
aksiyalar qiymati doirasida zarar ko’rishlari mumkin.
Hissadorlik jamiyatlarining ijobiy jihatlari qatoriga quyidagilar kiradi:
aksiyadorlik kapitalining teng taqsimlangan, erkin muomaladagi ulushlar aksiyalarga taqsimlanishi; aksiyadorlar jamiyat majburiyatlari uchun
javobgarligining aksiyalar qiymati hajmida cheklanganligi; aksiyadorlik
kapitalining hajmi va a’zolar sonini osonlik bilan o’zgartirish imkonini beruvchi
Nizom asosida birlashish; umumiy boshqaruv vazifalarining xo’jalik faoliyatini
boshqarish vazifalaridan alohida yuritilishi va hokazolar.
Xususiy korxona tuzilmasi va uni belgilovchi omillar har bir ishlab chiqarish
Xususiy korxonasi ishlab chiqarish bo’linmalari, boshqaruv organlari va Xususiy korxona xodimlariga xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlardan iborat bo’ladi. Tuzilma (struktura) tushunchasini Xususiy korxonaning tarkibi, tuzilishi sifatida ko’rib chiqish mumkin.
Xususiy korxona qanchalik yirik bo’lsa, uning ishlab chiqarish tuzilmasi shunchalik murakkab bo’ladi. Sanoat Xususiy korxonalarining umumiy va ishlab chiqarish tuzilmalari mavjud. Ishlab chiqarish bo’g’inlari, Xususiy korxona boshqaruvi hamda xodimlarga xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar, ularning miqdori, kattaligi va egallab turgan maydoni, xodimlarining soni va ishlab chiqarish imkoniyatlari Xususiy korxonaning umumiy tuzilmasini ifodalaydi.
Amaliyotda ishlab chiqarish tuzilmasini mukammallashtirishning asosiy
yo’nalishlari ishlab chiqilgan. Ular qatoriga Xususiy korxona va sexlarni yiriklashtirish; alohida Xususiy korxonalar integratsiyasi; Xususiy korxona ichidagi barcha bo’linmalar orasida mutanosiblikni ta’minlash; sexsiz struktura kabilarni kiritish mumkin.
Xususiy korxonaning raqobatbardoshligini oshirish, ya’ni boshqaruv sifatini ko’tarish va ishlab chiqarish faoliyatidagi yakuniy natijalarning yuqoriligiga erishish Xususiy korxona tuzilmasini mukammallashtirish samaradorligini baholovchi mezon bo’lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |