Iqtisodiy ta’lim - Ijodkor shaxs shakllanishiga ta‘sir etuvchi iqtisodiy bilim,
ko‘nikma, malakalarni uzluksiz va izchil o‘zlashtirishga
yordam beruvchi, shaxs ehtiyoji hamda imkoniyatlarini
hisobga olgan holda turli uslub, reja va dasturlar, metodikalar
yordamida iqtisodiy bilim berish uchun maqsadga
yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Iqtisodiy tarbiya – Talabalarni
iqtisodiy
tushunchalar
bilan
tanishtirish
jarayoni bo‘lib, ularni ishlab chiqarish sohasidagi harakatlar
ko‘nikmasi, malakasi, iqtisodiy tafakkurni rivojlanishi bilan
qurollantirish.
Iqtisodiy tarbiyalanganlik - Shaxs barkamolligini belgilovchi axloqiy sifatlar, iqtisodiy
faoliyatining ma‘naviy, huquqiy va siyosiy yo‘nalishlaridagi
in‘ikosi. Iqtisodiy tarbiyalanganlik darajasi ijtimoiy foydali
mehnat natijasi bilan belgilanadi.
Kasb – Muayyan bilim va mahorat talab etadigan mehnat faoliyat
turi. Unga umumiy yoki mahsus ma‘lumotlar hamda amaliy
tajriba yo‘li bilan erishiladi.
Kreativ – Ijodiy. Kriteriy (mezon) – Biror hodisaga baho berish uchun yoki biror narsani
turkumlash (klassifikatsiya qilish) uchun zarur belgi;
baholash va fikrlash uchun o‘lchov. Kuzatish – O‘rganish lozim bo‘lgan pedagogik hodisani ma‘lum
maqsad nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda kuzatuvchi
kuzatish bayonnomasini olib boradi. Kuzatish obyektiga oid
bo‘lgan aniq dalilli material tayyorlanadi. Kuzatish
belgilangan aniq reja asosida olib boriladi
Kuzatuvchanlik qobiliyati - Talabaning, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish
qobiliyati, talaba shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy
holatlarini juda yahshi tushuna bilish bilan bogliq bo‘lgan
psihologik kuzatuvchanlikdir.
Ko’nikma - Malakaning tarkibiy qismi bo‘lib, harakatning ayrim
qismlarini nihoyatda tez, aniq va maqsadga muvofiq ravishda
o‘z-o‘zidan bajarilish qobiliyatini ifodalaydi va talabalarda
ko‘p marta takrorlanadigan mashqlar natijasida yuzaga
keladi.
Malaka – Ongli ravishda bajariladigan ishning bir hil mehnati, ko‘p
marta
takrorlanadigan,
avtomatlashib
ketgan
tarkibiy
elementidir.