158
Vosita –
Ma‘lum o‘qitish usulini muvaffaqiyatli amalga oshirmoq
uchun zarur bo‘lgan yordamchi o‘quv materiallari – asbob,
qurol va boshqa shu kabilardan foydalanishdir.
Global -
To‘liq, umumiy, universal.
Gnostik faoliyat –
Pedagogik faoliyatning natijalarini tekshirish va baholash,
uning kechishi va samaradorligini tahlil qilish.
Diskussiya –
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlaridan biri; muhokama,
bahs yuritish.
Jazolash –
Bu tarbiyalanuvchining hatti – harakati va faoliyatiga
salbiy baho berishdir.
Jamoa –
Insonparvarlik va javobgarlik ma‘suliyatlariga bog‘liqligi
bilan harakterlanadigan munosabatlar hamda hamkorlikdagi
ijtimoiy,
ijobiy
faoliyatga
asoslangan
kishilarning
umumiyligidir.
Idrok –
Borliqni odam ongida aks etishidir
Ijodkor shaxs -
Faoliyat natijasida, yangiliklar yaratishga intiluvchan va
imkoniyati bor shaxs.
Ilmiy bilimlar –
Voqelikning haqqoniy in‘ikosidir
Inson kamoloti –
Bu insonning hayot yo‘li davomida rivojlanishining
o‘ziga hos shakli bo‘lib, mahsus olib boriladigan tarbiyaviy
ta‘sir natijasi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: