G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/109
tarix19.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#117982
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
@pp kitoblar qiyosiy ped

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 




BOB. 
QIYOSIY 
PEDAGOGIKAGA 
(PEDAGOGIK 
KOMPARATIVISTIKA
1
GA) KIRISH 
 
1 Qiyosiy pedagogika alohida fan sohasi sifatida (Qiyosiy pedagogika 
tushunchasi, uning obyekti, predmeti, vazifasi va bajaradigan ishi; milliy ta‘lim 
tizimi tushunchasi). 
Qiyosiy pedagogika tushunchasi. Qiyosiy pedagogika yoki komparativistika 
dastlab falsafa fanlari sohasida shakllangan bo`lib, turli masalalarni, jumladan, 
o`sib 
kelayotgan 
yosh 
avlod 
ta‘lim-tarbiyasi 
muammolarining 
jahon 
mamlakatlarda rivojlanish masalalarini ham o`rgangan. Qadim zamonlardayoq, 
falsafiy ta‘limotlar mazmunida turli xalqlar va mamlakatlarda bolalarga qanday 
ta‘lim-tarbiya berganliklari to`g‘risida anchagina ma‘lumotlar mavjud edi. Ularda 
ta‘lim-tarbiya metodlari va qadriyatlari umumlashtirilgan bo`lib, katta avloddan 
yosh avlodga hayotiy tajribani qanday etkazilayotganligining o`ziga xos jihatlari 
tahlil qilingan edi.
Zamonaviy tilda qiyosiy pedagogika komparativistika deb ham ataladi.
Komparativizm (lot. comparativis-qiyosiy) qiyoslash va taqqoslash ma‘nosini 
anglatib, tarixiy taraqqiyot tendensiyalarining o`xshash va farqli jihatlarini 
aniqlash, o`xshash hodisalarning o`zaro mos jihatlarini ajratishni o`zida 
mujassamlashtiradi. Ingliz tilida ―to compare‖ ham ―taqqoslash‖ degan ma‘noni 
anglatadi. Mustaqil falsafiy tushuncha sifatida komparativizm turli fan sohalarida, 
shuningdek, adabiyotshunoslikda turli xalqlar badiiy adabiyotida obraz va syujetlar 
rivojlanish jarayonini qiyosiy tarixiy tahlil etishda qo`llaniladi. Ta‘lim nazariyasida 
―komparativistika‖ tushunchasi ―qiyosiy pedagogika‖ tushunchasi bilan bir sinonik 
qatorda turadi. Shuning uchun pedagogikaning bu sohasini ―pedagogik 
komparativistika” deb atasa ham xato bo`lmaydi.
Tadqiqotchilarning ta‘kidlashicha, chet el manbalarida ko`proq ―qiyosiy 
pedagogika‖ emas, balki ―qiyosiy ta‘lim‖ atamasi ishlatiladi. Zero, ―ta‘lim‖ (ing. 
education‖) so`zi pedagogika (―pedagogie‖) so`ziga nisbatan keng ma‘noda 
qo`llaniladi. Chet el pedagogik an‘anasiga ko`ra ―ta‘lim‖ so`zi rivojlanish, ta‘lim 
va tarbiya birligini anglatadi. Shu bilan bir qatorda pedagogika faqat bolalarning 
ta‘limi va tarbiyasiga taalluqli tushuncha sifatida qo`llaniladi. Shuning uchun ham 
chet el ta‘rifida ―qiyosiy ta‘lim‖ (―education compare‖) iborasini ―qiyosiy 
pedagogika‖ (―pedagogie comparative‖) ga nisbatan ko`proq ishlatilishini 
kuzatamiz. Biz ―qiyosiy pedagogika‖, ―pedagogik komparativistika‖, ―qiyosiy 
ta‘lim‖ va ―komparativistika‖ tushunchalarini bir ma‘nodosh so`zlar qatorida 
qo`llaymiz. Chunki bir qancha farqli jihatlariga qaramasdan, zamonaviy pedagogik 
nazariyasi va amaliyotida bu tushunchalar tez-tez aynan bir xil hodisa va 
jarayonlarni belgilashda ishlatiladi. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, bugungi 
kunda ―qiyosiy pedagogika‖ tushunchasi O`zbekistonda kengroq tarqalgan. 
Umuman olganda, qiyosiy pedagogika turli mamlakatlarda maorif, ta‘lim va 
tarbiyaning o`ziga xos jihatlarini o`rganuvchi pedagogikaning mustaqil tarmog‘i 
1

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin