Yuqorida tusuntirilgan x-y-y-y sxema bo`yicha tusuntiradigan bo`lsak EDO xotiralari 5-2-
2-2 sxema bo`yicha, FPM xotiralar esa 5-3-3-3 sxema bo`yicha ishlaydi, ya`ni EDO xotiralarida
sikllar soni 11 ta FPM da 14 tadir. Maxsus testlar ishlatilganda ushbu texnologiya tufayli
tezkorlik 22% ga ortdi, biroq real sharoitda EDO xotiralari tezkorlikni taxminan 5% ga orttiradi.
Bu ko`rsatkich ancha kam bo`lib ko`rinsa ham ularning afzalligi EDO xotiralarida FPM turidagi
xotiralar bilan bir xil mikrosxemalar ishlatiladi. Ularning narxi ham bir xil.
SDRAM
SDRAM (Synchronous DRAM) - bu DRAM xotiralarining turi bo`lib, uning ishi shina bilan
moslashtiriladi (sinxronlashtiriladi). SDRAM yuqori tezlikli sinxronizatsiya
interfeysini
ishlatuvchi ma`lumotlarni yuqori tezlikli paketlarda uzatadi. SDRAM asinxron DRAM uchun
shart bo`lgan ko`pgina kutislarni chetlab o`tishga
imkon beradi, chunki unda ishlatiladigan
signallar sistemali platalarning takt generatori bilan moslashtiriladi.
SDRAM xotiralarining samaradorligi FPM yoki EDO xotiralarining tezligidan
ancha
katta. SDRAM - dinamik xotiraning turi bo`lgani uchun uning boshlang`ich sikli FPM va EDO
larniki bilan bir xil, lekin umumiy sikllar vaqti. ancha qisqa. x-y-y-y sxema bo`yicha SDRAM
5-1-1-1
sxemada ishlaydi, yani to`rtta o`qish amali sistemali shinaning 8 siklida tugaydi.
Bundan tashqari SDRAM 100 MGts va undan yuqori chastotalarda ishlaydi. SDRAM
xotiralari DIMM modullari sifatida yetkaziladi va uning tezkorligi nanosekundlarda emas balki
megagertslarda o`lchanadi.
Dostları ilə paylaş: