Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Boylik orttirish usullari



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/169
tarix20.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169
Boylik orttirish usullari. So`z davlat boyligi haqida ketar ekan, boylik 
asosan xalqdan yig`ib olinadigan soliqlar xisobiga shakllanishini e`tibordan 
qochirmagan holda Qadimgi Sharq asarlarida, asosan soliqlarni undirishni 
takomillashtirish borasidai tavsiyalar bilan cheklangan. Mazkur tavsiyalar 
jamiyatni tashkil etuvchi uch tabaqasiga tegishli bo`lgan, bular: dehqonlar, 
hunarmandlar va boshqaruvchilar. Qadimgi Xitoydagi «Shan tszyun` - Shu» nomli 
asarida (miloddan avvalgi IV asr) davlatning uch vazifasi ya`ni dehqonchilik, 
savdo va boshqaruv vazifalarini alohida e`tirof etgan. Unga ko`ra dehqonlar erga 
ishlov berishadi, savdogarlar mol olib kelishadi, mansabdorlar esa xalqni 
boshqarishadi. 
Dehqonlar. Qadimgi Sharqda dehqonlar asosiy soliq to`lovchi va iste`mol 
buyumlarini ishlab chiqaruvchilar sifatidagina qabul qilingan bo`lsada, 
davlatchilikning asosi sanalishmagan. «Shan` Tszyun`-Shu» asari muallifi Shan` 
Yan`ning yozishicha, davlat dehqonchilik va urush vositasida ravnaq topadi, 
hamda barcha fuqarolar dehqonchilik bilan Shug`ullanishsa, davlat fuqarolarni 
boshqarishi osonlashadi. 
Shuni ham ta`kidlab o`tishimiz kerakki, ko`pchilik qadimgi Sharq 
mutafakkirlari tomonidan, insoniyat jamiyatida savdoning o`ta muhimligi tan 
olinsada, savdogarlarga nisbatan munosabati, doimo ham ijobiy bo`lmagan. Misol 
uchun «Artxashastrada» savdogarlar “o`g`ri” nomini tan olmagan “o`g`rilar” deb 
atalgan, va bunga sabab, ular davlatga soliqni to`laligicha to`lamasligi bo`lgan. 
Haqiqatdan ham, savdogarlar tomonidan olinadigan daromadlarni to`laqonli 
nazorat etish, dehqonlar tomonidan olinadigan daromadlarni nazorat etishga 
nisbatan murakkabroq bo`lgan. Shan` Yan` yozishicha, savdorgarlar, yashash 
joylarini muntazam o`zgartirib turishgan. Bunga qarshi chora sifatida u 
savdogarlardan undiriladigan soliqlar miqdorini ko`paytirishni, bozorlar va 
chegaralarda undiriladigan bojlarni keskin oshirishni taklif etgan. Bu holat ularni 
savdo daromadlaridan voz kechib, boshqa faoliyat bilan Shug`ullanishlariga olib 
keladi deb hisoblangan. 
Bundan tashqari, qadimgi Sharq mutafakkirlari savdogarlar oladigan 
daromadalarini osonroq aniqlash hamda bozorlarda barqaror holatni ta`minlash 


11 
uchun, bozor narxlari davlat tomonidan nazorat etilishini taklif etishgan. Bu holat, 
o`sha davr davlatchilik amaliyotda kuzatilgan. Qadimgi Sharq davlatlari 
qonunchiliklarida ko`proq e`tibor tovarlar ishlab chiqarishga nisbatan narxlar 
masalasiga berilgan. 
Mansabdorlar. Boshqaruvning natijaviy shakllaridan biri sifatida, SHan` 
YAn` dehqonchilik jamiyati a`zolari orasidagi ma`suliyatni ilgari surib, birinchi 
navbatda bu holat soliq to`lanishiga qaratilishi kerakligini ta`kidlagan. Mutafakkir, 
mazkur printsipni davlat boshqaruvining barcha jabhalarida tadbiq etishni taklif 
etgan. Misol uchun “Arxashastra” asarida, davlat g`aznasidan pul o`g`irlaydigan 
mansabdorlarni aniqlab, kelgusida nazoratga olish uchun, davlat tomonidan 
maxsus xizmatchilar yoki savdogar ko`rinishi ostidagi josuslardan foydalanish 
taklif etilgan, ammo Shunda ham, “Arxashastra” asari muallifi Katul`ya o`z 
tavsiyalariga nisbatan pessimistik qarashga ega bo`lgan. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin