Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


 Marjinalistik inqilob natijalari



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/169
tarix20.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118313
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   169
 
10.4. Marjinalistik inqilob natijalari 
Shunday qilib XIX-XX asr oralig`ida, iqtisodiyot fanida yangi nazariy 
yo`nalish paydo bo`lib, bu yo`nalish marjinalistik inqilob ikkinchi bosqichi 
namoyandalari A. Marshall, D.B. Klark va V.Pareto tadqiqotlariga asoslangan 
(Avstriya maktabi marjinalistik inqilobi birinchi bosqichida ilg`orlik qilgan 
bo`lsada, keyinchalik ikkinchi darajaga tushib qoldi, ammo yo`qolmay Yangi 
avstriya maktabi ko`rinishida tadqiqotlarini davom ettirdi). 
Marjinalistlar tadqiqotlari predmeti iqtisodiyot bo`lib, bunda u teng, 
cheklangan darajadagi mehnat va moddiy resurslarning tizimi sifatida qabul 
qilingan (mablag` neytral o`zaro bog`lovchi element sifatida talqin etilgan).
Tadqiqotning asosiy mazmuniga xo`jalik mexanizm funktsiyasining firma 
daromadini maksimizatsiya etish maqsadida resurslar optimal qo`llanilishini 
ta`minlovchi 
holatini 
aniqlashga 
bag`ishlangan 
tadqiqotlar 
bo`lib 
(makroiqtisodiyot), bu holat jamiyat ravnaqiga ta`sirini aniqlashga yordam berar 
edi. Iqtisodiy jarayonlar tahlili, faqatgina miqdoriy darajada o`tkazilgan, Shu 
sababli iqtisodiyotning sifat (ijtimoiy tomonlari) tadqiqot doirasidan tashqariga 
chiqarilgan edi. Iqtisodiyotning o`zi marjinalistik yo`nalish paydo bo`lishi davrida 
mutlaq raqobatchilik bozori sifatida ko`rib chiqilgan, ya`ni bozor bir - xil tovarlar, 
sotuvchilar va xaridorlar maydoni bo`lib, unda ratsional qonuniyatlarga asoslangan 
holda, to`liq iqtisodiy axborotga ega, hamda erkin harakatlanish qobiliyatiga ega 
shaxslargina faoliyat yuritishi mumkin deb hisoblangan. 
XIX oxiri XX asr boshlaridagi marjinalistlar nazariyasining yana bir sharti, 
tenglikning iqtisodiy statika bilan bir doirada ko`rib chiqilishi bo`ldi. Dinamika 
esa, tenglikning vaqtinchalik buzilishi sifatida talqin etilib, bu jarayonda 
marjinalistik nazariyaning asosiy qonuniyatlari amal qilmaydi deb hisoblangan. 
Iqtisodiyot fanida marjinalistik yo`nalishning keyingi rivojlanishi, mazkur 
cheklovlar doirasidan tashqariga chiquvchi nazariyalar yaratilishi bilan farqlanadi. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin