89
II-Modul.TEXNOLOGIYA DARSLARINI TASHKIL ETISH
METODIKASI
Mavzu: Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish
metodikasi.
Applikatsiya tasvirlash texnikasining turli formalarini qirqish va ularni fon
tarzida qabul qilingan materiallar hisobiga mustahkamlashga asoslanuvchi turidir.
Bu applikatsiyadan faqat bezash maqsadlarida ko„rgazmali qurollar, turli
o„yinlar uchun qo„llanmalar, o„yinchoqlar, bayroqlar, suvenirlar, devoriy
gazetalar, stendlar va hakozalarni bezashda ishlatiladi.
Applikatsiya bilan shug„ullanish o„quvchilarni garmonik rivojlantirishda
katta ahamiyatga ega. Applikatsiya ijodni rivojlantirishda katta yordam beradi
tasavvurni boyitadi, kuzatuvchanlik va diqqatni faollashtiradi, irodani
tarbiyalaydi, chamalash va rangni sezishni o„stiradi.
Applikatsiya ishini bajarishda asosiy e‟tibor uning umumiy ko„rinishiga
qaratilishi kerak. Yaxshi o„ylangan kompozitsiya, ya‟ni tasvirlash lozim bo„lgan
narsalarni joylashtirish applikatsiyaning muvaffaqiyatining garovidir.
Tasvirlash lozim bo„lgan narsalar yordamida figura va narsalarning holati
aniqlanadi, tasvirlangan hodisalarning uyg„unligiga erishiladi. Tasvirning barcha
detallari, hatto eng kichiklari ham qog„ozdan qirqiladi, ularni chizmaslik kerak.
90
Tayyorlangan detallar yelimlanadigan sath, ya‟ni fonga joylashtiriladi va
o„ylangan tasvir hosil qilinadi, agarda bu tasvir ma‟qul bo„lmasa detallar
boshqacha joylashtiriladi. Detallarni yopishtirishda joyni adashtirmaslik uchun
ularning o„rnini qalam bilan belgilab qo„yiladi. Misol tariqasida eng oddiy
geometrik shakl – kvadratni olib, uning almashinishini hosil qilish uchun turli
holatlarda joylashtirib ko„ramiz. Ishni boshlash uchun markazni topish,
simmetriya o„qini o„tkazish va elementlarni shunga ko„ra joylashtirish lozim.
Ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi. Ko„pincha ochiq tondagi qog„oz
va fon tanlanadi. Applikatsiya mo„ljallangan tasvir va elementlar miqdori
qog„ozni tanlashni belgilaydi. Tasvir ustida ishlanganda asosiy e‟tibor tanlangan
mavzuning mazmuniga, kerakli materiallar, ularning o„lchamlari, ranglarini
tanlashga qaratiladi. Tasvir hajmiga ko„ra eng katta element asosiy tematik
element bo„lishi kerak.
Namuna tariqasida 1-sinf o„quvchilari 8-Mart uchun tabriknoma yasashlari
mumkin. Bu ishda bolalar andoza bilan ishlaydilar, taxlash va simmetrik qirqishni
eslaydilar, chamalash ko„nikmalarini sinaydilar va rangli qog„ozdan ingichka oq
va sariq to„g„ri chiziqlarni qirqadilar. Quyosh uchun kvadrat qog„ozdan doira
qirqsa bo„ladi. Bolalar yasagan gullar turlicha bo„lishi mumkin. Novdalar ham
qo„lda qirqiladi.Suhbatni o„qituvchi “8 Mart kuni” haqida olib boradi va bunda
sovg„a masalasini eslatib o„tadi. Eng yaxshi sovg„a o„z qo„li bilan yasagan
sovg„adir. Suhbatni mehribon buvijonlarimi onajaonlarimiz, opa-singillarimiz
haqida bo„lishi mumkin.Shundan keyin namuna ko„rib chiqiladi, uning
elementlari, ish usullari, kerakli materiallar aniqlanadi va ishning borishi
belgilanadi.
1.Tabriknoma uchun rangli qog„oz tayyorlanib u ikkiga buklanadi;
2. Ko„k rangdagi qog„ozga to„g„ri burchak chiziladi, uning o„lchami
uzunasiga, tabriknoma ustining uzunligidan 1 sm kam, eniga esa enining
yarimidan 2 sm atrofida kattaroq;
91
3. Ko„k qog„ozdan qirqilgan to„g„ri burchak taklifnomaning ustiga
yopishtiriladi, bunda ko„k qog„oz taklifnomani bo„yashda halaqit bermasligi
uchun bukish chizig„ining chap tomonidan ozgina joy qoldirib yopishtiriladi;
4. Endi quyosh va uning nurlari uchun yoy qirqiladi. Buning uchun kvadrat
shakldagi qog„ozni kerakli o„lchamda qirqiladi;
5. Namuna asosida quyosh nuri qirqiladi;
6. Och ko„k va jigar rang qog„ozdan ikkita shox qirqib, namunadagidek
yopishtiriladi;
7. Gullar qirqib yopishtiriladi.
Ish ijodiy tarzda bo„lganligi uchun o„quvchilar gullarni shoxlarga o„zlari
mustaqil joylashtiradilar. Barglarni o„qituvchi tarqatgan andoza bo„yicha
qirqadilar. Tabriknomaning ichki tomoni naqsh bilan bezatilib, tabrik so„zi
yoziladi.Mozaika monumental dekorativ sa‟nat turlaridan biridir. Turli davrlarda
va turli mamlakatlarda mozaika qo„llaniladigan materialiga ko„ra ham, naqo„ va
rasmlariga ko„ra ham o„ziga xos xususiyatlarga ega bo„lgan. O„rta Osiyo
madrasalari, machitlar, hukmdorlarning saroylari mozaika bilan bezatilgan.
Mozaika hozirgi kunda monumental sa‟natga aylangan. Mozaika bilan
binolarning tashqi qismlari, devorlari va halq amaliy sa‟nati asarlari bezatiladi.
Mozaika ishlarida oyna, sapol plitalaridan ofdalaniladi. Loasda rangli ko„zgu
parchalaridan ajoyib mozaika asarlari yaratiladi, ular quyoshda bir-biriga
qo„shilib va porlab, shodlik kayfiyatini yaratadi.
Mozaika bu rasm sathida ayrim-ayrim parchalar (qog„oz, oyna, sapo, gul
tojibarglari, tuxum po„sti va shu kabilar) qo„yib chiqishdir.
1. Tuxum po„stidan mozaika ishlarini bajarish uchun yuvib quritilgan tuxum
po„sti mo„yqalam yordamida akvarel bo„yoqlari bilan kerakli ranglarga bo„yaladi.
2. Bo„yoq qurigandan keyin tuxum po„stini tanlangan rasmga ko„ra mayda
va yirik bo„laklarga bo„linadi.
3. Tuxum po„stidan mozaika qilishda shunday tasvirni tanlash kerakki
ularning konturlari mumkin qadar tekis va mayda egri-bo„grilari bo„lmasligi
kerak.
92
4. Kontur qora qog„oz orqali o„tkaziladi yoki shablondan aylantirib chiziladi.
5. Avval rasm sathining bir qismiga yelim surtiladi. U yerga tuxum po„sti
terib siqiladi, keyin ikkinchi qismiga ham shu tartibda davom ettiriladi.
6. Ortiqcha yelim toza latta bilan artib tozalanadi, po„st yaxshiroq yopishishi
uchun ustidan sekin bosib qo„yiladi.
Bunday ish odatda eng oddiy konturlardan boshlanadi. Keyinroq konturlar
ancha murakkablashadi.Turli meva va sabzavot, poliz ekinlarining urug„lari,
danak, baliq tangalari, chig„anoq, mayda toshlar bilan xilma-xil mozaika ishlarini
bajarish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |