97
Ko„p rangli applikatsiyalardan biri dekorativ applikatsiyalardir. Dekorativ
applikatsiya -naqsh gullardan tashkil topib, alohida-alohida
tasvirlangan hodisa
harakatlar uyg„unligini aks ettiruvchi manzaralardan iborat bo„lishi mumkin.
Dekorativ applikatsiyalarni bolalar kitob, oynoma va boshqa materillardan
olishlari, ayrim elementlarni qo„lda yaratishlari mumkin.
Sharq naqshi
applikatsiyasining bu turi uchun boy material hisoblanadi. Dekorativ applikatsiya
bir va ko„p rangli bo„lishi mumkin.
Badiiy applikatsiyalar. Mavzuli ishlarni yaratish faqat mehnatga emas,
balki badiiy tayyorgarlikni ham talab qiladi. Texnologiya ta‟limi darslarida
applikatsiya ishlarini bajarilish texnikasi o„rganiladi.
Rangdor surat applikatsiya mavzusining elementlarini o„quvchilar
turli
bayramlarga bag„ishlangan (tabriknomalar, ochiq xat muqovasini, yo„l belgilari)
ishlarini bajaradilar. Ish mavzu va fikr tanlashdan boshlanadi. Quticha ochiq
tondagi qog„oz fon tarzida tanlanadi. Applikatsiyaga
qaratilgan asarning
yaratilishi va elementlar miqdori qog„ozni tanlashni belgilaydi. Asarni yaratish
ustida ishlagan asosiy e‟tibor tanlangan mavzuning mazmuniga,
kerakli
materiallar, ularning o„lchamlari, ranglarni tanlashga qaratiladi. Asar hajmiga
ko„ra eng katta detal mavzuli detal bo„lishi kerak.