Shajarayi turk



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix21.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#118400
1   2   3   4
112-116

VOLUME 1 ISSUE 2
https://academicsresearch.com/index.php/AR/index
 
113 
o’z rivojini davom ettirdi. Zamondan orqada bo’lsada ilm-fan yo’lida to’xtalmadi. 
Jumladan, Xiva xonligi (XVI – XX asr) ham ma’naviy rivojlanishdan bir nafas ham 
to’xtamadi, urushlar, ichki nizolar bunga ta’sir ko’rsatgan bo’lsada: adabiyot, fiqh, 
tarix, mantiq, musiqa, riyoziyod, jug’rofiya, xattotlik kabi fanlar rivojlanishda 
davom etdi. Xiva xonligining ulug’ nomayondasi va davlat arbobi, mamlakat 
hukmdori Abulg’ozi Bahodirxon (1603 – 1664) tarix fani rivojiga munosib hissa 
qo’shgan davlat arbobidir.
Abulg’ozi Bahodirxon shoir, xon, tarixnavis olim, nafis san’at bilimdonidir. 
Xiva xoni Arab Muhammadning (1602 – 1621) yetti o’g’lidan biri bo’lgan 
Bahodirxon sarkarda sifatida toblanish yillarida, Turkiston, Samarqand va Buxoroda 
bo’ldi, Eroning Isfaxonida o’n yil hayot kechirdi, fors-tojik, arab, mo’g’ul tillarini 
o’zlashtirdi.
Bahodirxon dastlab otasining nomi bilan atalgan Arabmuhammad madrasasida 
ta’lim oladi. Xiva xonligida taxt uchun kurashlar kuchayib, Abulg’oziyning og’alari 
Habash sulton va Elbars sulton otalari Arab Muhammadga qarshi bosh ko’tarib, uni 
Qum qal’asiga qamab qo’yadilar. Otasining tarafdori bo’lgan katta o’g’li 
Asfandiyorxon Eronga, Bahodirxon Buxoroga qochadi.
Keyinchalik, toju-taxt uchun kurashlarda g’alaba qozongan Asfandiyorxon 
1623-yilda Xiva taxtini egallaydi. Abulg’oziy Bohodirxon Urganchga hokim etib 
tayinlanadi, biroq keyinchalik Asfandiyorxon uni Eronga garov tariqasida jo’natib 
yuboradi. Abulg’oziy Bohodirxon o’n yildan so’ng, 1643-yilda Asfandiyorxoning 
vafotidan so’ng Xiva taxtiga o’tiradi.
Abulg’oziy Bahodirxon ilm-fan va ma’daniyatni rivojlantirdi. Tarix tibbiyot, 
adabiyot, fiqh, xatotlik, me’morchilik, musiqa va boshqa fanlarni rivojiga hissa 
qo’shadi va tarixnavislik maktabiga asos soladi. 
Xorazmning o’tmish madaniyati Abulg’oziy Bahodirxonda katta ishtiyoq va 
qiziqish uyg’otdi. U “Shajarayi tarokima” (1661), “Shajarayi turk” (1664) va 
tabobatga oid “Manofe’-ul inson” (1664) kabi nodir asarlar yozgan. Uning eng 
mashhur “Shajarayi turk” asarida Chingizxon va uning avlodlari, xususan, 
Shayboniyxonlar xususida gap boradi. Abulg’ozi bu asarni 1663-yilda yoza 


||ACADEMIC RESEARCH JORNAL 
July 2022 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin