Bank siri to‘G‘risida 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Uchinchi shaxslar



Yüklə 89,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix21.05.2023
ölçüsü89,19 Kb.
#119168
1   2   3   4   5   6   7
530-II-сон 30.08.2003. Bank siri to‘g‘risida

4-modda. Uchinchi shaxslar
Bank, uning mijozi (vakili) va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan tashqari boshqa
barcha shaxslar uchinchi shaxslar hisoblanadi.
5-modda. Bank sirining oshkor qilinishi
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilish, og‘zaki
yoki yozma shaklda yoxud boshqa yo‘sinda tarqatish yoki ma’lum qilish, uchinchi shaxslar e’tiboriga
yetkazish, bunday ma’lumotlarni qo‘lga kiritishi uchun uchinchi shaxslarga bevosita yoki bilvosita,
shu jumladan ana shunday ma’lumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan o‘ziga ishonib
topshirilgan yoxud ma’lum bo‘lib qolgan yoki ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim etilgan
shaxslar tomonidan bunday ma’lumotlarni saqlash tartibining buzilishi oqibatida imkoniyat yaratib
berish bank sirining oshkor qilinishi deb hisoblanadi.
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning bank tomonidan uchinchi shaxslarga ushbu
Qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek bankka yuridik, buxgalteriya, auditorlik, axborot va
maslahat yo‘sinidagi xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarga ma’lum qilinishi yoki taqdim etilishi, basharti
bu ana shunday xizmat ko‘rsatish zarur bo‘lsa hamda mazkur shaxslar ushbu Qonunning 
6-


moddasida 
belgilangan harakatlarni sodir etishdan o‘zlarini albatta tiysalar, bank sirining oshkor
qilinishi deb hisoblanmaydi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
6-modda. Bank sirining oshkor qilinishini taqiqlash
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan o‘ziga
ishonib topshirilgan yoki ma’lum bo‘lib qolgan yoxud ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim
etilgan shaxslar tomonidan bu ma’lumotlarning oshkor qilinishi yoki ulardan shaxsiy maqsadda
yoxud uchinchi shaxslarning manfaatlari yo‘lida foydalanilishi taqiqlanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki zimmasiga qonun bilan yuklatilgan vazifalarni
amalga oshirishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan, bank sirini tashkil etuvchi
ma’lumotlarni oshkor etishga yoki taqdim etishga haqli emas, qonunchilikda nazarda tutilgan
hollar bundan mustasno.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 89,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin