Reja
1. ‘Navoiyazot’ aj
2. Azot kislotasi ishlab chiqarish
3. 911- sex haqida ma’lumot
4. PVX haqida ma’lumot
5. Visio dasturi haqida ma’lumot
1. ‘’ NAVOIYAZOT" AKSIYADORLIK JAMIYATI — Oʻzbekistondagi yirik
kimyo sanoati korxonasi. "Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik
kompaniyasi tarkibida. Navoiy shahrida joylashgan. Korxonada ishlab
chiqariladigan asosiy mahsulot turlari: mineral oʻgʻitlar, nitron tolasi,
sirka kislotasi, tiomochevina, xlor va xlor mahsulotlari, kaustik soda.
Bundan tashqari, 70 dan ortiq turdagi mahsulotlar, organik va
noorganik kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqariladi. Mineral oʻgʻitlar, turli
xil organik sintez mahsulotlari va akril tolasi (nitron) ishlab chiqarish
maqsadlarida tabiiy gazni qayta ishlashga ixtisoslashgan korxona
sifatida qurilgan. Tabiiy gaz, havo, kaustik soda, osh tuzi va boshqa
asosiy ishlab chiqarish uchun xom ashyo boʻlib xizmat qiladi.
1964-yilda Navoiy kimyo kombinati nomi bilan ishga tushirildi. Shu yili
kuchsiz azot kislotasi ishlab chiqarish boʻyicha korxonada 1-agregat
foydalanishga topshirildi. 1965-yildan ammiak korxona toʻliq hajmda
ishlashga oʻtdi. Xom ashyodan kompleks foydalanish natijasida
korxonada nitron — "sunʼiy jun" tolasi ishlab chikaruvchi zavod kurilib,
1971-yilda ilk mahsulot olindi. Shundan beri toʻqimachilik, yengil va
boshqa sanoat uchun oʻta muhim hisoblangan "sunʼiy jun" ishlab
chikariladi. 1965— 75 yillarda ammiak va mineral oʻgʻitlar ishlab
chiqarishning 1—2—3navbatlari ishga tushirildi.
2001-yilda Germaniyaning "Lurgi Xemnits GmBX" firmasining
ishtirokida qurilgan va eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan xlor,
oʻyuvchi soda, xlor kislotasi va natriy gipo-xlorit ishlab chiqarish yoʻlga
qoʻyildi. Birlashmada xlorni qayta ishlab polivinilxloridga aylantirgan
holda kaustik soda ishlab chiqarish boʻyicha 2-navbat sexini qurish
loyihasi ustida ish olib borilmoqda.
"Navoiyazot" a.j. mahsulotlari Rossiya, Eron, Tojikiston, Ukraina, Buyuk
Britaniya, Niderlandiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, AQSH, Bolgariya
davlatlariga eksport qilinadi. Navoiy kimyo kombinata 1975-yilda
"Navoiyazot" ishlab chiqarish birlashmasiga, 2002-yilda "Navoiyazot"
ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Korxonada 11 mingga yaqin
muhandis-texnik xodimlar va ishchilar mehnat qiladi .
2. 916-sex-Nitrat kislotasi ishlab chiqarish
Azot (IV)-oksid kislotada eriydi va uni sariq yoki qizil rangga
bo‘yaydi. Suv bilan gidridlar hosil qiladi:
2NO2 + H2O→ HNO3 + HNO2
Nitrat kislota - kuchli oksidlovchidir. Platina, rodiy, iridiy, oltindan
tashqari hamma metallar konsentrlangan nitrat kislota ta’sirida
oksidlarga aylanadi.
Temir suyultirilgan nitrat kislotada yaxshi eriydi, konsentrlangan
kislota esa uning yuzasida yupqa, lekin quyuq qatlam - temir oksid
hosil qiladi va bu qatlam temirni keyinchalik emirilishidan
saqlaydi. Konsentrlangan nitrat kislota po‘lat sisternalarda
tashiladi.
Ko‘p organik birikmalar konsentrlangan nitrat kislota ta’sirida
parchalanadi, ba’zi birlari alangalanadi. Sanoatda chiqarilayotgan
nitrat kislota ikki navli bo‘ladi:
birinchi nav - suyultirgan kislota bo‘lib, tarkibida 50-60% nitrat
kislota ;
ikkinchi nav - konsentrlangan (96-98%) nitrat kislota tutadi.
Nitrat kislotadan sanoat va qishloq xo‘jaligida keng foydalaniladi.
Ishlab chiqarilgan kislotaning 40%iga yaqini azotli mineral o‘g‘itlar
olish uchun sarfdlansa, qolgan qismidan sintetik bo‘yoqlar,
nitrolaklar, portlovchi moddalar, plastmassalar, dorivor vositalar
va ko‘pgina boshqa muhim birikmalar olinadi.
Suyultirilgan nitrat kislotaning ishlab chiqarish quyidagi reaksiyalar
asosida boradi:
Ammiakni azot (II)- oksidigacha kontaktli oksidlash:
4NH3 + 5O2 ⮀ 4NO +6H2O (4.6.2)
Azot (II)- oksidni azot( IV)-oksidgacha oksidlash:
2NO + O2→ 2NO2 + Q (4.6.3)
2NO + O2→ 2NO2 + Q (4.6.3)
Azot (IV)-oksidni suvga yuttirish:
4NO2 +2H2O + O2 → 4HNO3 (4.6.4)
Birinchi bosqich reaksiyasida ammiakning havo kislorodi bilan
oksidlanish darajasi 98% ni tashkil qiladi.
Sanoatda nitrat kislota ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida
ammiak, havo va suvdan foydalaniladi.
Sintetik ammiak ma’lum darajada katalizator changlari, surkov
moylari(porshenli kompressor bilan siqishda o‘tadi) bilan
ifloslanadi. Toza ammiak olish uchun bug‘latish stansiyalari va
suyuq ammiakni distillash qurilmalaridan foydalaniladi. Keyingi
tozalash ishlari chichevisesimon elementlardan iborat qog‘oz
filtrlarda amalga oshiriladi.
Atmosfera havosi ishlab chiqarish korxonasi yaqinidan surish
yo‘li bilan olinadi. Bu havo changlar va turli gazsimon birikmalar
bilan ifloslangan bo‘ladi. Ular ammiakni konversiyalashda
katalizatorlarni zaharlashi mumkin. SHu sababli ulardan havoni
tozalash uchun suv bilan boyitilgan skruberlardan foylalaniladi.
So‘ngra ikki bosqichli filtrlashdan o‘tkaziladi.
Texnologik ehtiyoj uchun qo‘llaniladigan suv turli mexanik
aralashmalardan va kimyoviy moddalardan maxsus usullarda
tozalanadi. Refaol nitrat kislotasini olish uchun ehtimoli bo‘lgan
qo‘shimchalardan tozalangan bug‘li kondensatdan foydalaniladi.
Ammiakni katalizator ishtrokisiz oksidlanganda faqat azotgina
hosil bo‘ladi.
Katalizator ishtirokida ammiak va havo kislorodi o‘rtasida qator
parallel reaksiyalar sodir bo‘ladi:
4NH
3
+5O
2
=4NO+6H
2
O ∆H= -946,0 kj
4NH
3
+3O
2
=2N
2
+6H
2
O ∆H= -1328 kj
4NH
3
+4O
2
=2N
2
O +6H
2
O ∆H= -1156 kj
Bu reaksiyalar bilan bir paytda qo‘shimcha reaksiyalar (parallel
va oraliq) ham sodir bo‘ladi:
4NH
3
+6NO=5N
2
+6H
2
O
2NH
3
=N
2
+3H
2
2NO=N
2
+O
2
Keltirilgan reaksiyalar yig‘ma reaksiya tenglamalari bo‘lib,
ammiak konversiyasi jarayonini va aniq jarayon mexanizmini to‘la
aks ettira olmaydi.Ammiakni oksidlashda qo‘llaniladigan
katalizatorlar benihoyat darajada selektivlik xususiyatiga ega
bo‘lmog‘i lozim, ya’ni bir necha qator borishishi mumkin bo‘lgan
reaksiyalar ichidan aynan ammiakni azot (II)- oksidgacha
oksidlanishini tezlashtirishi lozim. Bu jarayon uchun nisbatan
selektivlik va faollik xossasiga platinali kontakt massa, tarkibi
platinani rodiyli qotishmasi mos keladi.
Ammiakni oksidlash jarayoni ko‘p bosqichli tashqi diffuzion
sohada boruvchi va katalizator sirtida ammiakni diffuziyalanishi
ustunlikka ega bo‘lgan geterogen- katalitik jarayon hisoblanadi.
Ammiakni katalitik oksidlanish tezligi juda tez bo‘lib, sekundning
o‘n mingdan ulushlari ichida ammakning 97-98 %i atmosfera
bosimida va 95-96%i 0,88-0,98 MPa bosimda azot (II)-oksidga
aylanib bo‘ladi. Biroq azot (II)-oksidning chiqish unumi texnologik
parametrlarga (harorat, bosim, gazlarni oqim tezligi, ammiak-havo
aralashmasidagi ammiakning miqdori, katalizator to‘rining soni va
boshqa omillar) bog‘liq ravishda ayni bir katalizatorning o‘zida
turlicha bo‘lishi mumkin.
Platinaning boshqa katalizator turlariga nisbatan faolligi va
selektivligi jihatdan ustunligi 1902-yilda Ostvald tomonidan
aniqlangan. Ammiakni oksidlanish reaksiyasiga ko‘pgina metallar
va ularning qotishmalari yuqori faollikni namoyon qiladi, biroq
ularning ozginasigina NO ni yuqori chiqishini (90%dan yuqori)
ta’minlay oladi.
Yuqori faollik va selektivlikka ega bo‘lgan holda platina quyi
yonish haroroatiga 200℃, yaxshi plastiklik va cho‘zilanuvchan
xosasiga ega. Platinaning kamchiligi uni yuqori harorat va gazlar
oqimi ta’sirida tez emirilishi, hamda oson zaharlanishidir.
Ammiakni oksidlash uchun ko‘pgina sanoat sinovlaridan so‘ng
tarkibi: atmosfera bosimida ishlaydigan texnologik sxema uchun
platinaga 4% Pd va 3,5% Rh qo‘shilgan, yuqori bismda ishlaydigan
texnologik sxema uchun platinaga 7,5% Rh qo‘shilgan kontakt
massadan foydalaniladi. Katalizatorlardan unumli foydalanish
maqsadida to‘r tarzidagi kontakt massa tayyorlanadi.
Katalizatordan bunday shaklda foydalanish eksplatasiyada oddiy
va qulay bo‘lib, metall sarfini minimallashtirishga olib keladi. To‘r
simlarining diametri 0,09 mm.ni, yachayka tomonlarining o‘lchami
0,22 mm.ni, 1sm uzunlikdagi yachaykalar soni 32 tani va 1sm3
dagi yachaykalar soni 1024 tani tashkil etadi.
Platinorodiyli (GIAP-1) va platinorodiypalladiyli (qotishma №5)
katalizatorlar ammak va havo tarkibidagi qo‘shimchalar ta’siriga
juda sezgir bo‘ladi. Platina katalizatori gaz aralashmasidagi chang,
moy, oltingugurt va boshqa moddalarga sezgir bo‘lib, ular ta’sirida
tez zaharlanadi. Bunday qo‘shimchalarga fosfor va mishyak
gidridlari, ftor va uning birikmalari, dixloretan, mineral moylar,
asetilen, SO2, H2S va boshqalar kiradi. SHuning uchun gazni
yaxshilab tozalash zarur bo‘ladi. Platinali katalizator juda qimmat
bo‘lgani uchun arzonlarini topish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bunday katalizator temir-xromli katalizatorlar hisoblanadi. Ular
donachalar shaklida platina to‘ridan keyin solinadi. Ammiak-havo
aralashmasi ko‘proq vaqt katalizator bilan kontaktda bo‘lish uchun
kontakt to‘rlardan bir nechtasi (3-18 tagacha) kerak bo‘ladi.
Ammiakni oksidlanish jarayonida platinali katalizator to‘ri kuchli
mo‘rtlashadi va buning natijasida to‘r sirti taxminan 30 barobar
ortadi. Amaliyotda katalizator to‘rining ishlash muddati atmosfera
bosimi uchun 14 oygacha, 0,73 MPa bosim uchun 8-9 oygacha
bo‘ladi.
Katalizator to‘rlari issiqlik akkumulyatorlari vazifasini bajaruvchi
kolonkalarga o‘rnatiladi. Konvertor tiklovchi-qozonning yuqori
qismga o‘rnatilgan. Uning sutkalik quvvati 48-50 tonna HNO3
tashkil qiladi.
Havo bosimida ishlaydigan moslamalarda gazning harorati 700-
800℃ tutiladi. Ammiakni oksidlash natijasida hosil bo‘lgan nitroza
gazlari tarkibida azot (II)- oksididan tashqari azot, kislorod va suv
bug‘larini tutadi. Nitroza gazlarini qayta ishlab uning tarkibidagi
azot azot (II)-oksidni azot (IV)-oksidga oksidlab nitrat kislotasi
ishlab chiqarish zarur. Oksidlash reaksiyasi qaytar, hajm kamayishi
va reaksiya ekzotermik bo‘lganligi tufayli issiqlik ajralishi bilan
boradi:
2NO + O2⮀ 2NO2 ∆H= –124 kj
Atmosfera bosimidan yuqoridan ammiak-havo aralashmasini
berish Le-Shatele prinsipiga muvofiq haroratning kamayishi va
bosimning ortishi reaksiya muvozanatini o‘ng tomonga, ya’ni NO2
hosil bo‘lish tomonga siljishiga sabab
bo‘ladi
3. 911- sonli sex haqida ma’lumot
Sex vinilxlorid monomeri va undan polivinilxlorid olish uchun
mo’ljallangan. Vodorod xlorid va atsetilenni smobli katalizatorlar
to’ldirilgan reaktorlarda sintez qilib vinilxlorid monomeri olinadi va
keyinchalik polimerlanish jarayoni orqali polivinilxlorid olinadi. Sex
2019- yilda ish boshlagan. Yillik loyha quvvati 100000t.
911-sexda 9 ta bo’lim mavjud.
301- korpus 1 b’lim hisoblanib bu yerda aralashtirgich bor . 909-sexdan
99% li asetilen keladi. 94.5% li HCl gazi beriladi. Moddalar massa nisbat
1:1.03 nisbatta bo’lishi kerak.
302- bo’limga berilgan aralashtirilgan gazlar avval issiqlik almashinish
qurulmasiga beriladi. Undan keyin joylashgan 16 ta reaktorda modda
hosil bo’ladi.Reaktorlar 2 pog’onaga bo’linadi.1 pog’ona dastlabki 10 ta
raktor . qolgan 6 reaktor esa 2- pog’ona hisoblanadi. Dastlabki 10
reaktorda 70%li vinilxlorid gazi hosil bo’ladi. 2- pog’onada esa 955
gacha vinilxlorid olishimiz mumkin. Har bir reaktorning ichida og’irligi
5.5 tonna bo’lgan HgCl
2
katalizatori mavjud.
O’rtacha harorat 100-160
0
C ni tashkil etadi. Bosim esa 20-30KPa . 78-
85 gradus dan modda hosil bo’lish jarayoni boshlanadi.
C
2
H
2
+HCl---C
2
H
2
Cl+H
2
303- Bo’lim- gaz tozalash bo’limi hisoblanadi. Mahsulot tarkibidada
mavjud bo’lgan 5% keraksiz chiqindi tozalanadi . Tozalash absorbsion
kallonnalarda amalga oshiriladi. Absorbsion kalonnaga 15% li NaOH
eritmasi beriladi. Bu orqali modda tarkibi CO va CO
2
dan holos bo’ladi.
304-bo’im kompressor bo’limi hisoblanadi. 5-10 KPa bosimni gazlarni
siqib 600-KPagacha ko’tarib beradi.
305-bo’lim. Rektifikatsion kalonna yengil qaynovch azot va vodorodni
ajratadi. Shu bilan birgalikda asetilen ham oz miqdorda ajratiladi va
jarayon boshiga yuboriladi.
Bosim 600KPa ni tashkil etadi. Temperature esa 42-43 gradus.
Keying rektifekatsion kalonna og’ir qaynovchi moddalarni ajratadi. Bu
yerda VXgaz holida ajratib olamiz.
VX sovutilib 99’95% li vinilxlorid monomeri hosil qilinadi.
306- bo’lim ombor bo’limi.
Bu yerda 3 ta 98 kubli yomkslar mavjud. 2 tasi tayyor mahsulot uchun
mo’ljallangan. Qolgan 1 tasi esa tahlil bo’zilgan hollarda mahsulot
beriladigan yomks hisolanadi.
308- bo’lim suv tozalash bo’limi. 2 ta katta bassiyn bor. Nasos orqali
yomg’ir va katalizator yuvulgan simobli suvlar bassiynga yuboriladi.
307-bo’limda smobli suv tarkibidagi smob ajratiladi. Yordamchi modda
diotamin, natriygidrosulfat, temir sulfat. Ajratilgan simob avval 302-
bo’limga , undan keyin esa qayta ishlash uchun Xitoyga yuboriladi.
4. Mahsulot haqida ma’lumot
VXM polivinil xlorid ishlab chiqarish uchun homashyo hisoblanadi.
Kimyoviy formulasi CH
2
=CH
2
-Cl
VXM normal sharoitda yengil , shirin hidli rangsiz gaz hisoblanadi.
Qaynash harorati 13.9
Molikulyar massasi 62.498 g/mol
Tayyor mahsulot hajmiy ulushi 99.95 foiz bo’lgan PVX olish uchun
ishlatiladi. Qo’shimcha mahsulotlar sintez homashyo sifatida methanol
ishlab chiqarish bo’limiga yetkazib beriladi.
VXM sintez jarayoni kimyosi
Aktivlashgan uglerodda smob xlorid asosidagi
katalizator ishtirokida asetilen ning gidroxlorlanishiga asoslangan.
Aktivlovchi smob II xlorid ishtirokida , asetilen va vodorod xlorid gaz
fazali adiabatic reaksiyaga kirishadi:
CH=CH+HCl----CH
2
=CHCl
Yuqoridagi reaksiya 5 bosqichga bo’linadi: Diffuziya- ichki diffuziya-sirt
reaksiyasi-ichki diffuziysa- tashqi diffuziya.
Reaksiya mexanizmi quyidagicha bo’ladi:
Simob xlorid asetilenga qo’shilib oraliq mahsulot vinilxlorid, smob xlorid
hosil bo’ladi. Agar asetilen va HCl ning massa nisbati past bo’lsa hosil
bo’lgan vinilxlorid vodorod xlorid bilan qo’shimcha ravishda dixloretan
hosil qilishi mumkin. Agar asetilen va vodorod xlorid nisbati yuqori
bo’lsa ortiqcha asetilen smob xlorid kataliztorini smob xlorid yoki metal
smobga qaytaradi. Bu esa katalizatornbi neytrallaydi va
dikloretilenqo’shimch mahsulotlarini hosil qiladi.
VXM sinteziga ta’sir etuvchi omillar
Reaksiya haroratining oshishi bilan VXM asetilenining sintez tezligi
sezilarli darajada tezlashadi, bu esa sanoat ishlab chiqarishi uchun
zarurdir, ammo haroratning oshishi har xil oqibatlarga olib kelishi
mumkin.
Katalizator faoliyati: smob xloridning harorati oshirilganda sublimatsiya
sezilarli darajada sodir bo’ladi, yuqori haroratda smob xlorid osonlik
bilan asetilen bilan reaksiyaga kirishadi , erkin Hg ga parchalanadi.
Sublimatsiya vatiklash katalizator ishlash muddatini qisqartiradi.
5. Microsoft Windows uchun Visio 2013-ni ikkita nashrda taqdim etdi:
Standart va Professional. Standard va Professional nashrlari bir xil
interfeysga ega, ammo Professional nashrida yanada rivojlangan
diagrammalar va maketlar uchun qo'shimcha shablonlar mavjud,
shuningdek, foydalanuvchilar o'zlarining diagrammalarini ma'lumot
manbalariga ulashlarini va ularning ma'lumotlarini grafik ko'rinishda
namoyish etishni osonlashtiradigan imkoniyatlar mavjud. Professional
nashrida uchta qo'shimcha diagramma turi, shuningdek, aqlli qoidalar,
tekshirish va pastki ishlov berish (diagrammaning buzilishi) mavjud.
Visio Professional shuningdek, qo'shimcha komponent sifatida taqdim
etiladi .
2015 yil 22-sentyabrda Visio 2016 chiqarildi Microsoft Office 2016.
Excel ma'lumotlari bilan bir bosqichli ulanish, Visio fayllari uchun
axborot huquqlarini boshqarish (IRM) himoyasi, ofis maketi uchun
zamonaviy shakllar, sayt rejalari uchun batafsil shakllar, pol rejalari
uchun yangilangan shakllar, uy uchun zamonaviy shakllar kabi bir
nechta yangi xususiyatlar qo'shildi. rejalar, elektr diagrammalar uchun
IEEE-ga mos shakllar, boshlang'ich diagrammalarning yangi diapazoni va
Visio interfeysi uchun yangi mavzular.
Ma'lumotlar bazasini modellashtirish Visio ma'lumotlar bazasi modeli
diagrammasi (DMD) atrofida aylanadi.
Visio-ning barcha oldingi versiyalarida VSD ishlatilgan, ikkilik fayl
formati. Visio 2010 hujjatlashtirilgan VDX fayl formatini qo'llab-
quvvatladi XML Sxemaga asoslangan ("DatadiagramML") formati,
ammo VSD-ni sukut bo'yicha ishlatadi.
Visio 2013 yangi VSDX va VSDM fayl formatlari foydasiga VDX
fayllarini yozishni qo'llab-quvvatlaydi,[10] va ularni sukut bo'yicha
ishlatadi. Asosida yaratilgan Paket konventsiyalarini oching (OPC)
standarti (ISO 29500, 2-qism), VSDX yoki VSDM fayli a arxivlangan XML
fayllar guruhidan iborat. Zip fayli. VSDX va VSDM fayllari faqat VSDM
fayllari bo'lishi mumkinligi bilan farq qiladi makrolar. Ushbu fayllar
sezgir bo'lgani uchun makro virus infektsiya, dastur ularga nisbatan
xavfsizlikni kuchaytiradi.
VSD fayllaridan foydalanishda LZW o'xshash kayıpsız siqilish, VDX
siqilmagan. Shunday qilib, VDX fayli odatda 3-5 baravar ko'proq
saqlashni talab qiladi.[iqtibos kerak ] VSDX va VSDM fayllari Zip fayllari
bilan bir xil siqishni ishlatadi. Visio shuningdek, fayllarni SVG fayllarida,
boshqa diagramma fayllarida va rasmlarda saqlashni qo'llab-
quvvatlaydi. Biroq, rasmlarni ochib bo'lmaydi.
Tarix
Visio Shapeware korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan mustaqil
mahsulot sifatida boshlandi; 1.0 versiyasi 1992 yilda jo'natilgan.
Dastlabki versiyasi - 0.92, Microsoft Windows tizimining tayyorligini
baholash dasturi bilan birga disketada bepul tarqatilgan. 1995 yilda
Shapeware korporatsiyasi o'z nomini o'zgartirdi Visio korporatsiyasi
bozor tan olinishi va tegishli mahsulot kapitalidan foydalanish.
Microsoft Visio-ni 2000 yilda qayta sotib olib, uni a Microsoft Office
dastur. Yoqdi Microsoft loyihasi ammo, u hech qachon rasmiy Office
paketlariga rasmiy ravishda kiritilmagan (garchi u Office 2003 diskida
bo'lsa va agar foydalanuvchilar u erda ekanligini bilsalar, o'rnatilishi
mumkin)[iqtibos kerak ]). Microsoft tarkibiga a Korxona me'morlari
uchun Visio ning ba'zi nashrlari bilan nashr etilgan Visual Studio .NET
2003 va Visual Studio 2005.
Microsoft Visio 2002 Professional bilan bir qatorda Microsoft Visio
Enterprise Network Tools va Visio Network Center-ni taqdim etdi. Visio
Enterprise Network Tools avtomatlashtirilgan tarmoq va katalog
xizmatlarini diagrammasini yaratishga imkon beradigan qo'shimcha
mahsulot edi. Visio Network Center obunaga asoslangan veb-sayt
bo'lib, u erda foydalanuvchilar eng so'nggi ma'lumotni topishlari
mumkin edi tarmoq hujjatlari 500 ta etakchi ishlab chiqaruvchilarning
tarkibini va aniq nusxalarini tarmoq uskunalari shakllari. Birinchisi
to'xtatildi, ikkinchisining shakl topish xususiyatlari endi dasturning
o'zida birlashtirildi. Visio 2007 2006 yil 30-noyabrda chiqarildi
Dostları ilə paylaş: |