Dinshunoslik


  5-mavzu. YANGI DINIY HARAKATLAR VA SEKTALAR



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/45
tarix23.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#120145
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45
Oquv qollanma Dinshunoslik

 


58 
5-mavzu. YANGI DINIY HARAKATLAR VA SEKTALAR 
Reja: 
1. Dunyoning konfessional manzarasi. 
2. Soxta xristianlik harakatlari. 
3. Islom dini doirasida yuzadagi diniy harakat va oqimlar. 
4. O‘zbekistonda faoliyati aniqlangan norasmiy diniy jamoalar. 
 
Tayanch tushunchalar: Din, konfessiya, sekta, diniy tashkilot, missionerlik, 
xarizmatika, 
xristianlik, 
islom, 
buddaviylik, 
hinduiylik, 
xitoy 
dinlari, 
O‘zbekistondagi diniy konfessiyalar, mormonlar, Krishnani anglash jamiyati, 
Iyegovo shohidlari, Bahoiylik, Bobiylik, noan’anaviy dini oqim, Ahmadiya. 
Mavzu o‘quv maqsadi: Konfessiya, sekta tushunchalarining mazmun-
mohiyati, bugungi kunda dunyoning konfessional xaritasida bo‘layotgan 
o‘zgarishlar, dinlarning geografiyasidagi yangi tendensiyalar va ularni keltirib 
chiqarayotgan omillar haqida talabalarda keng tasavvur hosil qilish. 
XIX-XX asrlarda yirik dinlar doirasida yuzaga kelgan diniy tashkilotlar, 
ularning e’tiqodi va faoliyati, jamiyatga ta’siri haqida talabalarda keng tasavvur 
hosil qilish. 
1. Dunyoning konfessional manzarasi. «Konfessiya» so‘zi (lotincha – 
«confessio») o‘zbek tiliga aynan tarjima qilinganda «e’tiqod qilish», degan 
ma’noni anglatadi. Umuman olganda, diniy konfessiya deganda muayyan diniy 
ta’limot doirasida shakllangan va o‘ziga xos xususiyatlarga ega e’tiqod va ushbu 
e’tiqodga ergashuvchilar jamoasi tushuniladi. Bir din doirasida yuzaga kelgan 
bo‘lsa-da, aqidalar borasida farqlanadigan jamoalar ham diniy konfessiyalar 
jumlasiga kiradi. 
Shuni inobatga olgan holda, mutaxassislar hozirgi kunda dunyoda taxminan 
1000 dan ortiq diniy konfessiyalar mavjud, deb hisoblaydilar. Islom dinida bunday 
holat kuzatilmaydi. Hech qaysi mamlakatda hanafiy mazhabi alohida, boshqa 
mazhablar alohida konfessiya sifatida ro‘yxatdan o‘tmaydi. Masalan, 
O‘zbekistonda ham bir necha shia jamoalari bo‘lishiga qaramay, ular o‘zlarini 
alohida diniy konfessiya hisoblamaydilar. 
Din jamiyat hayotining tarkibiy qismi sifatida kishilarning ijtimoiylashuviga, 
ularning turmush tarzini tashkil etish va tartibga solishga xizmat qiluvchi me’yoriy 


59 
omillardan biri bo‘lib kelgan. Dinning bunday roli uning tarixan shakllangan 
o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Chunki, din, birinchidan, umuminsoniy 
axloq me’yorlarini o‘ziga singdirib olib, ularni hamma uchun majburiy xulq-atvor 
qoidalariga aylantirgan; ikkinchidan, odamlarning bahamjihat yashashiga 
ko‘maklashgan; uchinchidan, odamlarda ishonch hissini mustahkamlagan hamda 
hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni yengib o‘tishlarida kuch 
bag‘ishlagan; to‘rtinchidan, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish 
hamda avloddan-avlodga yetkazishga yordam bergan va shu yo‘l bilan madaniyat 
rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan. 
Bugungi kunda dinga bo‘lgan qiziqishning kuchayib borishi globallashuv 
jarayonlarining o‘ziga xos in’ikosi deyish mumkin. Zero, globallashuv dunyoni bir 
butun va yaxlit qila borishi bilan bir qatorda, uning hosilasi sifatida alohida olingan 
millat va jamiyatlar darajasida o‘z-o‘zini anglashga bo‘lgan intilishning 
chuqurlashuviga ham zamin yaratmoqda. Bu jarayonlar o‘z navbatida inson 
ma’naviyatining uzviy qismi bo‘lgan dinning mohiyatini tushunish, uning inson va 
jamiyat hayotidagi o‘rnini anglashga bo‘lgan e’tiborning kuchayishini keltirib 
chiqarmoqda. Shu bilan birga, dinga bo‘lgan qiziqishning kuchayishi bugungi 
kunda kishilik jamiyati oldida turgan muammolar, insonning ularni hal qilish 
yo‘llari haqidagi o‘y-izlanishlari, dunyoviy va diniy qadriyatlar uyg‘unligini 
ta’minlagan holda bugungi kunning og‘ir va murakkab savollariga to‘laqonli javob 
topishga intilishi bilan bog‘liq ekanini ham alohida qayd etish lozim. 
Mutaxassislar ma’lumotlariga ko‘ra, XX asrning ikkinchi yarmida 
xristianlik, buddaviylik, islom va boshqa dinlar doirasida yuzlab sektalar paydo 
bo‘lgan. Bu shunday jarayonlar kelajakda davom etishi mumkinligini taxmin qilish 
imkonini beradi. 
Yangi diniy harakatlar (YADH) deganda odatda XX asrning 70-yillarida 
Yevropa va AQSHda tarqalgan noan’anaviy diniy guruhlar va oqimlar nazarda 
tutiladi. Tadqiqotchilar bunga an’anaviy dinlardagi inqiroz davri sabab 
bo‘lganligini ta’kidlaydilar. YADH liderlari jamiyat kayfiyatidagi o‘zgarishlarni, 
bu «o‘tkinchi dunyo»ning nuqsonlarini fosh qilib, o‘zlarini «xaloskor», yuksak 
axloqli «haqiqatgo‘y» sifatida ko‘rsatdilar. YADH to‘riga ko‘proq yoshlar 
ilinadilar.
Odatda YADH qat’iy ta’limotga ega bo‘lmagan tashkilot bo‘lib, uning faoliyati 
lider roli bilan belgilanadi. Liderlar an’anaviy diniy qadriyatlarga qarshi tashviqot 
ishlarini olib boradilar. Diniy hayot maxsus ishlab chiqilgan tartib qoida va 
nizomlar orqali amalga oshiriladi. YADHning ba’zilari dunyoning turli 


60 
burchaklarida o‘z bo‘linmalariga ega bo‘lgan, biznes bilan shug‘ullanuvchi yirik 
xalqaro korporatsiyalarga aylangan.
YADH meditatsiya amaliyotini keng qo‘llaydilar, tashkiliy jihatdan piramida 
shaklida boshqariladi. Ularning aksariyati noqonuniy faoliyat yurituvchi, kriminal 
tashkilotlardir (Masalan, «Aum Sinrikyo» (Yaponiya), «Quyosh ehromi» (Fransiya 
va Kanada) va b.).
Diniy ta’limotlarni buzib talqin qiluvchi harakatlarga: 

protestantlarning «ikkilamchi» birlashmalari – «Yahve shohidlari» 
(«Свидетели Иегова»), «Oxirgi kun avliyolari Iso Masih cherkovi» 
(mormonlar), «Masih cherkovi» (Boston harakati); 

soxta xristian harakatlar – «Mun birlashtirish cherkovi», «Vissarion oxirgi 
Ahdi cherkovi», «Oq birodarlar»;

sayentologik kultlar – «Xristian ilmi», «Ron Xabbard sayentologiya markazi», 
«Kloneyd», «Oq ekologlar» harakati; 

neo- va kvazioriyentalistik maktablar va kultlar – «Tirik axloq»(Agni yoga), 
«Krishnani anglash jamiyati», «Transsendental meditatsiya», «Aum-Sinrikyo», 
«Saxadja-yoga» va b.);

Yangi majusiy tashkilotlar va kultlar – «Runvira» ukrain milliy e’tiqodi 
cherkovi, Rossiya jarangli kedrlari, Omsk «qadimgi diniy e’tiqodiga qaytish 
kulti» va boshqalar kiradi. 
«Sekta» so‘zi, eng umumiy ma’noda, muayyan diniy, siyosiy yoki falsafiy 
qarashlarga ergashuvchilar guruhini anglatadi. «Diniy sekta» deganda ma’lum bir 
dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va 
konfessiyalarga umuman aloqasi bo‘lmagan holda din bayrog‘i ostida faoliyat 
ko‘rsatadigan guruhlar tushuniladi. Bugungi kunda har ikkala yo‘nalishga mansub 
bo‘lgan ko‘plab sektalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Mutaxassislar ularning sonini 
taxminan 5000 atrofida, deb ko‘rsatadilar. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin