O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a a. V. Narbekov dinshunoslik asoslari toshkent



Yüklə 489,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/49
tarix23.05.2023
ölçüsü489,79 Kb.
#120147
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49
c1ac7a2db35cc9d043f33d38d301475b Dinshunoslik asoslari o`quv qo`llanma

Ibodat qilish – dindorning yoki dindorlar guruhining xudoga, 
avliyolarga iltimos, shikoyat yoki minnatdorchilik bildirib, bevosita 
murojaat qilishi. Bunda kishi tanasining holatiga alohida e’tibor beriladi, 
chunki ibodatning turiga yoki mazmuniga ko‘ra, kishining tiz cho‘kishi, 
qo‘llarini ko‘targan holatda yoki ko‘zini yumib turishi talab qilinadi. 
Pravoslav cherkovida, odatda, ibodat tik turib bajarilishi sababli 
dindorlarning o‘tirishlari uchun kursilar qo‘yilmaydi. 
Xochga sig‘inish – Iso Masihning xochga mixlab qo‘yilishi bilan 
bog‘liq marosim. U xristianlikning timsoli hisoblanadi. Bu pra-
voslaviyening eng muhim elementlaridan biri bo‘lib, diniy rivoyatlarda 
yozilishicha, Iso Masihning qoni to‘kilganligi sababli, xoch ilohiy kuchga 
ega bo‘lgan. U odamlarni yovuz kuchlardan saqlaydi. Xoch to‘rt burchakli, 
olti burchakli (Isoning boshidan balandroq qilib xochga yozuv taxtachasi 
qoqib qo‘yilganligi sababli), sakkiz burchakli (Isoning oyog‘i bilan 
tayanishi uchun xochga taxtacha qoqib qo‘yilganligi sababli) shakllarda 
tasvirlanadi. Xochning barcha shakllaridan keng foydalaniladi va ular bir 
xil ahamiyatga ega. 
Butlarga sig‘inish – pravoslaviye marosimlarining muhim 
elementlaridan biri. Butlarda Ota xudo, O‘g‘il xudo, Muqaddas Ruh, 
Muqaddas uchlik, Bibi Mariyam, avliyolarning va yevangeliyalar mual-
liflarining tasvirlari chizilgan yoki o‘yib ishlangan bo‘ladi. Diniy 
rivoyatlarga ko‘ra, xristianlar butlarda tasvirlangan personajlarga sig‘inishi 
yoki ular bilan bevosita muloqot qilishi mumkin. Butlar ilohiy kuchga ega 
bo‘lib, odamlarga kundalik muammolarini hal qilishlarida ko‘maklashadi. 
Pravoslaviyeda Bibi Mariyamning tasviri chizilgan butlar alohida 
ulug‘lanadi. Diniy rivoyatlarda yozilishicha, butlar tirik mavjudotlar kabi 
xislatlarga ega. Ular odamlar singari ko‘radi, eshitadi, og‘riqni sezadi, 
iztirob chekadi, ucha oladi, suvda suzadi va qo‘yilgan joyidan ketib qolishi 
mumkin. Butlardagi personajlar turli qiyofalarda tasvirlanadi. Masalan, Iso 
Masih VII asrgacha qo‘y yoki baliq qiyofasida, Muqaddas Ruh kabutar 
ko‘rinishida, havariylar: Luka – buqa, Ioann – burgut singari qiyofalarda 
tasvirlangan. Personajlar qiyofalarida milliylik belgilari mavjud. 
115


Avliyolarga sig‘inish. Avliyolar – xristianlikda o‘zini xudoga xizmat 
qilishga bag‘ishlab, taqvodorlik bilan yashaganligi uchun narigi dunyoda 
mukofotlangan va odamlarning taqdiriga aralashishdek mo‘jiza ko‘rsatish 
kuchi baxshida etilgan kishilar. Xristianlikda aytilishicha, avliyolar 
odamlarga homiylik qilishlari va hayotiy muammolarining hal etilishiga 
ko‘maklashishlari mumkin. Ular xudo va odamlar o‘rtasidagi 
vositachilardir. Avliyolar mahshar kuni kishilar gunohining kechirilishini 
xudodan so‘rab berishlari mumkin. 
Xristianlik shakllanayotgan davrlarda odamlarga xizmatlari uchun 
avliyo unvoni berishning umum e’tirof etgan qoidasi hali ishlab 
chiqilmagan edi. Shu bois o‘sha davrlarda afsonaviy obrazlar, xalq folklori 
qahramonlari va majusiy ma’budlar ham avliyo deb e’lon qilingan. 
Keyinchalik bu masaladagi noaniqliklar bartaraf etilgan (jumladan, 
pravoslaviyeda avliyo unvonini berish masalasi bilan maxsus komissiya 
shug‘ullanadi va uning taklifi muqaddas Sinodda ko‘rib chiqilganidan 
keyin muhokamaga qo‘yiladi hamda qaror qabul qilinadi). Avliyolar 
ijtimoiy hayotdagi ahamiyatiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi va 
quyidagilarga bo‘linadi: farishtalar, payg‘ambarlar, havariylar, 
taqvodorlar, haqiqat uchun kurashganlar va hokazo. 
Marhumlarga sig‘inish – vafot etgan kishining mayyiti xudoning 
irodasi bilan chirishdan saqlanib qolishiga ishonish. Xristianlar chirimay 
saqlanib qolgan shahidlar mayyitida ilohiy kuch mujassamlashganligiga va 
uning odamlarga foyda keltirishi mumkinligiga ishonadilar. 
Pravoslaviyeda chirishdan saqlanib qolgan tananing qismlarida ham 
mo‘jizaviy kuch bor deb hisoblanadi. 
Pravoslaviye ta’limotini targ‘ib qilishda diniy bayramlarga alohida 
e’tibor beriladi. Chunki pravoslaviyeda bayramlar juda ko‘p bo‘lib, 
ahamiyatiga ko‘ra, katta, o‘rta va kichik bayramlarga bo‘linadi. 
Katta bayramlarning eng nufuzlisi pasxa (grekcha pascha – qadimgi 
yahudiy tilidagi pesach so‘zidan olingan va so‘zma-so‘z tarjimasi – kelib 
chiqish, nasl-nasab, asli degan ma’nolarni anglatadi) bayramidir. Bu 
bayram Isoning xochga tortib o‘ldirilganidan keyin mo‘jizaviy qayta 
tirilishi xotirasiga bag‘ishlanadi. Xristianlikdagi ushbu bayram 
iudaizmdagi messiyaning kelishiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan pasxa 
bayramidan o‘zlashtirilgan. Dastlabki davrlarda ularning o‘tkazilish vaqti 
ham bir kunga to‘g‘ri kelgan. Pasxa bayrami iudaizmdagi pasxa bayrami 
tugaganidan keyingi birinchi yakshanbada o‘tkaziladi. U bir hafta davom 
etadi. 
116


Pasxadan keyin (ahamiyatiga ko‘ra) ulug‘ bayram hisoblanuvchi o‘n 
ikkita bayram qabul qilingan. Ular quyidagilardan iborat: 
– Isoning tug‘ilishi; 
– Xudoning cho‘qintirilishi; 
– Uchrashuv; 
– Ilohiy xushxabar; 
– Xudo qiyofasining o‘zgarishi; 
– Bibi Mariyamning tug‘ilishi; 
– Bibi Mariyamni xotirlash; 
– Isoni xochga tiklash; 
– Xudoning Quddusga kelishi; 
– Isoning osmonga ko‘tarilishi; 
– Muqaddas uchlik. 
Yuqorida sanab o‘tilgan o‘n ikkita ulug‘ bayramlar orasida Isoning 
tug‘ilishi va Muqaddas uchlik alohida mavqega ega. 
Isoning tug‘ilishi bayrami – O‘g‘il xudo Iso Masihning tug‘ilishiga 
bag‘ishlab o‘tkaziladigan bayram. Injilda Bibi Mariyam iffati saqlanib 
qolgan holda Ota xudodan ilohiy homilador bo‘lganligi va natijada Iso 
Masih tug‘ilganligi qayd etiladi. Iso Masihning tug‘ilishi insoniyat tarixida 
beqiyos ahamiyatga ega voqea bo‘lgan. Iso tug‘ilgan kundan boshlab 
barcha odamlar uchun xalos bo‘lish, abadiy hayot va rohat-farog‘atda 
yashash imkoniyati ochilgan. Dastlab Isoning tug‘ilgan kunini xristianlar 

yanvarda nishonlaganlar. Keyinchalik uni 25 
dekabrda nishonlash 
belgilangan. Yil hisobida farq bo‘lganligi uchun Isoning tug‘ilgan kuni 
katoliklarda 7 yanvarda, pravoslavlarda 25 dekabrda nishonlanadi. 
Katta bayramlarning keyingisi Muqaddas uchlik bayramidir. 
Xristianlarda bu pasxa bayramidan 50 kun o‘tganidan keyin nishonlanadi. 
Shu bois u ellik kunlik bayram deb ataladi. Injilda qayd etilishiga ko‘ra, 
Iso qayta tirilganidan keyin 50 kun o‘tgach, shogirdlari havariylarga 
Muqaddas Ruh ayon bo‘ladi. Aynan shu voqea kunda mo‘jiza yuz beradi. 
Havariylar zimmasiga «payg‘ambar»lik vazifasi yuklanadi va ular turli 
xalqlar tillarida gapira boshlaydilar. Shu voqeadan keyin havariylarning 
missionerlik (lotincha missio – xabar eltuvchi, zimmasiga yuklash degan 
ma’nolarni anglatadi) faoliyati boshlanadi. 
O‘n ikki bayramdan keyin ulug‘ bayramlar sifatida qabul qilingan 
beshta bayram turadi. Ular quyidagilardan iborat: Isoni xatna qilish, Ioann 
Predtechaning tug‘ilgan kuni, havariylar Ioann va Pavel kuni bayrami, 
Ioann Predtechaning boshi kesilishi va Homiylik bayrami. 
117


Xristianlikda nishonlanadigan o‘rta va kichik bayramlar asosan 
mahalliy ahamiyatga ega bo‘lib, odatda birorta mahalliy avliyoga 
bag‘ishlanadi. Bu bayramlar shu qadar ko‘pki, yilning har bir kuni biron-
bir avliyoga bag‘ishlangan bayramga to‘g‘ri keladi. 
Diniy bayramlar va marosimlarni bajarishda, dindorlar hayotida 
cherkov va ruhoniylar muhim o‘ringa ega. Cherkov Iso Masihning ilohiy 
«jismi»ga qiyoslanadi. U xudo va odam o‘rtasidagi vositachi maskan 
vazifasini bajaradi. Cherkovning muhim ijtimoiy vazifani bajarishi uni 
qurishda monumentallikka, bezaklarning go‘zalligi va hashamdorligiga 
alohida e’tibor berishni talab qiladi. Shuningdek, dindorlar cherkovga 
kelganida, binoning ulug‘vorligi, ichki va tashqi qismidagi hashamat, 
yuksak san’at darajasida bajarilgan bezaklari xudoning cheksiz qudratini 
namoyish qilishi bilan birga diniy bilim bergan, Injilning mazmuni bilan 
tanishtirgan. 
Cherkovda va’z aytiladi, xudoga sig‘inish marosimlari o‘tkaziladi, 
Injildan lavhalar o‘qilib, sirli marosimlar bajariladi. Pravoslaviyeda 
dindordan muntazam cherkovga qatnab turish talab qilinadi. 
Yuqorida qayd etilganidek, pravoslaviye katolitsizm kabi mar-
kazlashgan tashkilotga ega emas, u bir qator avtokefal cherkovlarga 
bo‘linadi. Avtokefal cherkovlarni boshqarish tartibi to‘g‘risida yaqqol 
tasavvurga ega bo‘lish uchun Rus pravoslav cherkovi boshqaruv tartibini 
tahlil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Rus pravoslav cherkoviga patriarx rahbarlik qiladi. Patriarx diniy 
ishlarga rahbarlik qilishda katta vakolatlarga ega. U diniy ta’limot va 
marosimlar bilan bog‘liq ishlarni hal qiladi, cherkovni boshqaradi va 
undagi sud ishlariga rahbarlik qiladi. U mustaqil cherkovlar bilan aloqa 
o‘rnatish ishlarini nazorat qiladi, yeparxiyalar arxiyereylarining (cherkov 
ma’muriy-hududiy birlashmasi rahbari, mitropolit, arxiyepiskop, yepiskop 
kabi unvonli kishi) faoliyatini nazorat qiladi, ularni lavozimiga tayinlaydi 
va ishdan bo‘shatadi, diniy unvonlar beradi. 
Rus pravoslav cherkovi ma’muriy-hududiy bo‘linishi bo‘yicha 4 ta 
ekzarxat (grekcha exarchos – boshliq, rahbar degan ma’nolarni anglatadi, 
cherkovlar okrugi, bir necha yeparxiyalardan tashkil topadi) va 76 ta 
yeparxiya (cherkov ma’muriy-hududiy birlashmasi)ga bo‘linadi. 
Boshlang‘ich tashkilotlar «qavmlar» deb ataladi. Qavmlar quyi ma’muriy-
hududiy cherkov tashkilotidir. Ular cherkov va unda faoliyat yurituvchi 
ruhoniylardan va shu hududda istiqomat qiladigan dindorlar jamoasidan 
tashkil topgan. Dindorlar jamoasi cherkov kengashi va taftish 
komissiyasini saylaydi. Taftish komissiyasi ijroiya organi hisoblanadi, 
118


ya’ni cherkovning xo‘jalik va moliyaviy ishlarini boshqaradi. Rohiblar 
ijroiya organining ishlariga aralashmaydilar, ular dindorlarning diniy 
ehtiyojlarni ta’minlash, ibodat qilish, diniy marosimlarni bajarish kabi 
vazifalar bilan shug‘ullanadilar. 
Rus pravoslav cherkovi ham (boshqa cherkovlardagi kabi) diniy 
mazhablarga bo‘linadi. XVII asrning o‘rtalarida jamiyatning inqirozi 
hamda bir qator obyektiv va subyektiv sabablar tufayli Rus pravoslav 
cherkovida bo‘linish yuz bergan, staroobryadchilik (eski e’tiqod 
tarafdorlari) diniy-ijtimoiy harakati vujudga kelgan. Cherkovdagi 
bo‘linishga patriarx Nikon (1605–1681)ning diniy islohotlari bahona 
bo‘lgan. Uning tashabbusi bilan ilgari rus tiliga tarjima qilingan diniy 
kitoblar bilan grek tilidagi asl nusxalar o‘rtasidagi tafovutlarni bartaraf 
etish ishlari olib borilgan. Cherkovda diniy marosimlarni bajarishning 
yagona tartibi joriy qilingan. Nikonning islohotlari diniy ta’limot asos-
lariga ta’sir etmagan. Masalan, islohotlar natijasida «Isus» so‘zi «Iisus» 
deb aytiladigan bo‘lgan, «pevs=» so‘zi «pesnopevs=» bilan 
almashtirilgan. Dindorlarning diniy marosimlar vaqtidagi harakatlarining 
yo‘nalishi o‘zgartirilgan. Yergacha ta’zim qilish, bel barobar ta’zim qilish 
bilan almashtirilgan va hokazo. Ko‘rinishidan jiddiy bo‘lmagan 
o‘zgarishlar jamiyatda og‘ir oqibatlarni keltirib chiqargan: diniy islohotlar 
mafkuraviy, ijtimoiy-siyosiy muammoga aylangan. Jamiyatda «Eski 
e’tiqod» tarafdorlari harakati vujudga kelgan. Harakat ishtirokchilari Rus 
pravoslav cherkovining betakror ahamiyatga egaligi va boshqa 
cherkovlardan, jumladan unga asos solgan Konstantinopoldan ham 
ustunligi g‘oyasi ilgari surilgan. Diniy marosimlar va udumlarda milliy 
xususiyatlarni saqlab qolish talab qilingan. Cherkov islohotlar mu-
xoliflariga qarshi qat’iy kurash olib borgan. Staroobryadchilar «murtad» 
deb e’lon qilingan. Butun mamlakat bo‘ylab qatag‘onlar, quvg‘inlar 
boshlangan, minglab kishilar qatl etilganlar, qiynoqqa duchor qilinganlar, 
qamoqqa tashlanganlar, surgun qilinganlar. 
Hukumat va rasmiy cherkovning staroobryadchilikka qarshi keskin 
tadbirlari harakatni yo‘q qila olmagan. Staroobryadchilar mamlakatning 
chekka o‘lkalariga qochib ketib, eski diniy e’tiqodlarini saqlab qolganlar. 
Ular davlat hokimiyatini iblisning gumashtalari deb hisoblaganlar va 
dunyoviy hayot bilan har qanday aloqalarni inkor etganlar. Hanuzgacha 
ularda diniy marosimlar eski diniy kitoblar asosida bajariladi, yil hisobi 
islohotlar davridagi eski taqvim asosida olib boriladi. 
Davlat hokimiyatining va rasmiy cherkovning staroobryadchilikka 
qarshi keskin kurashi ta’sirida uning saflarida turli yo‘nalishlar vujudga 
119


kelgan. XVII asrning oxirlarida «popchilar» va «popchilikni inkor 
qiluvchilar» yo‘nalishlari paydo bo‘lgan. «Popchilar» diniy udum va 
marosimlar poplarning rahbarligida bajarilishi kerak, deb hisoblaydilar. 
«Popchilikni inkor qiluvchilar» «haqiqiy» poplarni iblisning gumashtalari 
yo‘q qilgan deb, ularni inkor qiladilar. 
1971 yilda o‘tkazilgan Rus pravoslav cherkovining Pomestye soborida 
staroobryadchilikni dindan chiqqanlar (anafema) oqimi ekanligi 
to‘g‘risidagi qaror bekor qilingan. Rus pravoslav cherkovidagi bo‘linishni 
bartaraf etish uchun qulay shart-sharoit vujudga kelgan, lekin muxolif 
kuchlarning o‘zaro birlashuvi amalga oshmagan. Hozir ham mustaqil 
staroobryadchilik cherkovlari saqlanib qolgan. 
Pravoslaviyening ijtimoiy doktrinasi tarixiy davrlarning ijtimoiy-
siyosiy shart-sharoitlari ta’sirida o‘zgarib borgan. Cherkov jamiyatda 
ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash, ijtimoiy adolat va madaniy 
taraqqiyotga xizmat qilish bilan birga hukmron ijtimoiy-siyosiy tuzum va 
u olib borgan krepostniklik, mustamlakachilik va ekspluatatsiya 
siyosatlarini himoya qilib kelgan. Shu bilan birga kapitalistik taraqqiyot 
davridagi ijtimoiy-siyosiy tuzum oqlangan va uni «umumxristianlik 
qadriyatlari»ning oliy darajadagi timsoli ekanligi qayd etilgan. 
Kishilarning turmush sharoitini yanada yaxshilash uchun kapitalizmni 
«xristianlashtirish» yo‘li bilan «sog‘lomlashtirish» taklif etilgan. 
Sobiq sotsialistik davlatlarda faoliyat ko‘rsatgan pravoslav cherkovlar 
doimo mehnatkash xalq manfaatlarini himoya qilganligini isbotlashga 
intilgan. Cherkovning har doim ijtimoiy tengsizlikka, kishining kishi 
tomonidan ekspluatatsiya qilinishi, qullik, zulm, mustamlakachilik va 
ekspansionizmlarga qarshi turganligi ko‘pchilikka ma’lum. 
Pravoslaviyening katolitsizmdan farqli o‘laroq, dunyoviy hokimiyat 
bilan raqobatlashish imkoniyatlari cheklangan edi. Ko‘pchilik mustaqil 
cherkovlar bevosita siyosiy hokimiyatga bo‘ysundirilgan. Shunday 
vaziyatda cherkovlarning ijtimoiy-siyosiy tuzumga nisbatan murosa 
yo‘lidan borganligi sababini tushunish mumkin. Sovet tuzumining barham 
topishi natijasida demokratik taraqqiyot yo‘lidan borayotgan yangi 
davlatlarning vujudga kelishi diniy tashkilotlarning erkin faoliyat 
ko‘rsatishiga imkon berdi. Cherkov jamiyatda insonparvarlik, adolat, 
mehr-oqibat, o‘zgalar fikriga hurmat kabi umuminsoniy qadriyatlarni qaror 
toptirishda boshqa dunyoviy tashkilotlar va muassasalar bilan faol 
hamkorlik qilmoqda, xalqaro munosabatlarda tinchlikni saqlab qolish va 
mustahkamlash, keskinlikni yumshatish, mintaqaviy mojarolarni tinch yo‘l 
120


bilan hal etish uchun xalqaro terrorizm va ekstremizmning har qanday 
ko‘rinishlariga qarshi kurashmoqda. 
Pravoslav cherkovining Markaziy osiyodagi faoliyati uzoq o‘t-
mishimiz bilan bog‘liq. 2001 yilda O‘rta Osiyo pravoslav cherkovi 
yeparxiyasi tashkil etilganligining 127 yilligi nishonlandi. Bu yerda 
faoliyat ko‘rsatayotgan diniy konfessiyalar qatorida pravoslav cherkovi 
islom dinidan keyingi o‘rinda turadi. Barcha konfessiyalar kabi pravoslav 
cherkovi ham mintaqada tinchlik, barqarorlik, milliy totuvlik, diniy 
bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va hamkorlik muhitini shakllantirishda faol 
ishtirok etmoqda. 

Yüklə 489,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin