2.3. Maktabgacha yoshdagi bolalarda “Men” konsepsiyasining rivojlanishi
bilan er-xotin munosabatlarining o„zaro bog„liqligi.
Oilada bola tarbiyasining o„ziga xos qoidalari mavjud bo„lib ota-
onalar ulardan o„rinli foydalanishlari lozim. xususan, ular quyidagicha:
1.oilada hissiy maslik, ruhiy xotirjamlik va iliq iqlim yaratish.
2. ota-ona obro„sini saqlash.
3. tarbiyada ota-ona, kattalar o„rtasida talabchanlik birligi.
4. bola shaxsini mehnatda tarbiyalash.
5. oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi.
6. bolani sevish va izzat qilish.
7. oilada qat‟iy rejim va kun tartibi o„rnatish.
8.tarbiyada bolalarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish.
9. bola taraqqiyotini aniqlab berish.
10.bolada mustaqillik, tashabbuskorlik sifatlarini hosil etish va
boshqalar.
Oilada bola tarbiyasi ikkiyoqlama ahamiyat kasb etib, faqat
farzandlarga ruhiyat va ma‟naviyat bilimidan saboq berish bilan qanoatlanib
qolmasdan balki o„zlari ham tarbiya sehrlari, xususiyatlari, holatlari
mohiyati va ma‟nosi yuzasidan yangi-yangi ma‟lumotlardan xabardor bo„lib
turishlari kerak.
Ba‟zi ota-onlr farzandlari bilan kamroq muloqotda bo„lishi ulardan
o„zlarini nariroq olib yurish bilan obro„ orttirishni uylashadi. Ularning
nazarida, go„yo farzand bilan qancha kam uchrashilsa, shuncha ko„proq
obru qozonish mumkin. Bu mutloqo noto„g„ri tushuncha, ota-ona o„z
farzandi bilan qancha kam muloqotda bo„lsa, ular o„rtasida begonalashish,
loqayd bo„lish holatlari kelib chiqadi.
Ayrim ota-onalar bola bilan faqat rasmiyatchilik orqali obro„
orttirishga harakat qilishadi, xolos. Bunda ular qildan qiyiq qidirishadi.
56
Bolaga tanbeh berishadi, uning barcha hatti harakatlarini cheklab
qo„yishadi, bular bo„lmasga jerkib, siltab tashlashadi.
Kuzatishlarimizga ko„ra, farzandlarga ortiqcha pand-nasihat qilaverish
yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Chunonchi, ba‟zi ota-onalar
arzimagan mayda-chuyda masalabo„yicha ham uzundan-uzoq ugit-nasihat
qiladilar,
o„zlarining
nasihatgo„yligini
burch
deb
hisoblaydilar.
Maydagaplik, ezmalik bilan o„g„il-qizlar o„rtasida obro„ qozonib bo„lmaydi.
O„zbek oilasida bola tarbiyasi haqida gapirganda, keyingi avlodlarga
boy meros qoldirgan O„rta Osiyoning buyuk mutafakkirlarini eslash
muhimdir. Ular hozirgi kunlarimizda ham o„z ahmiyatini yo„qotmagan
tarbiya, shaxsni kamol toptirish, oilada bolani tarbiyalashning yo„llari
haqida qimmatli fikrlarni bayon etganlar.
Bir yigit Ibn Sinodan «Bola tarbiyasini qaysi» yoshdan boshlash
kerak? – deb so„rabdi. Ibn Sino: «O„g„lingiz necha yoshda» deb savol
beribdi va uning bir yarim oylik bo„ldi, degan javobini eshitgach «Siz bir
yarim oy kechikibsiz?» - debdi. Bugungi kunda bolani haqiqatan tug„ilgan
kunidan boshlab tarbiyalash kerakligiga hech kim shubha qilmaydi, bu
bizning psixologlarimiz va pedagoglarimiz tomonidan isbotlangan.
Abu Ali Ibn Sino oilaviy tarbiyaning umumiy asoslarini bayon etishga
harakat qilgan. «Aga oila tarbiya usullaridan to„g„ri foydalansa, - deb
yozgan edi olim, - o„z hayotida baxtga erishadi». Buning uchun tarbiyaning
to„g„ri metodlari bayon etilgan «Tadbiri manzil» kitobida aks etgan.
Ibn Sino oilada bolani tarbiyalash, ahvolidan qat‟i nazar, ota-onaning
asosiy burchi deb hisoblangan, o„z qusurlarini bartaraf qilgan kishigina
boshqalarni tarbiyalashi mumkinligini ta‟kiflagan. Ibn Sino bolani
tarbiyalash omillarini tahlil qilib, ulardan eng to„g„risi – bolalar bilan birga
bo„lish va ijobiy misollardan foydalanib, alohida0alohida suhbatlashish,
uning izzat nafsiga tegmaslik, deb o„qtirgan. Ibn Sino tarbiyada otaning
57
rolini ifodalashga kata ahamiyat bergan. «Ro„zg„orshunoslik» kitobida
«Otaning bolalarga munosabati» degan bob bor. Unda olim jumladan:
«Onalar o„z tabiatlariga ko„ra yumshoq ko„ngildirlar va o„zlarining
erkalashlari bilan bolaning xarakterini buzadilar», - deydi. Ibn Sinoning
fikricha, oilada asosiy tarbiyachi ota bo„lishi, u maqsadga erishmoq uchun
bolani ba‟zan jazolashi, ba‟zan rag„batlantirish, vaqti-vaqti bilan maqtashi,
ba‟zan tanbeh berish, vaqtida qo„rqitib qo„yish, hatto jismoniy jazolashi
lozim.
Oilada bola tarbiyasi to„g„risida Alisher Navoiy ajoyib fikrlari bor.
Navoiyning fikriga ko„ra, eng muhimi bolalarni sevish, «Bolaga, degan edi
ulug„ shoir, - kichikligidan boshlab yoshini hisobga olgan holda axloqiy
tarbiya bermoq zarur». taniqli shoir va pedagog Abdulla Avloniy oilada
bolalar tarbiyasi to„g„risida muhim ahamiyatga ega bo„lgan ajoyib fikrlarni
bayon qilgan. O„zining «Yashnagan o„lka va ahloq» degan kitobida
yozganidek,
bolaning
sog„lig„i va baxti avvalo uning yaxshi
tarbiyalanishiga, badanining tozaligiga, e‟tiqod hosil qilishiga, yaxshi
xulqqa
ega
bo„lishiga,
uni
g„ayriaxloqiy
xatti-harakatlardan
ogohlantirilishiga bog„liq. Bolani tarbiyalashni tug„ilgan kunidanoq
boshlash zarurligi quyoshday ravshan va aniq, uning organizmini
mustahkamlash, aqliy qobiliyatini donishmandlik nuri bilan yoritish, uni
axloqiy kamol toptirish, xotirasini mashqlantirish kerak.
Bola tarbiyasi bilan birinchi navbatda ota-onalar shug„ullanishi lozim.
«Bolalarni tarbiyalash – onaning burchi va otaning muqaddas majburiyati».
Mashhur pedagog Hamza Hakimzoda Niyoziy oila tarbiyasi masalasini, ota-
onalar bilan bolalar o„rtasidagi o„zaro munosabat masalasini yangicha tahlil
qildi. U birinchi navbatda tan jazosini qo„llashga qarshi chiqdi, uning
fikricha, tan jazosi bola ruhini razil yoki yovuz va qaysar qilib qo„yadi.
Hamza oila tarbiyasida bolalar bilan ko„proq bog„langan onalarning rolini
yoritishga kata ahamiyat beradi. Ona o„z bolasiga mehr-muhabbat va
58
mohirlik Bilan ta‟sir ko„rsatib borishi zururligini o„qtiradi. Bolalar va
yoshlarga ishontirish vositasi bilan burch tuyg„usini singdirish lozim, deb
hisoblaydi.
Ota-ona obro„si milliy tarbiyaning asosidir. Aynan shu omil orqali
ular farzndlarining ongiga, xulq-atforiga ma‟naviy ta‟sir qiladilar. Ota-ona
obro„si o„z-o„zidan paydo bo„ladigan ne‟mat emas. U ota-onaning bola
tarbiyasi
bilan
maxsus
shug„ullanayotganligi
yoki
shug„ullanmayotganliklari bilan belgilanadi. Olib borgan kuzatuvlarimiz
hayotda ota-onaning tarbiyachilar sifatidagi obro„larini tushiruvchi sabablar
mavjudligini ko„rsatdi. Bular:
- ota-onaning o„zlarining bolalarining boquvchilari sifatida anglab,
tarbiyachi axloqsiz turmush tarzi;
- oilalarda uchrovchi axloqsiz turmush tarzi;
- ota-onaning bolalarga aytgan so„zlari, pand-nasihat qilaverishlari,
farzandlar bilan asosan buyruq, hukm orqali gapirishlari;
-
ota-onaning
o„quvchi farzandlarining hayoti, qiziqishlariga
e‟tiborsizliklari, ularga vaqt va diqqat ajratmasliklari, o„quvchilarni oila
yumushlariga jalb qilmaslik (ayniqsa o„smirlar o„zlariga nisbatan
beparvolikdan qattiq iztirob chekadilar. Natijada ota-ona va o„smir orasida
sovuq munosabatlarining paydo bo„lishiga yo„l qo„yiladi);
- o„kuvchi-farzandlar bilan munosabatda ularning yosh xususiyatlarini
bilmaslik (boshlang„ich sinf o„quvchilari ota-onaning qarashlariga, fe‟l-
atvorlariga taqlid qilib keladilar. Ana shuning uchun ham xalqimizda ularni
«shirin» deyishadi. O„smirlik davri boshlangaya, bolada keskin o„zgarish-
o„tmish davri boshlanadi. Ota-onalar va bolalar orasidagi ziddiyatlarning
asosiy qismi shu davrga to„g„ri kelishining boisi ham shundadir. Ota-
onaning o„z farzandlariga xos yosh xususiyatlarini bilmasliklarining oqibati
bolalarni – o„smirlarning ota-onadan (ko„pchilik hollarda otadan) qalban
uzoqlashuviga olib keladi);
59
- ota-onaning o„zlarining farzandlari uchun har kun, har soat, har
daqiqada shaxsiy namuna ekanliklarini anglay bilmasliklari;
- o„quvchi-farzand tarbiyasi uchun bor ma‟suliyatni maktabga tashlab,
o„zini soqit qilish;
- rag„batlantirish va jazolashda tarbiyaviy maqsaddan kelib chiqa
bilmaslik.
- milliy qadriyatlarga hurmat hissini shakllantira bilmaslik,
hafsalasizlik;
- tan jazosi bilan qo„rqitish;
- ota-onaning farzandlar ko„z o„ngida janjal qilib turishlari;
- unda oshkora ichkilikbozlik qilinishi, behayo so„zlar, qarg„ishlar,
so„kinishlar;
- o„z farzandini «eng yaxshi» deb hisoblash;
- «biz qiynalganmiz, bolalarimiz rohat qilsin» Deya o„quvchi
farzandlarini erkalatib yuborish yasantirishga hirs qo„yish yoki buning aksi
– «bola qiynalib kata bo„lsa, ota-onaning, mehnatning hayotning qadriga
yetadi» deya ko„r-ko„rona qattiqqo„llik, zarda qilaverish;
- o„quvchi farzandiga va‟da berib, bajarmaslik;
- maktab bilan ta‟lim – tarbiyaviy hamkorlikdan «ish ko„p, vaqt yo„q»
degan bahona bilan o„zini chetga olish;
- o„quvchi bolalarni o„z ajdodlari, shajaralari bilan tanishtirmaslik va
hokazo.
Bu kamchiliklarni bartaraf qilishda otaning roli hal qiluvchi
ahamiyatga ega. Zero «Otaning ochgan yo„li bor, onaning bichgan to„ni
bor». «Otasi borning unumi bor, onasi borning tikishi bor». «Ota-olamning
fikri», «Erta tur, otangni ko„r, otangdan so„ng otingni ko„r», «Otangni
ko„rsang, otdan tush», «Ota bo„lish oson, otalik qilish qiyin», «Ota – bolaga
sinchi», «O„g„lingni sevsang, qo„lingdek ishlat», «Otalar so„zi xitob bo„lur,
ani yig„mang kitob bo„lur». .
60
Oila
muammolarini
o„rganishda bugungi kunning ahamiyatli
masalalaridan biri bo„lgan oilaviy munosabatlar kata o„rin egallydi. Uning
ahamiyatli tomoni shundaki, kishining insoniy fazilati, jismoniy hamda
ruhiy kamoloti oila bilan bog„liq bo„lgan holda, unda kechayotgan o„zaro
munosabatlarning ta‟siri bilan shakllanadi va mukammallikka erishishga
intiladi, hayotning har bir jabhasiga xos ham nazariy, ham amaliy yo„l-
yo„riqlarni «qo„lga kiritish» imkoniyatiga ega bo„ladi.
Oilaviy munosabatlar odatda oiladagi ota-onaning roli, er-xotin
munosabatlari, farzandlarning o„zaro munosabati hamda ularning ota-
onalariga bo„lgan munosabatlari, yaqin kishilar, qarindoshlar bilan muloqot
qilish xususiyatlari nazarda tutiladi. Hamisha uning inson tarbiyasiga
bo„lgan ta‟siri borasidagi turli masalalari doimo har bir davrning diqqat
markazida bo„lib kelgan. Masalan, Sharqda, oilaning e‟zozlanishi, oilaviy
munosabatlar, ayniqsa har bir oila a‟zosining o„zaro muloqotiga jiddiy
e‟tirof berilishi haqida juda ko„pgina manbalarda izoh berilgan.
Oilada ota-onalar o„rtasidagi o„zaro munosabatda hamjihatlik, mehr-
oqibat, o„zaro hurmat, shirinsuhanlik, bir-biriga g„amxo„rlik kabi sifatlar,
yosh avlodni maqsadga xos tarzda tarbiyalashda samaradorlikni oshiruvchi
usullardan biri bo„lib, taqlid qilish borasida yaxshi namuna hisoblanadi.
Oiladagi o„zaro munosabatlarni, yuz beradigan voqea ilg„ab oladi. Shuning
uchun ham namuna sifatida ota-ona shunday hislatlarga ega bo„lishi kerakki,
bulardan:
1. mehnatkash;
2. tartib intizom;
3. mehr-muhabbatli;
4. sabr toqatli;
5. savodxon kabi shunday fazilatlarga ega bo„lgan har bir ota-ona
obro„li farzandlarni tarbiyalash sohasidagi ta‟sir kuchli bo„ladi. Ota-ona
obro„sini ta‟minlaydigan eng muhim omil ularning kundalik hayotdagi
61
ibratli
insoniy
munosabatlari,
mehnatdagi
yuksak
muvaffaqiyatlar,
shuningdek ularning bilim doirasi, dunyoqarashi va axloq-odob bilan
aloqador bo„lgan xususiyatlari belgilovchi mezon hisoblanadi. Namunali
munosabat o„rnatilgan oilalarda sharqona tarbiyadagidek farzandlar
samimiylik va sabr-toqatni, hurmat va ehtiromni o„rganadi.
Oilaviy munosabatlarda ma‟naviy ehtiyojga asoslangan aloqalardan
biri-muloqot qilish jarayoni muhim hisoblanib, shaxs shakllanishida kata rol
o„ynaydigan namuna va taqlid singari shu darajada hal qiluvchi vazifani ado
etadi. Chunki, kishi o„zaro shaxslararo munosabatlar jarayoniga kirishishi
bilangina atrof-muhitda sodir bo„layotgan voqeiliklardan xabardor bo„lib,
ular o„rtasida axborot ayirboshlash yuzaga keladi. Aslini olganda ham
kishilar o„z farzandlariga muloqot tarzida o„qtirib o„rgatadigan har qanday
ilmiy, ijtimoiy tajribalari, malaka va bilimlari ham ijtimoiy-taraqqiyotning
mahsuli sifatida kishilik
Dostları ilə paylaş: |