Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda kattalar yordamida passiv xarakatlar, aktiv xarakat elementlari
umumjismoniy mashqlar (jixozli va jixozsiz, chalqancha yotish bilan, o‘mbaloq oshish bilan, boshni xar tomonga
burishlar) emaklashlar, yugurishga tayyorlovchi mashqlar, balandlikka chiqish va eng sodda o‘yinlardan foydalaniladi.
Bu yoshdagilar dasturida asosiy o‘rinni uqalash (masaj) egallaydi. Uqalashga oid material «Sestra vospitatelnitsa
detskix yasley i mladshey grupp yasley sadov» degan kitobchada berilgan (1963 y.).
Bir yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda sal qiyinroq bo‘lgan umumjismoniy mashqlar, jismli va jismsiz
(to‘p, yooch, gimnastika o‘rindii), asosiy xarakatlar (yurish, yugurish, muvozanat saqlash mashqlari, chuqurlikka
sakrash), saflanish-ning eng oddiy mashqlari (aylana bo‘ylab yurish, bir kolona, sherenga bo‘lib saflanishlar),
velosipedda yurish, suzishni o‘rganishga tayyorlov mashqlari beriladi. Dasturda bu yoshdagilar uchun kerakli xarakatli
o‘yinlar va raqs mashqlariga kengroq joy ajratilgan. Olingan o‘yinlar bu yoshdagilar uchun qoidasini soddaligi olibni
aniqlashni osonligi bilan farqlanadi va asosan turli obrazlar timsolida, taqlid tarzida o‘ynaladi (qushlar xayvonar va
x.k.).
3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalardagi mashulotlarga o‘rgatiladi, amalda esa uni bolalar faoliyatini
tashkillashning «frontal» uslubiyati deb aytishadi. Masalan, bajarilishi kerak bo‘lgan mashqni ayrim elementlariga
ko‘proq eotibor beriladi. Uzoqqa uloqtirishni ko‘rsatayotib oldin dastlabki xolatga, so‘ng qolgan elementlarga eotibor
beriladi.
bolalarda kattalarga nisbatan tez va yengil shartli aloqa vujudga keladi, lekin ularni tez-tez qaytarib turilmasa,
bu shartli aloqa mustaxkam bo‘lmaydi. Xarakat malakasini mustax-kamlash uchun uni ko‘p takrorlayverish, tolishini
vujudga keltiradi. Shuning uchun qaytarishni xilma-xil variantlarda takrorlash lozim. Mashqni takroriy bajarishlar
faqat o‘zlash-tirilayotgan material texnikasi xaqida shuullanuvchi mukammal tasavvurga ega bo‘lgandan so‘ngina
amalga oshiriladi. Xarakat malakalarini mustaxkamlash xar xil sharoitda
– o‘yin, muso-baqa, turli-xil topshiriqlarni
bajarish shaklida amalga oshiriladi. «Kim shu mashqni yaxshi bajara oladi», «Kim bayroqchaga tez yugurib borib
qaytib kela oladi», «To‘pni kim uzoqroqga ota oladi» yoki «Mo‘ljalni ura oladi» kabilar. Jismoniy mashqlarni
o‘rgatishdagi o‘ziga xoslik o‘qitish uslubiyatlarini o‘zaro munosabatlarda namoyon bo‘ladi.
Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarni o‘qitishda taqlid qilish, ko‘rib turgan narsaga, yoki o‘sha narsaga yoki
oshqasiga, uni teskarisiga, pastga, balandga, orqaga va x.k. deb mo‘ljalga olish, o‘yin usullarini kiritish, o‘qitishni
emotsionalligini oshiradi.
Maxsus bilimlarni bu yoshdagilar diafilpmlardan, kino, mashqni tushuntirayoganda eshitayotib, xarakat
texnikasini, xarakatli o‘yinlar qoidalarini o‘rganishda foydalanadilar va shu bilan bir qatorda shaxsiy va umumiy
gigienik tushunchalarga ega bo‘lib boradilar.
Dostları ilə paylaş: