Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Jismoniy mashqlar klassifikatsiyasi



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

 
6.1.1. Jismoniy mashqlar klassifikatsiyasi 
Jismoniy mashqlarni klassifikatsiya qilish  uni turkumlash, xillash demakdir. Jismoniy tarbiya tizimlarining 
tarixiy taxlili shuni ko‘rsatadiki, jamiyatning rivojlanish bosqichlarida jismoniy mashqlar tanlash va turkumlashda 
o‘sha jamiyat uchun progressiv va tarbiya vazifasini bajarishga mos keladiganlarigagina eotibor berilgan. 
Tarixiy rivojlanishning turli bosqichlarida tarbiyaning maqsad va vazifasi o‘zgarib turgan, demak, jismoniy 
tarbiya tizimi xam o‘zgargan, bu esa uning omillarining xam o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. 
Gretsiyada tarixiy besh kurash – pentatlon, Guts-Mutsning tabiiy xarakatlari, Pestalotssi va Shpisning XVIII 
asr uchun tanlangan «elementar xarakatlari» va boshqalar. Demak, davr o‘zgarishi bilan jismoniy tarbiya tizimi, uning 
vazifalari va vositalari o‘zgardi.
Shvedlarni pedagogik gimnastikasida jismoniy mashqlar anatomik xususiyatga qarab klassifikatsiya kilindi, 
chunki ular tizimining asosiy maqsadi tana tuzilishining ko‘rinishi yaxshilash edi. Bu esa jismoniy tarbiya tizimining 
yo‘nalishini torroq bo‘lishiga olib keldi. 
Chexlarning «Sokol gimnastikasi» jismoniy mashqlar-ning tashqi formasiga qarab sport jixozida bajariladigan, 
sport jixozisiz bajaraladigan mashqlar guruxlari deb turkum-lanadi. Buning ijobiy tomoni shundaki, paydo bo‘lgan 
yangi jismoniy mashqlar bu turkumlarning birida o‘z o‘rnini topar edi. Fransuzlarning Eber sistemasida jismoniy 
mashqlar qisqa utilitar mazmuniga qarab: yurish, yugurish, sakrash, tirmashib chiqish, oirlik ko‘tarish mashqlari, 
uloqtirish, suzish, xujum va ximoya qilish mashqlari deb turkumlandi.


Avstriya pedagoglari klassifikatsiyasi xam keng kamrovli emas edi. 
Jismoniy mashqlarning original klassifikatsiyasini rus anatomi, vrachi, pedagogi P.F.Lesgaft ishlab chiqib, 
maktab yoshidagilarda jismoniy tarbiyani amalga oshirish uchun mo‘ljal-ladi va quyidagicha asosiy guruxlarga bo‘ldi: 
1. Sodda mashqlar. 2. Murakkab mashqlar yoki yuklamaning ortishi bilan bajari-ladigan mashqlar. 3. Fazodagi 
xolatiga yoki muskul ishining bajarilish vaqtiga ko‘ra bajariladigan mashqlar. 4. Texnik jixatdan qiyin, tizimli ravishda 
bajariladigan mashqlar. Mashqlarning turkumlanishi ko‘rsatib turibdiki, P.F. Lesgaft klassifikatsiyasi didaktik 
prinsiplarga yo‘naltirilgan. Lekin bu xam jismoniy tarbiya tarixiy omillarini to‘laqonli o‘z tarkibiga sidira olmagan. 
Xozirgacha to‘liq ilmiy asoslangan jismoniy mashqlar klassifikatsiyasi mavjud emas. Sobiq sovet jismoniy tarbiya 
tizimi xam bu vazifani uddalamadi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin