Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Jismoniy mashqlarni xarakat sifatlarini rivojlantirishiga qarab klassifikatsiyalash



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

6.1.3. Jismoniy mashqlarni xarakat sifatlarini rivojlantirishiga qarab klassifikatsiyalash 
Xozirgi kunda jismoniy mashqlar xarakat faoliyatdagi xususiy belgilarga qarab, yaoni jismoniy sifatlarni – 
kuchni, tezlikni, chidamlilikni, chaqqonlikni, bo‘inlar xarakatchanli-gini va muskullar egiluvchanligini namoyon 
qilishiga qarab yangi pedagogik turkumini amaliyotda shakllantirib guruxlarga ajrata boshladilar. 
Bu turkumdagi mashqlar jismoniy sifatlarni aloxida ajratib olib tarbiyalash yoki jismoniy tayyorgarlikdagi 
nuqsonlarni aloxida ajratib olib rivojlantirish uchun qo‘laydir. Boshqa tomondan esa, u yoki bu jismoniy mashqni 
bajarish uchun qanday sifatlar lozimligini oldindan bilish (kuch, tezlik talab qiladigan va boshqa sifatlarni tanlash) 
imkonini beradi. 
Jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, jismo-niy sifatlarni tarbiyalashiga ko‘ra bilim (maolumot) berish 
vazifalarini xal etish uchun bajariladigan jismoniy mashqlar turkumi shakllandi: 
asosiy (yoki musobaqa), yaoni o‘quv dasturlari asosida o‘rganilishi lozim bo‘lgan faoliyatlar.
- yo‘llanma beruvchi mashqlar yaoni nerv muskul zo‘ri-qishi, tashqi tomondan o‘xshashligi, xarakat 
tarkibidagi ayrim elementlarning yaqinligi bilan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan xarakatlarni o‘zlashtirilishini 
osonlashtiruvchi jismoniy mashqlardir.
Bu turkumdagi mashqlarning xarakterli tomoni shundaki, xarakat malakasini rivojlantirish va jismoniy 
sifatlarni takomillashtirish sunoiy ravishda ajratiladi. Aslida bu jarayon bir-birini taqazo etadi va o‘zaro uzviy boliq. 
Bular taolimning xar qaysi etapi uchun yetakchi vazifani xal etishga yordam beradigan mashqlarni tanlash uchun 
imkoniyat beradi. 
Jismoniy mashqlarni aloxida muskul guruxlarini rivojlantirishga qarab klassifikatsiyalash. 
Aloxida muskul guruxlarini rivojlantirishiga qarab xam jismoniy mashqlar turkumlana boshlandi: bo‘yin, 
yelka kamar, bel-yonbosh, xarakat tayanch apparati muskullari va boshqalarni rivojlantiruvchi mashqlar. Bu 
turkumdagi jismoniy mashqlar ichida jismlar bilan, jismsiz bajariladigan, individual, juft bo‘lib, o‘tirgan, yotgan xolda 
amalga oshiriladigan, egiluv-chanlik va kuchni rivojlantirish mashqlari bo‘lishi mumkin. 
Sport turlari bo‘yicha jismoniy mashqlarni turkumlash. O‘z navbatida, xar bir sport turi o‘z mashqlarining 
individual klassifikatsiyasiga ega: sport o‘yinlari  futbol, basketbol va xokazolar. 
Yuqorida qayd qilingan jismoniy mashqlarni jismoniy mashqlarning pedagogik klassifikatsiyasi deb xam atay 
boshladilar. 
Biomexanikada – statik, dinamik, siklik, atsiklik, kombinatsiyalashtirilgan, xarakatning tuzilishi yoki bajarish 
xolatiga qarab turkumlangan jismoniy mashqlar deb guruxlana boshlandi.
Fiziologiyada – maksimal, submaksimal, meoyordagi va meoyordan katta quvvatni talab qilib bajariladigan 
mashqlar deb nomlangan turkumidan jismoniy tarbiya amaliyotida foydalanilmoqda. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin