30
о‘limi tufayli Xudo tomonidan insoniyatning barcha gunohlari kechiriladi deb
e’tiqod qilinishi haqida;
– beshinchi qismda Isoning xochga mixlanganidan sо‘ng uch kun о‘tib qayta
tirilganligi haqida;
– oltinchi qismda Isoning me’roji haqida;
– yettinchi qismda Isoning nuzuli (ikkinchi marotaba yerga qaytishi) haqida;
– sakkizinchi qism: Muqaddas Ruhga imon keltirmoq borasida;
– tо‘qqizinchi qism: cherkovga munosabat haqida;
– о‘ninchi qismda chо‘qintirishning gunohlardan forig‘ qilishi haqida;
– о‘n birinchi qism о‘lganlarning ommaviy tirilishi haqida;
– о‘n ikkinchi qismda abadiy hayot haqida sо‘z yuritiladi.
– xristianlikning bundan keyingi falsafiy va nazariy rivojida avliyo
Avgustinning ta’limoti katta ahamiyat kasb etdi. Beshinchi asr bо‘sag‘asida u
dinning bilimdan afzal ekanligini targ‘ib qila boshladi. Uning ta’limotiga
kо‘ra, borliq inson aqli bilishga ojizlik qiladigan hodisadir, chunki uning
ortida ulug‘ va qudratli Yaratuvchining irodasi yashiringan.
Avgustinning taqdir haqidagi ta’limotida aytilishicha, Xudoga imon keltirgan
har bir kishi najot topganlar safidan о‘rin egallashi mumkin, chunki imon taqdir
taqozosidir.
Dostları ilə paylaş: