Mavzu rejasi: Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi, funksiyalari



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/29
tarix23.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#120485
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
\'1-ÄÈÍ.ÁÓÄÄÀ.ÕÐÈÑÒÈÀÍËÈÊ.ÌÀÚÐÓÇÀ




 
Mashg‘ulot turi: ma’ruza 
Mavzu: Dinshunoslik faniga kirish. Milliy dinlar. Jahon dinlari: buddizm va 
xristianlik: 
 
Mavzu rejasi: 
1. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi, funksiyalari. 
2. Milliy dinlar. Vedizm, Hinduiylik, jaynizm, sikxizm ta’limotlari. 
Yahudiylik dini, tarixi, ta’limoti. Konfusiylik, daosizm, sintoizm 
ta’limotlari 
3. Jahon dini:Buddizm 
4. Jaxon dini: Xristianlik
 
Adabiyotlar: 
1. Yо‘ldoshxо‘jayev X., Rahimjonov D., Komilov M. Dinshunoslik (ma’ruzalar 
matni). - Toshkent: ToshdSHI nashriyoti, 2000. (4-30 betlar) 
2. Mо‘minov A. va boshq. Dinshunoslik (darslik). -Toshkent: «Mehnat», 2004. ( 
3-80 betlar 
3. Ochildiyev A. va boshqalar. Dinshunoslik asoslari (о‘quv qо‘llanma). –
Toshkent: “Toshkent islom universiteti” nashriyot matbaa birlashmasi, 2013. ( 
6-30, 68-142 betlar)
 
DINSHUNOSLIK FANINING PREDMETI. Din insoniyat ma’naviy hayotining 
tarkibiy qismidir. Dinshunoslik barcha ijtimoiy fanlar qatori ham о‘zining 
о‘rganish obyektiga ega. U dinning paydo bо‘lishi, ijtimoiy mohiyati va 
jamiyatdagi rolini tadqiq qilish bilan birga diniy e’tiqodlarning paydo bо‘lishi va 
rivojlanishi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi evolyusiyasini ilmiy jihatdan 
о‘rganadi. «Dinshunoslik» dinning paydo bо‘lishi va rivojlanishi tarixini, uning 
ijtimoiy, gnoseologik, psixologik ildizlarini, turli xil dinlar ta’limotining vujudga 
kelishi va shakllanishini о‘rgatuvchi fan, ta’limot va о‘kuv predmetidir. U 
dastlabki diniy tasavvurlarning paydo bо‘lishidan urug‘-qabila, milliy va jahon 
dinlari paydo bо‘lgan davrda yuz bergan jarayonni hamda jamiyat taraqqiyotida 
din bilan bog‘liq bо‘lgan barcha ijtimoiy, hodisalarni, ma’naviy omillarni - 
mafkura va aqidalar, urf-odat va marosimlar, masjid va diniy tashkilotlarning talab 
va tartiblarini о‘rganish, taxlil qilishni kо‘zda tutadi. 
Fanning maqsadi –talabalrda din haqida ilmiy bilmlar berish, tо‘g‘ri 
insonparval duyoqarashni shakllantirish, shaxsiy fikrlariga ega bо‘lishini 
ta’minlash,
Ta’lim berish jarayonida talabalar ilmiy dunyoqarashinni shakllantirish, xolis 
fikrlashga о‘rgatishdan iboratdir.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin