9
Uchinchi bosqich “vanaprastha” (о‘rmon zohidi) davri bо‘lib, unda oilasi yoki
yolg‘iz holda о‘rmonga ketishi kerak. Braxman u erda “о‘z nafsini jilovlab”
ildizlar, mevalarni eb, diniy amallarni “jon-jahdi” bilan bajarishi lozim. Bu davrda
bir qator mashaqqatlarni о‘z boshidan kechiradi.
Tо‘rtinchi bosqichda tarkidunyochilik yoki diniy qashshoqlik – “saniyasi”
davrini boshdan kechiradi. Uning maqsadi “Oliy Brahmaga etishish, u bilan
qо‘shilib ketish, bu dunyo va о‘lgandan keyingi abadiy baxtga erishish”ga intiladi.
U tarkidunyochilik bosqichida faqat sadaqadan tushgan narsalar hisobiga kuniga
bir marta ovqatlanib kun kechiradi.
Dostları ilə paylaş: