Mavzu rejasi: Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi, funksiyalari



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/29
tarix23.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#120485
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
\'1-ÄÈÍ.ÁÓÄÄÀ.ÕÐÈÑÒÈÀÍËÈÊ.ÌÀÚÐÓÇÀ

Hinduiylik (Induizm) murakkab din bо‘lib, u ijtimoiy tashkilot, turli dinlar 
qorishmasidir. U kastachilik asosiga qurilgan. Braxmanlik bilan buddaviylik 
о‘rtasida kasta ta’limoti bо‘yicha kurashni ifodalovchi hinduiylik dini shakllandi. 
Bu dinga Hindiston aholisining 83% e’tiqod qilib, uning asosiy sharti 
Hindistondagi kasta tizimini qabul qilishdir. Hinduiylikda besh qoida va aqida tan 
olingan.
1. Vedalarning muqaddasligi; 
2. Guru (pir, ustoz) ning tan olinishi; 
3. Muqaddas joylarga ziyoratga borish; 
4. Sanskrit muqaddas til ekanligi; 
5. Sigirning muqaddas ekanligi tan olingan. 
Hinduiylikda braxmanlar asosiy о‘rin egallab, kengroq “Mahobxorat” 
muqaddas yozuvlar qatoriga qо‘shilgan. Braxmanlar eski aqidalar zamon talabiga 
javob bermasligini kо‘rgach, yangi qonun-qoidalarga xos turli oqimlarni yuzaga 
keltirib, buddaviylikka qarshi kurash olib bordilar. Hinduiylik braxmanlikdan farq 
qilib unda “Mahobxorat” va boshqa she’riy matnlar sanskrit tilidan zamonaviy 
hind tiliga tarjima qilinib, asl matni bilan bir xil hisoblangan. Hinduiylikda 
braxmanlar nafaqat oliy tabaqa vakillaridan, balki oddiy xalq ichidan yoki 
ayollardan bо‘lishi mumkin.
Hinduiylikda trimurti (uchlik) – Braxma, Vishnu, Shiva xudolari asosiy 
bо‘lib, Braxma ularning eng kattasi, dunyoni yaratgan xudosi. Shunga qaramay, 
hinduiylikda asosan Vishnu va Shivaga topinadilar. Hinduiylik ikki asosiy oqimga 
bо‘linadi: 
1. Shivaga sig‘inuvchilar oqimi. 
2. Vishnuga sig‘inuvchilar oqimi. 
Shiva –kambag‘allar xudosidir. U Rigvedaning birinchi nusxalarida Pudra 
nomi bilan zikr etilgan. U Ishana, Shivara, Maxadeva (Buyuk xudo) nomlari bilan 
ham ataladi. Shivaizm Hindistonda 13 ga yaqin asosiy oqimlari mavjud. Bu 
oqimlar tridandina, smart, dandi, lingachilar, yoglar maktra, shakta va boshqa 
oqimlar bо‘lib, xalq orasida Shivaning bir ming sakkizta nomi mavjud.
Vishnu. Hozir Hindistonda birinchilik uchun kurashayotgan ikkinchi ilohdir. 
Rigvedada u quyosh xudosi – birinchi darajali xudo hisoblanib, ibodat paytida uni 
Savitar Roxita, Surya, Audita nomlari bilan ataydilar. U “Krishna bilan qо‘shilib 
yarim inson, yarim xudo shaklidagi qahramon deb tan olinadi”.


10 
“Mahobxorat” va “Ramayana” dostonlarida “Avatara” – insonning Vishnuga 
qо‘shilib ketishi haqida sо‘z yuritiladi. Vishnu ba’zida tо‘rtqо‘lli qilib tasvirlanadi. 
Vishnu hech qachon inson va hayvonni qurbonlik qilishlarini talab qilmagan.
Krishna murakkab obraz bо‘lib u haqda olov, chaqmoq, momaqaldiroq, 
osmon, quyosh bilan bog‘liq afsonalar mavjud. Krishna jangovar, engilmas 
qahramon sifatida ta’riflanadi.
Vishnuizm bayramlari turli-tuman bо‘lib, ular bir necha kunlarga chо‘zilib 
ketadi. Ular duolar о‘qish, ta’zim bajo keltirish, ommaviy diniy marosimlarda 
qatnashish, hadya, qurbonliklar atash, ibodatxona yaqinidagi yoki ichidagi 
hovuzlarda chо‘milish kabilar bо‘lgan. Bu marosimlar faqat ruhoniylar 
boshchiligida bajariladi. Sigir muqaddas hayvon hisoblanganligi uchun u xudolar 
qatorida e’zozlanadi. U keyinchalik “tirik butga aylanib, Shivaning ma’budlik 
о‘rnini tо‘ldirdi. Vishnuizmda muqaddas hayvon maymun bо‘lib Rigvedada 
“Vrishakani (yerkak maymun) timsolida Xanumanning timsolini kо‘rishimiz 
mumkin”,-degan rivoyat keltirilgan. Maymun Ram (Ramayana dostonidagi odam-
xudo) ning ittifoqchisi maymun –xudo Xanumanning vakili sifatida ulug‘lanadi.
Hinduiylikda Hindistonning har bir hayvoni xudo yoki xudoning hamrohi deb 
e’tiqod qilinadi. Hinduiylikning aqidaviy, marosimiy, ramziy sohalaridagi tizimi 
murakkablashib ketadi. Xalq ommasi doirasida hozirda ham sodda, but va ruhlarga 
sig‘inish davom etmoqda. 
Hinduiylik eramizdan oldingi dinlar - braxmanizm va vedaizmning 
evolyusiyasi natijasida eramizning birinchi ming yilligi о‘rtalarnga kelib 
shakllangan. Shu davrdan boshlab hinduizm hukmron dinga aylangan. Hinduizm 
sinkretik din bо‘lib, turli e’tiqodlar, urf-odat va marosimlar, mahalliy diniy e’tiqod 
va qarashlarning murakkab kompleksi sifatida voke bо‘lib, urug‘-qabila dinlari 
elementlarini, braxmanizm, buddizm va jaynizmning asosiy goyalarini qamrab 
algan. Hinduizm о‘zining yagona tashkilotiga ega emas. 
Hinduizm insonning tug‘ilganadan to vafot etishigacha bо‘lgan huquq va 
vazifalarini belgilab va cheklab qо‘yadi. Shuning uchun unda marosimchilikka 
keng о‘rin berilgan. Hinduizm kishilarning ijtimoiy tengsizligini oklaydi va 
abadiylashtiradi, ruhning bо‘lmasligi va kо‘chib aylanib yurishi (sansara ta’limoti), 
qayta tug‘ilishi (karma ta’limoti), gunoh ishlar uchun javob berishi, jannat va 
dо‘zax kabi aqidalarni о‘z ichiga oladi. 
Hinduizm politeistik din bо‘lib, unda kо‘p xudolilik elementlari saqdangan. 
Hinduizm ta’limotida xudoning uch xil kо‘rinishda tasavvur etilishi (trimurti) eng 
oliy, ilohiy, yakka xudoning uch xususiyati, deb talqin qilinadi. Bu xristianlikdagi 
uch yuzli xudoga о‘xshaydi. 
Hinduizm ta’limoticha, olam paydo bо‘lib, emirilib, yо‘q bо‘lib turadi, ya’ni 
olamning yashashi progressiv emas, aksincha, regressiv xarakterga ega; har bir 
davr olamning yuksak rivojlangan chо‘qqisidan boshlanib, uning inqirozga 
uchrashi bilan tugaydi, insonlar gunohga botib ketgach, olam yо‘qoladi. 
Hinduizm jamiyatning tabaqalarga bо‘linishini aks ettiruvchi savob va jazo 
(karma) g‘oyasiga asosan, inson hayotida 4 ta asosiy maqsad bor, deb da’vo 
kilinadi: 1) dxarma - oila va jamiyatda diniy talablarni bajarish: 2) artxa - foydali 
ishlar qilish, zarur materiallarga ega bо‘lish; 3) kama - muhabbat tuyg‘ulariga 


11 
erishish, his-tuyg‘ularni qondirish; 4) moksha - о‘zgarish zanjiridan butunlay xalos 
bо‘lish. 
Vishnuizm va shivaizm oqimlarining vakillari о‘z xudolariga bag‘ishlab 
minglab katta-kichik ibodatxonalar kurganlar. Bu dinga e’tiqod kiluvchilar 
"muqaddas joylar", daryolar va boshqa har xil narsalarga sig‘inadilar. Hind xalqi 
orasida yovuz ruhlarga e’tiqod qilish keng tarqalgan. Ular turli hayvonlar - hо‘kiz, 
sigar, maymun va ilon kabilarga ham sig‘inadilar, ularni muqaddaslashtiradilar. 
Masalan, hinduizm tarafdorlari sigirni sahiylik manbai va gо‘zal ayol timsoln deb 
hisoblaydilar. Ruhoniylar sigirlarni sо‘ymaslik va gо‘shtini emaslikni targ‘ib 
kiladilar. Ammo hinduizm sigar sutini ichishni va undan xо‘jalikda ish hayvoni 
sifatida foydalanishni ta’qiqlamaydi. 
Hind xalqi uchun Gang daryosi muqaddas hisoblanadi. Hinduizm diniga 
e’tiqod qiluvchilar Banoras shahrini ham mukaddaslashtirishgan. Rivoyatlarga 
kо‘ra, gо‘yo Gang daresi qirgog‘ida kishi hayotdan kо‘z yumsa, narigi dunyodagi 
hayoti ancha engillashar, jannatga yо‘l olar degan diniy fikr bor. 
Hinduizmning 
xarakterli 
xususiyatlari, 
yuqorida 
qayd 
kilingandek, 
jamiyatdagi kishilarni tabaqalarga - kastalarga

ajratishdir. Hozirgi paytda 
kishilarni tabaqalarga bо‘lish taqiqlangan. Ammo tabaqalarga bо‘linish minglab 
yillar davom etganligi va kishilarning ongiga chuqur singib ketganligi uchun bu 
masalada muayyan qiyinchiliklar yuz bermoqda. Hinduizmning "muqaddas" 
yozuvlariga Veda
2
,
Upanishadlar
3
kiradi. Keyinchalik "Maxabxarata" va "Ramayana" dostoniga 
о‘xshash, diniy marosimlar va urf-odatlar singdirilgan har xil afsona, rivoyat, 
hikmatli sо‘zlar, epik dostonlar paydo bо‘la boshladi. 
XIX asrning boshlarida hinduizm milliy-ozodlik harakati g‘oyalariga katta 
ijobiy ta’sir kо‘rsatdi. Shu bilan hinduizmda shovinistik diniy e’tiqodlarni targ‘ib 
qilgan bir qator oqimlar ham paydo bо‘lgan. 
Hozirgi vaqtda hinduizm Hindistondan tashqari Nepal, Shri Lanka, 
Bangladesh, Gavana va hindlar yashaydigan boshka hududlarda tarqalgan. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin