16
G‘arbiy Yevropa davlatlaridan Fransiyada 0,6 mln., Buyuk Britaniyada 0,4 mln. va
boshqa mamlakatlarda yashaydilar.
Paydo bо‘lishi. Yahudiylik miloddan avvalgi 2000
yillarning oxirlarida
Falastinda
vujudga kelgan, yakkaxudolik g‘oyasini targ‘ib qilgan dindir.
Yahudiylik millat dini bо‘lib, faqatgina yahudiy xalqiga xos.
Yahudiy sо‘zining
kelib chiqishi haqida turli fikrlar mavjud. Abu Rayhon Beruniy о‘zining «Qadimgi
xalqlardan qolgan yodgorliklar»
kitobida yozishicha, yahudiylar bu sо‘zni
somiy
tillaridagi
hoda – «tavba qilmoq, tavba qilganlar» sо‘zidan kelib chiqqan deb da’vo
qilsalar-da, aslida bu fikr notо‘g‘ri, «yahudiy» sо‘zi
Banu Isroil xalqi ustidan
hukmronlik qilgan YA’qub Payg‘ambarning о‘g‘li Yahudo nomiga nisbat berilgan.
Yahudiy xalqining yana bir nomi Banu Isroil bо‘lib,
Isroil – YA’qub
payg‘ambarning ikkinchi ismi,
banu – «bolalar» ma’nosini beradi, ya’ni – «Isroil
avlodlari».
Yahudiy xalqiga nisbatan ishlatiladigan yana bir atama
yevrey sо‘zi zamonaviy
adabiyotlarda «yahudiy» sо‘zining aynan tarjimasi sifatida ishlatiladi.
Ammo bu
ikki sо‘zning etimologiyasi turlicha:
yevrey qadimiy somiy tillardagi ibriy
sо‘zining о‘zgargan shaklidir.
Ibriy sо‘zi (arab. ‘
abara-
ya’buru – «kechib о‘tmoq»
fe’lidan) «kechib о‘tganlar»
ma’nosini beradi. Tarixdan ma’lumki,
yahudiy
qabilalari Urdun (Iordan)
daryosini kechib, hozirgi Falastin hududiga kelganlar.
Shuning
uchun ularga ibriylar yoki
ibroniylar («kechib о‘tuvchilar»)
nomi
berilgan.
Dostları ilə paylaş: