17
Yahudiylik ta’limoti bо‘yicha Muso payg‘ambar Tur tog‘ida Yahve bilan
uchrashganda Yagona Xudo tomonidan 10 ta lavha tushirilgan. Ushbu lavhalarda
mazkur din asosini tashkil etgan 10 ta nasihat bor edi. Bu nasihatlar Tavrotning
«Ikkinchi qonun» kitobidan о‘rin olgan bо‘lib, yahudiylar ularga qat’iy
rioya
qilishlari shart. Ular quyidagilardir:
1. Yahvedan boshqani iloh deb bilmaslik;
2. But, sanam va rasmlarga sig‘inmaslik;
3. Bekordan-bekorga Xudo nomi bilan qasam ichmaslik;
4. Shanba kunini hurmat qilish va uni Xudo uchun bag‘ishlash;
5. Ota-onani hurmat qilish;
6. Nohaq odam о‘ldirmaslik;
7. Zino qilmaslik;
8. О‘g‘rilik qilmaslik;
9. Yolg‘on guvohlik bermaslik;
10. Yaqinlarning narsalariga kо‘z olaytirmaslik.
Yahudiylarning muqaddas diniy manbalaridan hisoblangan Talmudda
yahudiylik marosimlari tizimi ishlab chiqilgan. Unda yahudiylar amal qilishi va
bajarishi lozim bо‘lgan 248 ta buyruq, 365 ta taqiq mavjud.
Ular yahudiyning
ovqatlanishi, kiyinishi, ozodaligi, kun tartibi, ibodatlari,
marosimlar va
bayramlariga taalluqli masalalarni о‘z ichiga oladi.
Har bir yahudiy ushbu buyruq va taqiqlarga umri davomida rioya qilishi shart.
Masalan, har bir yahudiy farzandi tug‘ilganining sakkizinchi kuni xatna qilinadi.
Shuningdek, yahudiylar о‘zlarining maxsus qassoblari –
shoyixet tomonidan diniy
qoidalariga muvofiq sо‘yilgan gо‘shtlarnigina (tо‘ng‘iz gо‘shti yahudiylikda
harom hisoblanadi) iste’mol qiladilar. Kiyinish masalasidagi qoidalar, asosan,
erkaklarga tegishli. Ularning kiyimlari bir rangdagi (sidirg‘a) matodan uzun qilib
tikilgan bо‘lishi, chо‘ntaklari beldan pastda joylashishi lozim. Boshlari esa, doimo,
hatto uyquda ham yopilgan bо‘lishi kerak. Ibodat paytida yahudiylar maxsus
ibodat choyshabi – «
tales»ni yelkalariga tashlab oladilar. Uning qirg‘oqlarida olti
yuz о‘n uchta tugun tugilgan bо‘lib, bu narsa yahudiy
tomonidan yuqorida aytib
о‘tilgan «248 ta buyruq va 365 ta taqiqqa amal qilishni yelkamga olaman, degan
ma’noni anglatadi».
Dostları ilə paylaş: