21
Konfusiyning yana bir ta’limoti – «Syao» bо‘lib, u inson о‘z ota-onasiga
munosib bо‘lishi haqidagi g‘oyani о‘zida mujassam qilgan.
Konfusiy fikricha,
inson uchun
Syaodan muhimroq narsa yо‘q. U: «
Syao va
Di (ukaning akaga,
kichiklarning kattalarga hurmati) insoniylikning asosidir» degan.
Syaoning asosiy
ma’nosi nima, farzandlik xizmati qanday bо‘lishi kerak, degan savolga Konfusiy
shunday javob bergan: «Aqlli va ota-onangni boqishga yaroqli bо‘lishingdir.
Chunonchi, odamlar uylarida itlar va otlarini ham boqadilar-ku? Agar ota-
onalariga ortiq ehtirom kо‘rsatmasalar, hayvonlarni boqishlaridan nima farqi
qoladi?».
Syao ta’limotining «Li qonunlari»ga kо‘ra, farzand ota-ona hayotlik chog‘ida
mutlaqo ularning ixtiyoridadir. To ular dunyodan о‘tgunicha о‘ziga-о‘zi
egalik
qilishga haqli emas. Agar ota-ona vafot etsa, farzand qanday ish bilan mashg‘ul
bо‘lishidan qat’i nazar, barcha ishni tashlab uch yil aza tutishi shart.
Konfusiychilikning
Syao ta’limoti asrlar mobaynida Xitoy madaniyati,
axloqiy
normalariga katta ta’sir о‘tkazib keldi.
Dostları ilə paylaş: