19
bо‘lib, ular uchta katta payg‘ambar – Isaiya, Iyeramiya, Iyezekiil va 12 ta kichik
payg‘ambar – Osiya, Ioil, Amos, Avdiy, Iona, Mixey, Naum, Avvakum, Sofoniya,
Aggey, Zaxariya, Malaxiyalarning kitoblaridir.
«Ketuvim» qismi «Zabur», «Qissalar», Iov kitobi, Solomonning «qо‘shiqlar
qо‘shiqlari», Ruf kitobi, «Iyeramiya yig‘isi», Yekkleziast, Yesfir, Daniil, Yezdra
kitoblari va Solnomalar kitobini о‘z ichiga oladi.
Talmud. Milodning I-IV asrlarida yahudiy davlati boshdan kechirgan iqtisodiy
va ijtimoiy tanazzuli xalq orasida ruhoniylar obrо‘yining benihoya oshib ketishiga
sabab bо‘ldi. Ular о‘zlarini
ravvinlar (
hazrat, janob) deb atadilar. 66-70 yillardagi
qо‘zg‘olonda Isroil xalqini halokatdan qutqarib qolgan Ioann ben Zakkai nomli
shaxs yashirincha О‘rta yer dengizi bо‘yida Yavne (Yavneh) degan joyda diniy
maktab (akademiya) tashkil qildi. Bu maktab
ravvinlar ta’limotini tarqatish
markazi bо‘lib qoldi. Natijada Lidda, Sepforis, Ush, Tiveriada degan joylarda
shunga о‘xshash maktab – «akademiya»lar tashkil etildi. Bu akademiyalarning
rahbarlari «
nasi» (knyaz) yoki
patriarx deb ataldi. Ular bu maktablarga rahbarlik
qilish bilan bir qatorda о‘z hududlarida fuqarolik ishlari bо‘yicha hakamlik
vazifalarini bajardilar hamda jamoaning barcha ishlarida rahbar, barcha
yahudiylarning diniy rahnamosi hisoblanar edilar.
Talmud (qad. yahud. “lameyd” – “о‘rganish”) mil. av. IV asrlarda vujudga
kelgan va yozma Toradan farqli о‘laroq, avloddan-avlodga og‘zaki ravishda о‘tib
borgan. Shuning uchun Tora «yozma qonun» (
Torah shebikhtav), Talmud esa
«og‘zaki qonun» (
Torah shebe’al peh) deb yuritilgan.
Savollar :
1. Iudaizm - yaxudiy milliy dini paydo bо‘lishi tarixi
2. Yaxudiylik ta’limoti.
3. Yaxudiylik muqaddas kitobi
4. Yahudiylik dini payg‘ambari xaqida nimalarni bilasiz
5. Yahudiylik dini qachon vujudga kelgan?
6. Yahudiylik dinining muqaddas kitobi qaysi?
7. Yahudiylik dinining asosiy ta’limoti nimalardan iborat?
8. Yahudiylarning qanday diniy bayramlarini bilasiz?
9. Mustaqil О‘zbekistonda yahudiy jamoalarining diniy hayoti qanday?
Dostları ilə paylaş: