26
inson tug‘ilish va о‘lim mashaqqatlaridan qutilishi uchun amal qilishi lozim
bо‘lgan bir necha kо‘rsatmalarni ishlab chiqdi, xolos. Uning ta’limoti insonning
xayolida, ishlarida va о‘zini tutishida samimiy oliyjanoblik g‘oyasini ilgari suradi.
U vedalardagi gunohsizlik ta’limotini
inkor qildi, hayvonlarni vahshiyona qurbon
qilishni qoraladi,
varna (kasta) tizimini va undagi ruhoniylarning boshqalardan
ustunligini inkor qildi.
Budda «Yaratuvchi oliy kuch»ning borligiga shubha va ishonchsizlik bildirgan.
Uning fikricha, eng muhimi insonning shaxsiy kamoloti va ezgu turmush tarzidir.
Budda ta’limotining asosida «hayot – bu azob, uqubat» va «najot yо‘li mavjud»
degan g‘oyalar yotadi. Buddizm ta’limotiga kо‘ra, inson о‘ziga
xos mavjudot
bо‘lib, tug‘iladi, о‘zini о‘zi halok qiladi yoki qutqaradi. Bu g‘oyalar Buddaning ilk
da’vatida ta’birlangan tо‘rt haqiqatda о‘z ifodasini topgan.
Birinchi haqiqat – «azob-uqubat mavjuddir». Har bir tirik jon uni boshidan
kechiradi, shuning uchun har qanday dunyoviy hayot – qiynoq, azob-uqubatdir.
Tug‘ilish – qiynoq, kasallik – azob, о‘lim – kulfat, qiyinchilikka duch kelish –
mashaqqat, ayriliq – ezilish, orzu-havasga yetolmaslik – uqubat. Dunyo
tuzilishining asosiy qonuni bir-biriga bog‘liqlik. Hech bir narsa ma’lum sababsiz
yaralmaydi. Lekin har bir hodisa yoki harakatning
birlamchi sababini aniqlash
mumkin emas. Shuning uchun buddizm dunyoni shu holicha qabul qilishga
chaqiradi.
Buddizm ta’limotiga kо‘ra, har qanday narsa yoki hodisa u xoh moddiy, xoh
ma’naviy bо‘lsin,
dharma (element)lardan tashkil topgan. Ular, о‘z xususiyatiga
kо‘ra, harakatsiz bо‘lib, dharmalarni qо‘zg‘atuvchi
kuch insonning xayol va
sо‘zlaridir. Obyektiv haqiqat bu doimiy ravishda о‘zgarib turuvchi dharmalar
oqimidir. Harakatdagi dharmalar о‘z mavjudligining besh shakli – tana, sezgi, his-
tuyg‘u, harakat, anglashni yaratadi. Mazkur besh shakl insonni tashkil qiladi. Inson
ular yordamida yashaydi, borliq bilan aloqada bо‘ladi, yaxshi yoki yomon ishlarni
bajaradi. Besh elementning о‘zaro mavjudligi insonning о‘limi bilan barham
topadi. Insonni tashkil qiluvchi besh shakl (
skandx) о‘z navbatida qayta tug‘iladi.
Yangi tananing xususiyatlari asos bо‘luvchi besh natijani beradi: faoliyat,
gumrohlik, xohish, istak va norma. Bu jarayon «hayot g‘ildiragi»ni tashkil qiladi.
«Hayot g‘ildiragi»da
doimiy ravishda aylanib, inson abadiy qiynoqqa duchor
bо‘ladi.
Ikkinchi haqiqat – «qiynoqlarning sabablari mavjuddir». Inson moddiy narsalar
yoki ma’naviy qadriyatlardan foydalanib, ularni haqiqiy va doimiy deb hisoblaydi
hamda doimo ularga ega bо‘lishga intiladi. Bu intilish hayot davomiyligiga olib
boradi. Yaxshi yoki yomon niyatlardan tuzilgan hayot daryosi,
orzular va
intilishlar sababli kelajak hayot uchun
karma hozirlaydi. Demak, qayta tug‘ilish,
qaytadan qiynoqlarga duchor bо‘lish davom etadi. Aksariyat buddistlar fikricha,
Buddadan keyin hech kim
nirvana holatiga erisha olmagan.
Uchinchi haqiqat – «qiynoqlarni tugatish mumkin». Yaxshi yoki yomon
niyatlardan, intilishlardan butunlay uzilish
nirvana holatiga olib boradi. Bu holatda
inson qayta tug‘ilishdan tо‘xtaydi.
Buddistlar fikricha,
nirvana holati, «hayot
g‘ildiragidan» tashqariga chiqish, «men» degan fikrdan ajralib, insonning hissiy
tuyg‘ularini tо‘la tugatishdir.
27
Tо‘rtinchi haqiqat – «qiynoqlardan qutilish yо‘li mavjuddir». Bu yо‘l sakkizta
narsaga
amal qilish, tо‘g‘ri tushunish, tо‘g‘ri harakat qilish, tо‘g‘ri muomalada
bо‘lish, fikrni tо‘g‘ri jamlashdir. Bu yо‘ldan borgan inson Budda yо‘lini tutadi.
Buddizm ta’limoti, asosan, uch qismdan iborat: 1) axloq; 2) meditatsiya; 3)
donolik.
Dostları ilə paylaş: